Metodik birlashmalar


Download 1.38 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1318038
Bog'liq
M.Maxliyo. Menejment

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 19.12-guruh 4-bosqich talabasi Madrimova Maxliyoning Menejment fanidan tayyorlagan slayd-taqdimoti.


Mavzu:
Metodik birlashmalar.
Reja:
1.Metodik birlashmalar faoliyati.
2.Metodik birlashmalar vazifalari.
3.Metodik birlashmalar maqsadi.
4.Metodik birlashmalar ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
Respublikamizda ta’lim islohotlari, keng qamrovli yangilanish jarayonlari amalga oshirilayotgan hozirgi bosqichda ta’limning zamonaviy metod va usullarini amaliyotga tadbiq etishga alohida e’tibor berayotgan hamda o‘quv fanlaridan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda maktabda tashkil etilgan fanlar bo‘yicha metodbirlashmalarning faoliyati nihoyatda ma’suliyatlidir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fan metod birlashmalariga uzluksiz metodik xizmat ko’rsatish ta’lim-tarbiya jarayoning dolzarb ehtiyoj va muammolarini aniqlab, pedagoglarning ehtiyoj talablari asosida mahoratini oshirish, rivojlantirish yo’llarini belgilab olish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, targ’ib qilish, ta’lim samaradorligini oshirishda o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsatish, metodik ta’minotga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, tahlil qilish, ta’lim sifatini oshirish va takomillashtirishga oid tavsiyalar yaratish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga, seminar-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi. Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir.
Respublika maktabgacha talim metodikasi kabineti Ozbekiston Respublikasi Xalq Maktabgacha talimi vazirligi xozuridatashkil etilib, mazkur soha boyicha etakchi tozilma sifatidabarcha maktabgacha talim muassasalari faoliyatiniuslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqashtirib boradi.
O‘qituvchilarning kasbiy saviyasi, mahorati va psixologik xususiyatlari shaxs sifati va metodik ta’minoti darajasini birinchi bo‘lib aniqlovchi, umuman o‘qituvchi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi eng quyi markaz maktab metod birlashmalari hisoblanadi.
SHunday ekan maktab metodbirlashmasi tizimli muntazam keng ko‘lamli, maqsadga yo‘naltirilgan holda ish olib borishi lozim.
Metodik birlashmalar o‘qituvchilarga yordam beruvchi, ilg‘or tajribalarni ommalashtiruvchi mahorat maktabidir. Metodbirlashmalar faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 4 iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshirilib, metodbirlashmalar faoliyati maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan rahbarlik qilinayotgan metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Maktab metodbirlashmasi o‘quv rejasidagi fanlar tarkibiga hamda o‘quvchilar soni tarkibiga qarab ikki xil variantda tuzilishi mumkin. O‘qituvchilar soni uch va undan ortiq bo‘lsa, har bir fan bo‘yicha alohida-alohida, o‘qituvchilar soni oz miqdorda bo‘lgan fanlardan esa bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar fanlar turkumi bo‘yicha tashkil etiladi.
Maktabning har bir o‘qituvchisi o‘rindoshlikda ishlayotgan o‘qituvchi ham o‘z yo‘nalishi yoki fani bo‘yicha metodbirlashma a’zosi bo‘lishi shart.
Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashmalar faoliyati o‘ziga xos bir jarayon bo‘lib, u fan ta’limi samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam berish, fan to‘garaklarini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.Fan va texnologiya.-T:,2008 y. 2.F.Qodirova, N. Qayumova Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent. Tafakkur nashriyoti. 2019
3.Karimova V.M. “Oila pedagogikasi”. Darslik-T.: Fan va etxnologiya, 2008-y
4.Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila pedagogikasi”. T.: Sharq. 2009-y.

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling