Metod xazinasi Metod nomi: Kakografiya metodi Berilgan vaqt


Download 1.02 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1250267
Bog'liq
Metod xazinasi Sharifova D


Metod xazinasi
Metod nomi:Kakografiya metodi
Berilgan vaqt:6 daqiqa
Metod haqida ma’lumot.
Kakografiya so‘zi lotincha kakos – yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos – yozmoq so‘laridan olingan bo‘lib, muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi.
Shunga ko‘ra, kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin. Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo‘yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi. O‘quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo‘qotib, dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.
Bu metodni 2 xil usulda qo’llash mumkin:
1-usul. O’quvchilarga imloviy xatolarga yo’l qo’yib yozilgan matn tarqatiladi. Buni har bir o’quvchiga tarqatish ham, guruhlarga bo’lib tarqatish ham mumkin. O’quvchilar matnda yo’l qo’yilgan xatolarni topadilar va nima sababdan xato deb hisoblaganlarini izohlaydilar. Metodni qo’llashni aniq misolda ko’rsak:
Tozalik
Kishini qandayligi ish joyidan bilinadi. Ilg'or ishchilar dastgoxlarini doimo toza tutadilar. Yerga turli chiqindilar tashlamaydilar. Dastgox yaqinida chiqndi uchun mahsus idish turadi. Hatto latta va supirgi ham bo'ladi. llgakda sochiq osig'liq turadi. Dastgox tepasidagi qo'shaloq chiroqda ham chang bo'lmaydi. Asboblarni xammasi tartbli qo'yiladi. Ular tokchada saxlanadi. Palapartshlik yomon odat. Chunki bu ish unimini pasayishiga sabab bo'ladi. (58 so'z)


Topshiriq.
Yuqoridagi matndan xato yozilgan so’zlarni topib yozing va nima sababdan xato ekanligini izohlang.
________________ ________________
________________ ________________
________________ ________________
________________ ________________
________________ ________________
________________ ________________
Masalan,dastgox so’zi imloviy jihatdan xato. Chunki, dastgoh so’zida bo’g’iz undoshi “h” qo’llaniladi.
2-usul. Bu metodni rasmlardan foydalangan holda qo’llash ham mumkin. O’quvchilarga turli reklama, peshtaxtalalrdagi xato yozilgan so’zlarning rasmlari tushirilgan tarqatmalar tarqatamiz. Ular rasmlardan xato yozilgan so’zlarni topishlari kerak bo’ladi. Masalan:
Quyida keltirilgan peshtaxtalarda qo’llanilgan imloviy xatolarni toping.


Misol uchun, 1-rasmda choyhona so’zi xato yozilgan. Choyxona so’zida chuqur til orqa undoshi ”x” yoziladi
Mazkur metod oʻquvchilarga nima beradi.
Umuman olganda, biz – yoshlar vatanimiz O‘zbekistonning qanotlarimiz. Bugun bizning oldimizda ona tilini o‘rganish borasida yagona to‘g‘ri yo‘l turibdi. Bizdan millatimizning bebaho boyligi, xalqimiz tafakkurining tengsiz javohiroti sanalgan o‘zbek tilini mukammal o‘rganishimiz, og‘zaki va yozma savodxonligimiz yuksak bo‘lishi talab etilmoqda. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun bizga kakografiya usuli kutilgan samarani berishi mumkin. Zero, davr o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham izlanishni, yangiliklarni o‘zlashtirishni talab etmoqda.
Metoddan foydalanish uchun gʻoyalar.
Bu metodni asosan ona tili darsida qo’llash mumkin. Ayniqsa
Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo‘limlari bilan bog‘liq amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach, “Mustahkamlash darslari” yoki “Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e’tibor so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqqa qaratiladi.


Metod xazinasi
Metod nomi: “Mosini top”
Berilgan vaqt:7 daqiqa
Bu metod quyidagi tartibda bajariladi:
2 ta ustundan iborat jadval chiziladi. 1-ustunga ma’lum guruhga kiruvchi predmetlar bo’lsa, 2-ustunga ularga aloqador predmet yoki xususiyat chalkash tarzda beriladi. Bu jadval aks etgan tarqatmalar o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar 2-ustundan 1-ustundagi predmetlarga mosini topib, birlashtirib chiqadilar. Topshiriq bajarib bo’lingach, guruhda tahlil qilinadi.
Masalan buni quyidagicha amalda qo’llash mumkin.
1.Berilgan maxsus kiyimlar qaysi kasb egalariga tegishli ekanligini toping
2. 2-qatordan1-qatordagi kasblarga aloqador anjomni topib, birlashtiring.

Metoddan foydalanish uchun gʻoyalar.
Aynan berilgan misolni texnologiya darsida qo’llasak, texnologiya darsidagi kasbga yo’naltiruvchi maqsadni ochib berishda qo’l keladi. Yoxud kasblarga oid maxsus kiyimlar berilganligi tikishni o’rganish darslariga uyg’unlashib ketadi.
Shuningdek, o’qish va tarbiya darslarida “Kim bo’lsam ekan” mavzulariga ham qo’llash mumkin.
Umuman olganda, bu metodni barcha fanlarda qo’llash mumkin. Ayniqsa, yangi mavzuni mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash darslarida o’quvchilarning mavzularni yanada yaxshiroq anglashiga, tushunib olishiga yordam beradi.
Mazkur metod oʻquvchilarga nima beradi.
Bu metod o’quvchilarni ziyraklikka, topqirlikka, tezkorlikka undaydi. Shuningdek, olgan bilimlarni mustahkamlashi, mavzularning o’zaro aloqadorligi va farqli tomonlarini anglaydi. .
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling