Metallurgiya
Po‘latlarni inert gazlar yordamida tozalash
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori sifatli po‘latlar olish.
Po‘latlarni inert gazlar yordamida tozalash. Qolipdagi suyuq metalldan
birorta inert gaz, masalan argon gazi u qadar katta bo‘lmagan bosim ostida o‘tkaziladi. Natijada metall yaxshi aralashib gaz va metallmas qo‘shimchalardan tozalanadi. Po‘latlarni sintetik shlak bilan tozalash. Metallni kovshga chiqargunga qadar unga metall massasining 3 – 5% miqdorida 700ºC li shlak (55% CaO, 40% Al 2 O 3 , va oz miqdorda SiO 2 , MnO, FeO) quyiladi. So‘ngra uning ustiga pechdan po‘lat quyiladi. Bunda po‘lat shlak bilan tez aralashib kontakt yuzalar ortib shiddat bilan boruvchi reaksiyalar hisobiga gaz va metallmas qo‘shimchalardan deyarli (50 – 70%) tozalanadi. Yuqori sifatli po‘latlar olish. Po‘latlar sifatiga talabning tobora ortib borishi sababli ulardan an’anaviy usullarda olingan po‘lat sterjenlarni vakuum sharoitida turli pechlarda qayta eritib sifat ko‘rsatkichlari oshiriladi. Bu usullarning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz. 217 Po‘latlarni elektr – shlak usulida olish (30 - rasm). Bu usul E. O. Paton nomli metallarni elektr payvandlash institute kollektivi tomonidan 1960-yilda yaratilgan bo‘lib, bunda an’anaviy usullarda olingan po‘lat sterjenlar shlak qatlamida erib metall kristalizator (qolip) ga o‘tishida gaz va metallmas qo‘shimchalardan tozalanadi. Sxemadan ko‘rinadiki, bu qurilmaning suv bilan sovitib turiladigan kristallizatori 1 ga metall taglik 7 o‘rnatilgan. Unga qayta eritiluvchi po‘lat sterjenlar (elektrod) 3 tushirilib elektr yoy hosil qilinishi bilan flyus (CaF 2 , Al 2 O 3 , CaO va boshqalar) kiritiladi. Yoy issiqligi hisobiga flyus erib, shlak ajrala boshlaydi. Ajralayotgan shlak ma’lum miqdorga yetgach yoy o‘chadi. To‘kning shlak qatlamidan o‘tishi hisobiga shlak qizib elektrod sterjenlarni erita boshlaydi. Shlak orqali kristallizatorga o‘tayotgan metall tomchilari gaz va metall mas qo‘shimchalardan deyarli tozalanadi. Suv bilan jadal sovitib turiladigan kristallizatorda yig‘ilayotgan metall pasdan yuqoriga qarab kristallanib boradi, natijada mayday donali zich, juda yuqori sifatli quymalar olinadi. Bunday quymalarning massasi 10 – 12 t bo‘lib, ko‘ndalang kesimi kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lishi mumkin. Jarayonning oxirida taglik tushirilib undan quyma ajratib olinadi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling