215
Pechlarning tigeli asosli yoki kislotali o‘tga chidamli materiallardan
tayyorlanadi va sig‘imi 50 – 3000 kg oralig‘ida bo‘ladi.
Agar induktoriga
chastotasi 500 – 2000 gs li bir fazali o‘zgaruvchan tok yuborilsa, unda o‘zgruvchan
magnit kuch chiziqlari hosil bo‘lib, shixtaning metall qismida kuchli induksion tok
paydo bo‘ladi. Bu tok ta’sirida shixta tezda qizib suyuqlanadi.
Indiksion elektr pechlari elektr yoy pechlariga qaraganda elektrodlarning
yo‘qligi,
gazlardan ancha toza, yuqori sifatli va ko‘p legirlangan maxsus po‘latlar
olinishi, kuyindining ozligi kabi afzalliklarga ega. Biroq shlak metallning issiqligi
hisobiga qizigani uchun uning o‘rtacha temperaturasi
metall temperaturasidan
pastroq bo‘ladi. Shuning uchun metall bilan shlak orasida shiddatli reaksiya sodir
bo‘lmaydi va metalldagi S, P dan qutulish qiyinlashadi.
Shu sababli bu pechlarda
legirlangan po‘lat chiqindilarni qayta eritish, toza temirga ma’lum
miqdorda
ferroqotishmalar qo‘shilgan shixtalarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: