Metodika 1-topshiriq. Zamonaviy dars turlari haqida ma’lumot bering. Namuna
Download 23.9 Kb.
|
Metodika 1-topshiriq. Zamonaviy dars turlari haqida ma’lumot ber-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- II. Uyga vazifani sorash
- IV. Darsni mustahkamlash : 1.
a) ta'limiy maqsad: badiiy asarda ruhiyat tahlilini shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: ushbu romon orqali hayotda ota va o'g'il munosabatlari, farzandlik burchi xususida bolalarda tasavvur uyg'otish. c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning tafakkur olamini boyitish, asardan chiqarilgan xulosani hayotga tatbiq qilishga o'rgatish. Dars usuli: Munozarali bahs, suhbat, savol- javob , klaster usullari. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars jihozi : Odil Yoqubov hayot va faoliyati bo'yicha fotosuratlar yaratgan romon va dramatik asarlaridan namunalar, tarqatmalar, slaydlar, texnik vositalar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; c) sinf tozaligiga e'tibor berish; II. Uyga vazifani so'rash: Uyga vazifani so'rashda o'quvchilarga quyidagi savollar orqali murojaat qilinadi: 1) Oybek faoliyati haqida gapirining. 2) "Qutlug' qon " romaning g'oyaviy-badiiy mazmuni qanday? 3) Roman janri qancha paydo bo'lgan? III. Yangi mavzu bayoni: Mavzu yo'nalishiga ko'ra romanlar tarixiy ,falsafafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik, detektiv kabi xillarga bo'linadi. Odil Yoqubovning " Ulug'bek xazinasi " mavzu yo'nalishiga ko'ra tarixiy roman hisoblanadi. Tarixiy romanning yetuk ko'rinishi hisoblangan " Ulug'bek xazinasi " asari Temuriylar davrida, xususan Mirzo Ulug'bek davri, hayoti, jamiyatdagi adolatsizliklar, ko'ngilsizliklar badiiy yo'sinda g'oyat mahorat bilan tasvirlangan. Asarda hech bir ish jazosiz qolmasligi va ota qotili " padarkush" taqdiri ham yoritib berilgan. IV. Darsni mustahkamlash : 1. Mirzo Ulug'bek va Abdullatif munosabatlarini qanday baholaysiz? 2. Mirzo Ulug'bekka xiyonat qilganlar kimlar edi? 3. Ali Qushchi obrazini qanday talqin qilasiz? 4. Mirzo Ulug'bek ilmiy faoliyatidan qanday ma'lumotlarga egasiz? 5. Abdulatif ruhiyatidagi to'liqsiz o'zgarishlarga tayanib, inson tuyg'ularining omonatligi to'g'risida to'xtaling? 6. Bu mavzuda yana kimlar qalam tebratganlar u asarlarda Ulug'bekning bosh qahromonlikdagi o'rni va g'oyaviy ahamiyati nimani aks etirgan. O'qituvchi o'quvchilarning diqqatini har bir timsolga alohida qaraatib, shu timsol haqidagi xulosalarni umumlashtiradi. O'quvchilar guruhdagi fikrlarni to'ldirishdagi ishtirokiga , yakuniy savol-javobdagi faolligiga qarab baholanadilar. Download 23.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling