3. Standartlash sistemasi
Mamlakatimizda mahsulotning sifatini nazorat qilish va boshqarish uchun standartlash
davlat sistemasi tuzilgan. Mahsulot sifatini boshqarish davlat sistemasi qonuniy, tashkiliy,
huquqiy, texnik va iqtisodiy tadbirlarning majmuasidan iborat bo‘lib, sifatli mahsulot ishlab
chiqarish va iste’molchiga yetkazishni ta’minlaydi.
Standart (ingl. standard – norma, namuna, o‘lcham) – bu standartlanadigan obyektga
qo‘yiladigan va vakolatli tashkilot tomonidan tasdiqlangan meyor (norma)lar, qoidalar, talablarni
belgilovchi normativ-texnik hujjat hisoblanadi. Standartlar qishloq xo‘jaligiga, texnikaga, fanga,
sanoatga, ishlab chiqarishga, qurilishga, transportga va boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Ular vazifasiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: mahsulotga qo‘yiladigan umumiy talab,
ko‘rsatkichlar va sifat meyorlari; umumtexnik va tashkiliy-metodik qoida hamda meyorlar;
ekspluatatsion xossasi va texnik xarakteristikasi; mahsulotlarni nazorat qilish usuli; fizik kattalik
birliklari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |