Metallurgiya


 Oltin saqlagan rudalarni qayta ishlashga tayyorlash


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

6.2.2. Oltin saqlagan rudalarni qayta ishlashga tayyorlash
Bu jarayonlarning asosiy maqsadi rudalar tarkibidagi oltinning yuzasini
boyitish yoki gidrometallurgik usulda ajratib olish jarayonlari uchun ochishdir. 
Maydalash va yanchish jarayoni, barcha sarf xarajatning 50% ini tashkil 
etadigan og‘ir va murakkab ishdir 


150 
Oltin va kumush zarrasi – ochilib, uni gidrometallurgiya usulida eritib, 
kimyoviy ajratib olishga yaroqli holda qoldirish maqsadga muvofiqdir. Tabiatda 
yirik oltin zarralari bilan, bir qatorda o‘ta mayda oltin zarralari mavjud. Shu 
boisdan rudalarni 0,4 mm dan 0,074mm gacha maydalash lozim bo‘ladi. 
Ko‘pincha rudaning maydalash darajasini, shu ruda tarkibidagi halaqit beruvchi 
moddalarning borligi belgilaydi.Odatda rudalar yirik, o‘rta va kichik o‘lchamda 
maydalash bilan bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Bunda har bir 
maydalashdan so‘ng orada g‘alvirlash jarayoni qo‘yiladi. Maydalash uchun 
konusli, jag‘li, qiska konusli maydalash mashinalari (drobilkalar)ishlatiladi (17-
rasm). 
a. b.
19- rasm. a- konusli maydalash mashinasining ko‘rinishi, b – jag‘li 
maydalash mashinasining tuzilishi 
Ikki bosqichli maydalashda ruda 20 mm , uch bosqichli maydalashda 6,0 mm 
o‘lchamgacha maydalanadi. Maydalash jarayonidan chiqqan mahsulot oltin 
yuzasini to‘la ochish maqsadida yanchish jarayoniga yuboriladi. Yanchish ham 
maydalash kabi bir, ikki yoki uch bosqichda amalga oshirilishi mumkin. 
Bosqichlar soni ruda tarkibidagi oltinni to‘liq ochilishiga bog‘liqdir. Yanchish 
jarayoni tegirmon deb nomlanuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Yanchish 
jarayonida rudani quruq yoki ho‘l holatda (bo‘tana shaklida) olib borish mumkin. 
Tegirmonlar yanchadigan usuliga qarab ho‘l holatda o‘zi yanchar, sharli (soqqali), 
sterjenli va boshqa turlarga bo‘linadi.


151 
O‘zbekiton Respublikasining oltin saralash fabrikalari va oltin ajratib olish 
zavodlarida ko‘pincha ikki bosqichli yanchish jarayoni qabul qilingan. 
Yanchishning birinchi bosqichida odatda o‘zi yanchar tegirmonlar, ikkinchi 
bosqichida esa sharli tegirmonlar qo‘llaniladi. Yanchish ho‘l holatda olib boriladi. 
Tegirmonlardan chiqadigan yanchilgan mahsulot bo‘tana shalida bo‘ladi.
Yanchish jarayoni yanchish darajasi bilan belgilanadi. Yanchish darajajasini 
aniqlovchi ko‘rsatkich bu bo‘tana tarkibidagi 0,074 mm sinfining miqdoridir. 
Yanchilgan mahsulotda 0,074 mm sinfining miqdori oltin ishlab chiqarish 
sanoatida 80-85 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Bu ko‘rsatkichda ruda tarkibida 
oltin zarralari deyarli to‘liq ochiladi. 
Yanchish jarayonida belgilangan ko‘rsatkichga qadar yanchilmay qolgan 
rudani to‘liq yanchish maqsadida, tegirmonlardan chiqadigan mahsulot sinflanadi 
va 
yirik 
mahsulotlar 
qaytadan 
tegirmonlarga 
qaytariladi. 
Masalan 
Respublikamizadigi oltin saralash fabrikalarida yanchish jarayonining birinchi 
bosqichida tegirmon spiralli sinflagich, ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar esa 
gidrosiklon deb nomlanuvchi sinflagichlar bilan birga ishlaydi. Tegirmon yonidagi 
spiralli sinflagichlar yirik o‘lchamli 1-3mm rudani qaytarib tegirmonga yuklaydi. 
Gidrosiklonda bo‘tana “qum” va “sliv” (suyuq bo‘tana) deb nomlanuvchi 
mahsulotlarga ajratiladi. Qum qaytadan yanchiladi, sliv esa keyingi jarayonlarga 
jo‘natiladi. 
Yanchilgan ruda bo‘tana shaklida boyitishga yoki gidrometallurgik qayta 
ishlash jarayonlariga yuboriladi.
Boyitish jarayonlarining asosiy maqsadi oltinga boy boyitmalar olishdir.
Oltin rudalarini boyitishning quyidagi usullari sanoatda keng tarqalgan: flotasion 
boyitish va gravitasion boyitish.
Boyitish jarayonlarining belgilovchi asosiy omillardan biri bu oltin 
zarrachalarning yirikligi va zichligidir. Flotasion boyitish usuli asosan mayda va 
mayin oltin saqlovchi va sulfidli oltin saqlovchi rudalarni boyitishda qo‘llaniladi.


152 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling