207
sifatida kvarsitdan yoki kislota xarakterli marten shlakdan foydalaniladi. Pechga
kiritilgan shixta materiallari suyuqlanayotgan vaqtdan boshlab,
asosli marten
pechlaridagi kabi uning tarkibidagi Fe, Si, Mn, P elementlar oksidlana boshaydi.
Bu oksidlar uzaro birikib dastlabki, yuqori kremniyli (40 - 60% SiO
2
) shlak ajralib
metall sirtiga ko‘tarilib uni pech bo‘shlig‘idagi azotga, vodorodga va kislorodga
to‘yinishdan saqlaydi. Pechga kiritilgan temir ruda tarkibidagi
kislorod hisobiga
uglerodning oksidlanishi zarur tarkibli po‘lat olinguncha davom ettiriladi.
Kislotali pechlarda po‘lat olishning xarakterli xususiyati shundaki,
birinchidan shixtada S va P lar miqdorining ozligi bo‘lsa, ikkinchidan FeO
taribidagi Fe qaytaruvchi
moddalar vositasida emas, balki yuqori temperaturada
shlakdan hamda pech devoridan uglerod va temir hisobiga qaytarilgan Si
vositasida qaytariladi.
Uchinchidan kislotali shlakdan olingan po‘lat
asosli pechlarda olingan
po‘latlarga qaraganda azotga, vodorodga, kislorodga kam to‘yingan bo‘lib,
tarkibida metallmas qo‘shimchalar miqdori ham kam bo‘ladi.
Shuning uchun bu
po‘latlar yuqori mexanik xossalarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: