Metallurgiya
Po‘latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4.4. Nordon elektr yoy pechlarda po‘lat ishlab chiqarishning xususiyatlari
Po‘latdagi FeO dan Fe ni qaytarish va oltingugurtdan tozalash. Buning
uchun vannadagi shlak sirtiga ma'lum miqdorda qaytaruvchi moddalar kukuni kiritiladi. Shlakdagi FeO dan Fe qaytaruvchilar bilan qaytarilayotgan vaqtda metalldagi FeO ning bir qismi shlakka o‘tib metall FeO dan tozalab boradi. Shuni 213 ta'kidlash zarurki, metallning qaytarilish darajasi ortgan sari shlak rangi oqara boshlaydi. Uning tarkibida 55 - 60% SaO, 0,5% gina FeO bo‘ladi. Uta qizigan shlak tarkibida SaS 2 ning mavjudligi metallni oltingugurtdan tozalashga qulay sharoit yaratadi: 3[FeS] + (CaC 2 ) + 2(CaO) = 3(CaS) + [3Fe] + 2CO. Bu jarayon 0,5 - 1 soat davom etadi. Agar bu shlak sovitilsa, oq kukun tarzida qotadi. So‘ngra vannadan namuna metall olinib kimyoviy tarkibi analiz qilinadi. Agar legirlangan po‘latlar olinadigan bo‘lsa, vannaga ma'lum miqdorda legirlovchi elementlar yoki ularning qotishmalari kiritiladi. Agar shixta tarkibida qo‘shimchalar miqdori yo‘l qo‘yilgan darajadan ortiq bo‘lmasa, qisman oksidlash usuli qo‘llaniladi. Qisman oksidlashda shixta materiallar suyuqlanib Si, P, Mn, C lar oksidlanishi bilanoq shlak ajrala boshlaydi, so‘ngra metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida qaytariladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, uglerodli po‘latlar olishda ajralgan shlak pechdan chiqarilganda metalldagi fosforning miqdori 50% gacha kamayadi. Qo‘shimchalarni oksidlamasdan turib po‘lat olishda faqat metall chiqindilarigina eritiladi. Ba’zan qayta ishlanadigan materiallardagi C, N, va H 2 larning miqdorini kamaytirish maqsadida vannaga bir necha minut kislorod haydaladi. 7.4.4. Nordon elektr yoy pechlarda po‘lat ishlab chiqarishning xususiyatlari Kislotali elektr yoy pechlardan yuqori sifatli konstruksion va legirlangan po‘latlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu pechlarning devorlari kislotali o‘tga chidamli materialdan ishlanganligi sababli jarayonda flyus sifatida qum va kislotali shlaklardan foydalaniladi. Shixta materiallar tarkibida S va P ning miqdori 0,03% dan kam bo‘lishi kerak. Yuqorida ko‘rilganidek, shixta materiallarning suyuqlanishida undagi Fe, Si, Mn lar pech muhitining kislorodi hisobiga oksidlanib metall oksidlari qumtuproq bilan birikib shlak ajrala boshlaydi. Bu shlakda 40 – 60% SiO 2 , 20 – 25% FeO, 200 214 – 25% MnO, bo‘lib rangi qoramtir bo‘ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ma’lum miqdorda temir rudasi kiritiladi yoki kislorod haydaladi. Bunda vannada erigan FeO kislorodi uglerodni shiddatli oksidlay boshlaydi: C + FeO = CO + Fe – Q. Ajralayotgan is gazi CO metallni aralashtirib, uni gaz va metallmas materiallardan tozalay boshlaydi. Uglerod miqdori kutilgan tarkibga kelgach, dastlabki shlak chiqarilib, pechga ma’lum miqdorda shlak ajratuvchi aralashma (80% kvarts qumi, 10% maydalangan hamot va 10% so‘ndirilgan ohak) kiritiladi. Keyin esa metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchi moddalar vositasida qaytariladi. Ko‘pincha shlakdagi SiO 2 dan Si ni qaytarish maqsadida unga ma’lum miqdorda pista ko‘mir kukuni kiritiladi. Bunda SiO 2 dan qaytarilgan Si qo‘shimcha ravishda FeO dan Fe ning qaytarilishini ta’minlaydi. Bu po‘latlar tarkibida oltingugurt va fosfor miqdorining ozligi FeO dan Fe ning to‘laroq qaytarilganligi va unda gazlar va metallmas qo‘shimchalarning kamligi tufayli, ularning sifati asosli elektr pechlarda olingan po‘latlarga qaraganda yuqori bo‘ladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling