Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
10 – jadval.
Oltinning asosiy minerallari Oltinning minerallari Oltinning miqdori, % Tug‘ma oltin 90-100 Elektrum 70-90 Kyustelit 30-70 Telluridlar: kalaverit petsit silvinit 43,6 25,4 24,2 Antimonitlar: aurostibit 46,4 Oltinning ma’lum minerallaridan, sanoatda ahamiyatga bo‘lgani, tug‘ma oltindir, qolgan minerallar esa kam uchraydi. Rudalarda sof oltin ma’lum shaklga ega bo‘lmagan xilma-xil ko‘rinishda uchrashi mumkin (ilgaksimon, sim, donasimon, tangasimon). 149 Sof oltin zarrachalarining o‘lchami keng chegarada o‘zgarib, mikroskop ostida ko‘rinadigan juda kichik zarrachalardan tortib, 10-100 kg li gigant yombi holida ham uchrashi mumkin. Oltin zarrachalarning kattaligi uning eng asosiy texnologik xossalaridan biri hisoblanadi, chunki unga asoslanib oltinni rudalardan ajratib olishda ma’lum bir texnologik jarayonlarni tanlanadi. Oltinning kattalik o‘lchamlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: yirik oltin + 70 mkm, mayda oltin – 70 mkm, mayin zarrachali oltin – 1 mkm. Tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlashning texnologik sxemasi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qaysi bir sxema tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq, ularning asosiylari: rudadagi oltinning tavsifi, rudanning dastlabki kattaligi, rudaning moddiy tarkibi, rudada oltindan tashqari qimmatbaho komponentlarning mavjudligi, qayta ishlash texnologiyasini murakkablashtiruvchi komponentlarning mavjudligi va h.k. Rudadan oltinni ajratib olishning texnologik jarayonlariga tayyorlov (maydalash, yanchish), boyitish (gravitasion boyitish, flotasion boyitish) va metallurgik jarayonlar (amalgamasiya, sianlash, sorbsion tanlab eritish, desorbsiya, rux kukini bilan cho‘ktirish (sementasiya), elektrcho‘ktirish) kiradi. Tanlangan texnologik sxema oltinni rudadan yuqori darajada ajratib olishni, hom ashyoni kompleks ravishda ishlatilishini, moddiy, energetik va mehnat resurslarining kam miqdorda sarflanishini, sanoat chiqindilari bilan atrof-muhitni eng kam miqdorda ifloslantirishini ta’minlash kerak. Oltin saralash korxonalarning oxirgi mahsuloti xomaki oltin yoki oltinga boy cho‘kma hisoblanadi. Bu mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishi maxsus affinaj zavodlarida yuqori tozalikdagi oltin olish bilan amalga oshiriladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling