4. Konditsiyalar
Bir turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari irsiyat va o‘zgaruvchanlik konuniyatlariga bog‘langan
holda bir-biridan keskin farq qiladi. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari tashqi muhit ta’sirida
o‘zgaradi. Bu esa ularni bir korxonadan ikkinchi korxonaga topshirishda noqulayliklar tug‘diradi.
Asosiy sifat ko‘rsatkichlarini belgilab olish, ya’ni ma’lum bir etalonni qabul qilish qayta ishlash
sanoatida ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun
konditsiyalar sistemasi qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |