Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pechning ishlashi.
Pechning tuzilishi. Pechning ish bo‘shlig‘ini suv bilan sovitib turiladigan
o‘tga chidamli to‘siq 7 bilan A va B qismlarga ajratiladi. Pech shipi esa ajraladigan qilinib, ularning har biri o‘z yuklash darchalariga, po‘lat va shlak chiqarish novlariga ega. Jarayonda ajralayotgan gaz esa mo‘ri 6 orqali chiqib ketadi. Pechning ishlashi. pechning o‘ng yog‘idagi B qismiga yuklangan shixta materiallar qizdirilayotgan vaqtda chap yoqdagi A vannadagi suyuq metall sathiga o‘z furmalari 2 orqali kislorod haydab turiladi, bunda ajralayotgan gaz B vannaga yo‘naltiriladi va u yerda kislorod (II) – oksidi (CO) to‘la yonadi. natijada vanna temperaturasi ko‘tarilib undagi shixta materiallar shiddatli qiziy boshlaydi. A vannadagi metall kutilgan tarkibga kelganda po‘lat va shlak o‘z novidan kovshga chiqarila boshlaydi. so‘ngra qattiq shixta materiallar yuklanadi. Ayni vaqtda qizib turgan B vannaga qayta ishlanuvchi cho‘yan quyiladi – da suv bilan sovitib turiladigan o‘z furmasidan kislorod haydaladi. Ajraluvchi gaz endi A vannaga yo‘naltiriladi. jarayon shu yo‘sinda davom etadi. Natijada issiqlikdan to‘laroq foydalaniladi. Mamlakatimizda 1965-yildan boshlab ikki vannali pechlardan (Magnitogorsk, Cherepovesk va boshqa metallurgiya kombinatlarida) foydalanilmoqda. Gaz yo‘nalishi maxsus moslama (shiber) lar yordamida o‘zgartiriladi. Agar shixtada 50% dan ortiq suyuq cho‘yan bo‘lsa, yoqilg‘i sarflamay jarayonni olib 206 boorish mumkin, bunda jarayon kislorod konvertorlarda kechuvchi jarayonlar kabi, ammo ulardan sustroq kechadi. Konstruksiyaning oddiyligi, ish unumining bir vannali pechlarga qaraganda 1,5 – 2 marta ortiqligi, yoqilg‘ining 4 – 6 marta kam sarflanishi tufayli bu pechlardan keng foydalaniladi. 30-rasm. Ikki vannali marten pechining ishlash sxemasi 1 – gorelka; 2 – kislorod furmasi; 3 – suyuqlantirilgan metall; 4 – shlak; 5 – qattiq shixta; 6 – mo‘ri; 7 – to‘siq. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling