5. Mahsulot sifatini nazorat qilish
Mahsulotlarning sinfi mahsulot yoki xom ashyolarning sifat guruhidir.
Mahsulotlar saqlanuvchanligiga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Uzoq vaqt saqlanadigan va
qisqa vaqt saqlanadigan mahsulotlar bo‘ladi. Mahsulotlar saqlanishi davrida miqdor va sifat jihatdan
ma’lum darajada o‘zgarmasligi lozim. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qayta ishlashga moyilligi
ko‘rsatkichlari qayta ishlash sanoatida kam xarajat hamda maksimal tayyor mahsulot berish bilan
aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligida nazorat obyekti asosan mahsulot yoki xom ashyo hisoblanadi. Mahsulot
sifatini boshqarish uchun uni obyektiv baholash lozim. Chunonchi, mahsulot sifatini baholash uni
ishlatish sohasini ham belgilaydi.
Mahsulot sifatini nazorat qilish uning miqdor va sifat xossalariga xarakteristika berish bo‘lib,
bunda ma’lum turdagi o‘lchash asbob-uskunalaridan va turli usullardan foydalaniladi. U ishlab
chiqarish va ekspluatatsiya davrida nazorat qilinadi. Mahsulot sifatini ishlab chiqarish mobaynida
nazorat qilishda mutaxassislar asosiy rolni uynaydilar. Ular mahsulotni sifatli yetishtirishni, uz vaqtida
yig‘ishtirib topshirishni ta’minlashlari lozim. Shu bilan birga, ularni qayta ishlashni ham to‘g‘ri tashkil
qilish lozim.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati ularni davlatga yoki iste’molchiga topshirishda nazorat
qilinadi. Bu jarayon mahsulot qabul qilish punktlarida amaldagi standart va sinash usullari yordamida
amalga oshiriladi. Mahsulotlarni qabul qilishda, qabul qilingan mahsulotlarning sifatini tekshirishda
inspeksion nazorat o‘rnatiladi. Bunda tayyorlash punkti tomonidan mahsulotlar qabul qilinishi,
standartdan to‘g‘ri foydalanish, sinash usullarining standartga to‘g‘ri kelishi, mahsulotlarning
saqlanishi, sortlarga ajratilishi, joylashtirilishi, belgilanishi tekshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |