Метод проектов


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#205000
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
1-MARUZA TAQDIMOT Qishloq xojalik mahsulotlarini dastlabki ishlashni mexanizatsiyalash

4. Konditsiyalar

Agar mahsulot chegaralangan konditsiyaning talabiga biror-bir ko‘rsatkichi bo‘yicha javob

bermasa davlat tayyorlov tashkilotlari uni viloyat yoki Respublika ahamiyatidagi rahbar idoralarning

ruxsatisiz qabul qilish imkoniyatiga ega emasdir. Qabul qilingan taqdirda ham shu mahsulotni kon-

ditsion meyorga keltirish uchun qilinadigan barcha xarajatlar shu mahsulot fizik og‘irligini kamaytirish

hisobidan yoki to‘lanadigan haqi hisobidan ushlab qolinishi lozim.

Chegaralangan konditsiya mamlakatimizning turli mintaqalarida turlicha qabul qilingan. Bunda

mintaqaning tabiiy sharoiti hisobga olinadi.

Mahsulotning sifat ko‘rsatkichi bazis konditsiyadan yuqori, chegaralangan konditsiya doirasida

bo‘lsa, mahsulotning fizik og‘irligidan ma’lum og‘irlik chegirib qolinadi.

Sanoat konditsiyasida mahsulotlarga sanoat tarmog‘i talab qiladigan sifat ko‘rsatkichlari

belgilangan. Sanoat konditsiyasi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda qo‘llaniladi.

Urug‘lik konditsiyada urug‘ning ekish va nav sifati davlat standartida beriladi. Qishloq xo‘jalik

ekinlarining urug‘i nav tozaligi bo‘yicha kategoriyalarga va urug‘ning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha

sinflarga ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligini yuqori konditsiyali urug‘lar bilan ta’minlash muhim xo‘jalik va iqtisodiy

ahamiyatga ega. Xo‘jaliklarni konditsion urug‘lar bilan ta’minlanishi ularning sarfini kamaytirib,

hosildorlik mahsulot sifatining yaxshilanishiga olib keladi. Urug‘ning sifat ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan

meyordan past bo‘lgan taqdirda uning sotish bahosidan chegirib qolinadi yoki urug‘ konditsiyasi, ya’ni

ekishga yaroqsiz hisoblanadi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga jahon bozorida qo‘yi-ladigan talablar eksport konditsiyasida o‘z

ifodasini topadi. Eksport qilinuvchi barcha mahsulotlar ushbu standartlarda ko‘rsatilgan konditsiyalarga

javob berishi lozim. Mahsulotni eksport qilish ana shu mahsulotning sifatli ekanligidan dalolat beradi.




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling