Qishloq xo‘jaligida 4 ta konditsiya qo‘llaniladi: tayyorlash, urug‘lik, sanoat va eksport
konditsiyalar.
Davlatga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda mahsulotlarni sifat meyorlari tayyorlash
konditsiyasida beriladi. Tayyorlash konditsiyasi bazis va chegaralangan konditsiyalarga ajratiladi.
Bazis konditsiya mahsulotning sifatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu
konditsiyada qabul qilingan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lib, uning
tovarboplik, oziq-ovqatlik, texnik qimmati yuqori bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik mahsulotlari-ni
baholashda bazis konditsiya ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari meyorlari bazis konditsiyaga teng bo‘lgan taqdirda, uning
og‘irligidan chegirilmay, fizik massasi yorliqda yoziladi.
Bazis
konditsiya
ko‘rsatkichlari butun mamlakatimiz hududidagi yetishtirilgan barcha
mahsulotlar uchun bir xil yoki turli mintaqalar uchun har xil bo‘lishi mumkin.
Chegaralangan konditsiya mahsulot sifatini belgilaydigan eng past ko‘rsatkich bo‘lib, davlatga
sotishda ruxsat etiladi. Agar mahsulotning sifat ko‘rsatkichlaridan biri chegaralangan konditsiyadan
yuqori bo‘lsa, yetishtirilgan mahsulotni davlatga topshirishga ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |