Gaz aralashmasi 30-40°S gacha soviganda kondensatsiyalangan ammiak separator 6 da ajraladi va ammiak to`plagichida yig’iladi. 10-12% ammiak bo`lgan gaz aralashmasi separatordan tsirkulyatsion kompressor 7 ga yo`naltiriladi, u erda 31,5 MPa gacha siqiladi va kondensatsion kolonna 1 hamda suyuq ammiak bug’latgichi 8 dan iborat ikkinchi kondensatsion sistemaga uzatiladi. Gaz kondensatsion kolonnaning trubalar oralig’iga yuqoridan kiritiladi, bu erda u trubalar bo`ylab yuruvchi gaz bilan 20-25°S gacha sovitiladi va bug’latkichga keladi, bu erda u trubalar oralig’ida -12°S da qaynab turuvchi ammiak bilan– 5-00 gacha sovitiladi. Sovitilgan tsirkulyatsion gaz bilan kondensatsiyalangan ammiak aralashmasi kondensatsion kolonna 1 ning separattsion qismiga uzatiladi, bu erda suyuq ammiak gazdan ajraladi. TSirkulyatsion gaz azot-vodorod aralashmasi bilan aralashtiriladi va tsikl takrorlanadi. Kondensatsion kolonna 1 dan olingan suyuq agregat minus 5 - minus 2°S temperaturada 2 MPa gacha drossellanadi va ammiak to`plagichiga jo`natiladi.
Dastlabki gaz aralashmasida bo`lgan metan va argon (inert gazlar) sintez tsiklida to`planadi. Inert gazlar kontsentratsiyasini ma`lum darajada tutib turish uchun tsirkulyatsion gazning bir qismi sistemadan doimo chiqarib turiladi. Gaz 29,5 MPa bosim ostida kondensatsion kolonna 9 ga yo`naltiriladi, u erda gaz issiqlik almashgichning trubalar oralig’i bo`ylab o`tadi va bug’latkich 10 ning trubalariga tushadi, u erda esa ammiak -34°S da qaynab turadi. -28°S gacha sovitilgan gaz kondensatsion kolonna 9 ning separattsion qismiga suyuq ammiakni ajratish uchun qaytariladi va keyin foydalanishga yo`naltiriladi. Gazdagi ammiak miqdori sovitilgandan so`ng 2% gacha pasayadi. Kondensatsion kolonna 9 dan suyuq ammiak 2 MPa gacha drossellanadi va ammiak to`plagichga yo`naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |