Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
Pechni ishga tushirish. Buning uchun tigelda kiritilgan shixta materiallar
erigach, unga ma’lum miqdorda flyus kiritiladi. Jarayonda qo‘shimcha elementlarning oksidlanishi va hosil bo‘lgan oksidlarning o‘zaro birikishidan shlak ajrala boshlaydi va u metall sirtiga qalqib chiqadi. Shuning uchun shixta tarkibida bu zararli qo‘shimchalar juda oz bo‘lishi kerak. Jarayonning oxirrog‘ida pechga ma’lum miqdorda qaytaruvchi moddalar, legirlovchi elementlar kiritish yo‘li bilan kutilgan tarkibli po‘lat olinadi. Tigelni og‘dirib, po‘lat kovshga chiqariladi. Ma’lumki, elektr yoy va induksion pechlarda olingan po‘latlarda oz bo‘lsa – da N 2 , O 2 , H 2 gazlar hamda metallmas qo‘shimchalar bo‘ladi. Ular metallning mexanik xossalarini pasaytiradi. Shu sababli yuqori sifatli po‘latlar olishda metallni ana shu qo‘shimchalardan tozalash muhim ahamiytga ega. Amalda po‘latlarga qo‘yilgan talablarga ko‘ra ularni vakuum kamerada inert gazlar va sintetik shlak yordamida tozalanadi. 216 14-jadval Po‘lat ishlab chiqarishda gazlarning miqdori Po‘lat ishlab chiqarish sharoiti Gazlar va metallmas qo‘shimchalar miqdori O 2 H 2 N 2 Metallmas qo‘shimchalar Havo muhitida 0,0193 0,003 0,0056 0,039 Vakuum muhitida 0,0019 0,0005 0,0028 0,0042 Po‘latlarni vakuum kamerada tozalash. Bu usul bosim kamayishi bilan metallda erigan gazlarning keskin kamayishiga asoslangan. Bunda avval kameradagi havo 0,267 – 0,667 kPa bosimgacha so‘rib olinadi, so‘ngra kameraga kovshli metall kiritilib, 10 – 15 minut u yerda saqlanadi. Bunda metalldan pufakchalar tarzida ajralayotgan gazlar bilan birga metallmas qo‘shimchalar ham ergashib chiqadi. Natijada gazlar miqdori 3 – 5 marta, metallmas qo‘shimchalar 2 – 3 marta kamayib, po‘latning puxtaligi va plastikligi ortadi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling