Метод проектов


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#205000
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
1-MARUZA TAQDIMOT Qishloq xojalik mahsulotlarini dastlabki ishlashni mexanizatsiyalash

3. Standartlash sistemasi

Standartlashning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: fan va texnika taraqqiyotini

jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirish; mahsulot sifatini

yaxshilash; jahon bozori talabiga javob beruvchi mahsulotlarni ishlab chiqa-rishni va tovarlarni eksport

qilishni ta’minlash; xalq xo‘jaligini boshqarishni tashkil qilishni takomillashtirish; ishlab chiqarish

fondlaridan unumli foydalanish hamda moddiy va mehnat resurslarini tejash; mahsulotning texnik

darajasi hamda sifatiga va xom ashyoga qo‘yiladigan talablarni, loyihalash va mahsulot ishlab chiqarish

sohasidagi meyor, talab va usullarni belgilash; sanoat mahsulotlarini bir meyorga keltirish va

agregatlashni rivojlanti-rish; o‘lchamlarning yagonaligini va aniqligini ta’minlash, xalq xo‘jaligi

tarmoqlarida, fan va texnika sohalarida yagona terminlar va belgilar o‘rnatish va boshqalar.

Qishloq xo‘jalik mutaxassislari ko‘proq, texnik talablar va sinash usullari standartlari bilan

ishlaydilar. Shu bilan birga ular terminlar va belgilar standartini ham puxta bilishlari lozim.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga texnik talablar standartida mahsulot sifatiga kompleks baho

beriladi. Ushbu standart kirish qismidan va «Texnik talablar», «Qabul qilish qoidalari», «Sinash

usullari», «Joylashtirish, belgilash, saqlash va tashish» bo‘limlaridan iborat.

Texnik talablar bo‘limida ma’lum bir mahsulotning sifatiga qo‘yiladigan meyor va talablar

o‘rnatiladi. Bunda mahsulotning bitta yoki bir necha sifat ko‘rsatkichiga talablar beriladi. Standart

nomidan keyin odatda texnik talabning turi ko‘rsatiladi.

Sinash usullari standartida mahsulotning ma’lum bir sifat ko‘rsatkichini yoki kompleks

ko‘rsatkichlarni aniqlay-digan bir meyorga keltirilgan sinash usuli ko‘rsatiladi. Standartda sinash uchun

namuna olish qoidalari, sinov o‘tkazish sharoitlari va olingan natijalarni ishlash ham ko‘rsatiladi.

Joylashtirish, belgilash, saqlash va tashish standartlarida mahsulotni belgilash, joylashtirishdagi

talablar, mahsulotni sifatli qilib saqlash va tashish qoidalari ko‘zda tutiladi.

Namunali texnologik jarayonlar standartida ma’lum operasiya va jarayonlarni bajarishda

texnologik intizomga qat’iy rioya qilish kuzda tutiladi.




Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling