I kirish II. Asosiy qism: Ruxning olinish usullari, tarixi, ishlatilishi


Download 146.52 Kb.
bet6/16
Sana08.03.2023
Hajmi146.52 Kb.
#1249134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 guruh elementlari (2)

Rux birikmalari

Rux oksid


Rux oksid, ZnO — ruxning kislorod bilan birikmasi. Oq rangli kristall modda. Zichligi 5,7 g/sm³; 1800 °C da sublimatsiyalanadi. Suvda oz eriydi; kislotalarda erib tegishli tuzlarni beradi. Amfoter — ishqorlarda erib sinkatlar hosil qiladi[6].
Rux oksid tabiatda sinkit (qizil rux rudasi) minerali koʻrinishida uchraydi. Sirlar tayyorlashda, oqboʻyoq, kauchuk, selluloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham sifatida ishlatiladi.
Rux oksid zaharli, uni hidlagan odam isitma chiqaradi, boshi ogʻriydi, koʻngli ayniydi va yoʻtal tutadi. Yuqori haroratda (1200 °C) rux oksid ishqoriy yer metallari bilan reaksiyaga kirishib MeZnO2 tarkibli tsinkatlar hosil qiladi.

Rux gidroksid[


Rux gidroksid, Zn(OH)2 — oq iviqsimon choʻkma holida rux tuzlari eritmasiga ishqor taʼsir ettirib olinadi. Vaqt oʻtishi bilan kristall holga oʻtadi. Amfoter birikmalar singari rux gidroksid ortiqcha ishqorda, kislotalarda va ammiakning suvli eritmasida oson eriydi. Rux gidroksidning kislotalarda eruvchanligi neytrallanish reaksiyasiga asoslangan.

Rux sulfat[


Rux sulfat, ZnSO4 — rangsiz ortorombik panjarali kristall modda; zichligi 3,74 g/sm³. 800—900 ° da ZnO va SO2 ga ajraladi. Suvdagi eritmalaridan suvli kristallogidrat ZnSO4 * 7H2O — rux kuporosi koʻrinishida ajralib chiqadi.

Rux sulfat viskoza ishlab chiqarishda, boʻyoqchilikda, chitlarga gul bosishda, elektrolitik usulda rux metalli olishda, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.


Rux sulfid[]


Rux sulfid, ZnS — ruxning oltingugurt bilan birikmasi. Ikkita modifikatsiyasi bor: biri kub shaklida kristallanadigan α = ZnS — sfalerit, ikkinchisi geksagonal shaklda kristallanadigan β = ZnS — vyurtsiddir.
Suyuqlanish harorati 1850° (150 atm bosim ostida), zichligi 3,98—4,092 g/sm³, 1185° da sublimatsiyalanadi. Suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi.
Sfalerit rux olishda muhim xomashyo hisoblanadi. Lyuminoforlar komponenti, bariy sulfat bilan aralashmasi oq boʻyoq — litopon olishda, kadmiy sulfid bilan aralashmasi kineskoplar tayyorlashda ishlatiladi.
Rux xlorid
Rux xlorid, ZnCl2 — ruxning xlor bilan birikmasi, rangsiz kristall modda. Suyuqlanish harorati 318°, qaynash harorati 732°, zichligi 2,91 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi.
Rux konsentratiga osh tuzini qoʻshib qizdirish, haydash va uni chang holida tutib yigʻish, shuningdek, rux oksidi yoki metall boʻlaklariga xlorid kislota taʼsir ettirish, soʻngra bugʻlatish usullari bilan olinadi.
Rux xlorid yogʻochni chirishdan saqlashda, metallarni payvandlashda (oksid pardalardan tozalashda), pergament ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Download 146.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling