Metallurgiya


 Sianlash usullari va dastgohlari


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

6.2.5. Sianlash usullari va dastgohlari 
 
Sianlash jarayoni oltin sanoatiga o‘tgan asrning oxirlarida kirib keldi. U 
vaqtlarda hali boyitish va gidrometallurgiya asbob uskunalari hali mavjud emas 
edi. Mayin yanchishning narxi baland bo‘lgani sababli va katta miqdorda 
yanchilgan mahsulotni uzluksiz tanlab eritish, suvsizlantirish va filtrlash 
jarayonlari ishlab chiqilmaganligi uchun, sianlash jarayonini sanoatga kirib 
kelishining boshlang‘ich davrida, dag‘al yanchilgan rudani sianlash jarayoni 
sizdirib o‘tish tanlab eritish usulida amalga oshirilgan. Sizdirib o‘tish usulida 
sianlash jarayonini doirasimon yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli idishlar – chanlarda olib 
boriladi. 
Doirasimon chanlarning diametri 12-14 metrgacha, balandligi 2-4 m bo‘ladi. 
To‘g‘ri to‘rtburchakli channing o‘lchamlari: uzunligi 25 m, kengligi 15m gacha 
bo‘lib, ularning sig‘imi 800 – 900 t gacha boradi. Chan tarkibida oltin mavjud ruda 
bilan to‘ldirilgandan so‘ng, unga qattiq moddani qoplagunga qadar sianid eritmasi 
beriladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng eritma channing pastki qismida o‘rnatilgan jumrak 


156 
orqali chiqarib yuboriladi. Rudadan metall to‘liq eritmaga o‘tmagan bo‘lsa, chan 
yangi eritma bilan to‘ldiriladi. 
Tanlab eritish tamom bo‘lgandan so‘ng, qattiq faza toza suv bilan bir necha 
marta chayiladi. Qoldiq channing tubidagi maxsus tuynuk orqali chandan chiqarib 
yuboriladi. So‘ngra yangi ruda bilan to‘ldiriladi. 
Bu usulda jarayonni olib borish uchun qayta ishlanadigan xomashyoda, 
tuproq, il (suspenziya holatdagi zarrachalarning yig‘indisi), mayda zarralarning 
mavjudligiga yo‘l qo‘yilmas edi. Shu sababdan, tanlab eritish jarayonidan avval 
yanchilgan ruda sinflarga bo‘linardi. Sinflash jarayonining yirik mahsulotlari 
sizdirib o‘tish yo‘li bilan qayta ishlanardi, illar esa chiqindixonaga tashlanardi. 
Illarda asosan mayin oltin zarrachalari bo‘lgani sababli ular yo‘qolib ketardi va 
oltinni ajratib olish darajasi past qiymatlarga ega bo‘lar edi.
Gidrometallurgiya dastgohlarning takomillashishi bilan oltin ishlab chiqarish 
sanoatida qayta ishlashda tarkibida mayin oltin bo‘lgan rudalar qo‘llana boshlandi
bunda rudaning hammasi birgalikda tanlab eritiladi. Bu jarayonning nomi “to‘liq il 
jarayoni” deb nomlandi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling