Ziyoyev.Sh Birlamchi ot ochirish vositalarining turlari va ulardan foydalanish usullari. - Birlamchi ot ochirish vositalarining turlari va ulardan foydalanish usullari.
- Ishning maqsadi: O‘t o‘chirgichlarning tuzilishi, zaryadlash qoidalari, ishlatilish sohalari va usullari bilan tanishish. O‘t o‘chirgichlarni amalda ishlatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
- Mashg‘ulot rejasi:
- 1. Umumiy ma`lumotlar. O‘t o‘chirish moddalarining tasnifi va xususiyatlari.
- 2. O‘t o‘chirgichlarning tavsifi, tuzilishi, zaryadlash va saqlash qoidalari.
- 3. O‘t o‘chirgichlarning talab etiladigan sonini aniqlash.
- 4. Hisobot tarkibi.
Topshiriqlar: - Topshiriqlar:
- 1. O‘t o‘chiriuvchi moddalarning xususiyatlari bilan tanishing.
- 2. O‘t o‘chirgichlarning tavsifi, tuzilishi, ish tartibi, zaryadlash va saqlash qoidalari bilan tanishing.
- 3. OП-5 o‘t o‘chirgichi korpusini gidravlik presslash yo‘li bilan mustahkamligini sinang.
- 4. OП-5 o‘t o‘chirgichini zaryadlang va ishlatib sinang.
- Yоng‘in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
- Obyektning yong‘in xavfliligi deganda, Obyektning yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holati va yong‘inning oqibatlari tushuniladi.
Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me`yorlar va talablar asosida оbyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta`siri cheklangan, оbyektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi. - Obyektning yong‘in xavfsizligi deganda, belgilangan me`yorlar va talablar asosida оbyektda yong‘in sodir bo‘lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta`siri cheklangan, оbyektdagi materiallar to‘liq himoyalangan holati tushuniladi.
- Yоng‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta`sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan
- Yоng‘in vaqtida sodir bo‘ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta`sirida material boyliklar nobud bo‘lishi va baxtsiz hodisalar ro‘y berishi mumkin. Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo‘lishi, qurulish konstruktsiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va hokazo. - quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo‘lishi, qurulish konstruktsiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va hokazo.
- O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. Eng keng tarqalgan o‘t o‘chirish moddalariga suv, suv bug‘i, uglekislota, namlagichlar, kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklar, galloid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
O`t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi: - O`t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi:
- Yong‘inni o‘chirish usuliga ko‘ra:
- Sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota);
- Suyultiriluvchi, ya`ni yong‘in zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma`lum miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug‘i yoki inert gaz aralashmasi);
- Izolyatsiyalovchi harakatdagi (yonish zonasi atrof-muhit bilan ko‘pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi);
- Ingibir xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha: elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar); - elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha: elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik); elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar);
- Zaxarliligi buyicha: zaharsiz (suv, ko‘pik va kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) va zaharli (3,5-brometil, freon tarkibli).
- Suv o‘t o‘chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan.
- Suvning hajmi bug‘lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug‘ yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |