Metodikalari kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet165/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolipov O‘.K., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini 
rivojlantirishning pedagogik asoslari. - T., Fan, 2012 
2. Yo‘ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
amaliyotga joriy qilish. - T: Fan va texnologiya, 2008 
3. 
www.referat.uz
 
MILLIY O‘QUV DASTURI TALABLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI 
ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRISH USULLARI 
Xolmo‘minova Bahora Abdujalolovna, 
Jizzax viloyat PYMO‘MM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus 
ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Anotatsiya.Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini kasbga 
yо‘naltirish tizimi tahlil etilgan bо‘lib, milliy o‘quv dasturi talablari asosida 
o‘quvchilarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish usullari haqida ma’lumot berilgan. 
Kalit sо‘zlar: О‘qituvchi, о‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, kasb, kasbga 
yо‘naltiris, talab,dastur. 
Резюме.: В данной статье анализируется система ориентации 
учащихся начальных классов на профессию, а также приводится 
информация о методах ориентации учащихся на современную профессию 
на основе требований государственного учебного плана. 
Ключевые слова: учитель, ученик, начальное образование, профессия, 
профессиональная направленность, востребованность, программа. 
Abstract.. This article analyzes the system of guiding primary school 
students to a profession, and provides information on methods of guiding 
students to a modern profession based on the requirements of the national 
curriculum. 
Key words: Teacher, student, primary education, profession, vocational 
orientation, demand, program. 


269 
Respublikamizda keyingi yillarda ta’limni isloh qilish bo‘yicha ko‘pgina 
qaror va qonunlar qabul qilindi, ularda o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish 
vazifalari ham yetarlicha o‘z ifodasini topmoqda. O‘quvchilarni kasbga 
yo‘naltirishda ta’lim sohasida bo‘layotgan islohatlar va yangiliklar o‘rganish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarni jadallashtirish maqsadida 
dastlab Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot 
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi” (PF–6108-son06.11.2020 y.) farmoni qabul qilindi hamda qaror 
ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6-
noyabrdagi “Ta’lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 4884 qarori qarori qabul qilindi. Qarorda 
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus professional va oliy ta’lim o‘quv 
dasturlari va fanlarning uzluksizligini va uzviyligini ta’minlashga katta e’tibor 
qaratilgan bo‘lib, qarorda Milliy o‘quv dasturlarini tajriba- sinovdan o‘tkazish va 
amaliyotga joriy etish masalasida Xalq ta’limi vazirligiga topshiriqlar berildi. 
Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 9- dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy 
o‘quv dasturining daslabki loyihasini tasdiqlash va tajriba-sinovdan o‘tkazish” 
to‘g‘risidagi 298- sonli buyrug‘i asosida tajriba- sinov ishlari olib borilmoqda.
Milliy o‘quv dasturi xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi hamda unda 
ta’limning zamonaviy tendensiyalari o‘z aksini topgan. 
Milliy o‘quv dasturlarida XXI asr ehtiyojlaridan kelib chiqib 
o‘quvchilarda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilangan. Har bir 
fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p 
savodlilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Shu jumladan 
“Texnologiya” fani bo‘yicha yaratilgan Milliy o‘quv dasturida ham 
o‘quvchilarning XXI asrda egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va 
kompetensiyalarga alohida e’tibor qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may PQ- 241 sonli 
“Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 
asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirilmoqda. 2022-
2023 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar 
doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchalar 
berish nazarda tutilgan.[1] 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kasbga oid tushunchasini shakllantirish, 
yosh avlodning kelgusida egallaydigan kasbiga e’tiborli bo‘lish davlat ahamiyatiga 
ega bo‘lgan masaladir.
Kasbga yo‘naltirish bu – bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon 
bo‘lib, ilk bosqichda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning odob-axloqi va 
mehnatga layoqatliligiga ko‘ra minimal talablar qo‘yiladi. 
Ikkinchi bosqichda Boshlang‘ich sinf I-IV sinf o‘quvchilarini kasbga 
yo‘naltirishdan maqsad va vazifalarni ko‘zda tutiladi. Ayni shu bosqichda 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasi katta mas’uliyat yuklanadi. Bu borada 
o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishining shakllanishi,aynan qaysi kasb 
tanlayotganligi,ulardagi iqtidorni yuzaga chiqaruvchi qanday dasturiyi shlarni 


270 
amalda qo‘llash kerakligi va bu boradagi qator masalalarning qay darajda 
dolzarbligi muammo va yechimlarga to‘xtalib o‘tsak. 
Texnologiya fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturida hozirgi kunda bozor 
munosabatlariga o‘tish munosabati bilan maktab ongli ravishda kasb tanlashga, 
jamiyat uchun foydali va zarur bo‘lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda 
yana ham katta rol o‘ynaydi. Texnologiya fanini rivojlantirish doirasida zamonaviy 
texnologik jihozlar, kasblar dunyosi bilan tanishish, o‘quvchi-yoshlarni turli 
ijtimoiy sohalarda mustaqil ravishda mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni 
to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda integratsiyalash darajalari va amalga oshirish 
shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. 
Kasbga yo‘naltirish zamon bilan ham nafas olib borilishi zarur. Shu sababdan 
o‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish bilimlarni chuqurroq berish, nazariya 
bilan amaliyot uzviyligini ta’minlash ularni ilm hunarga ishtiyoqmandligini, 
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashimiz zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini 
kasbga yo‘naltirishda interfaol usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Interfaol usullardan 
foydalanib 
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda 
o‘quvchilarni qiziqtiradigan usullarni tanlay bilish muhim hisoblanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarni kasbga 
yo‘naltirishda va texnologiya fanidan dars beradigan o‘qituvchilar yuqori 
natijalarga erishishi uchun qo‘yidagilarga e’tiborni qaratish kerak; 
- zamonaviy ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviyat-moddiy 
qadriyatlarning mohiyati chuqur tushutira bilish; 
- pedagogik texnologiyani va innovatsion usullarni tushungan holda qo‘llay 
bilishi; 
- o‘quvchilarni mustaqil va erkin kasb tanlashiga sharoit yaratish; 
- o‘qituvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o‘zi ham yangi 
uslublarni o‘ylab topishi va amalda qo‘llashi; 
- zamonaviy kasblar haqida o‘quvchilarga keng qamrovli bilim bera olishi; 
- an’anaviy darslar orqali o‘qituvchilarning yakka tartibda (individual) 
ishlashga erishish; 
-turli topshiriqlarni o‘quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo‘yicha 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart. 
Muammoning muhimligi, o‘quvchilarnirni kasbga yo‘naltirishga oid bir 
qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi 
vaqtda ko‘plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, shiforkorlar, iqtisodchilar, 
sotsiologlar va g‘oyat xilma– xil sohalarda ishlovchi amaliyotchi xodimlarning 
e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bu borada ko‘plab mutaxassislarning ishtirok etishi va 
ish olib borishi muammoni to‘g‘ri va kompleks tarzda hal etish uchun zamin 
yaratib beradi.
Texnologiya fanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning quyidagi usullarda 
amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 
1. O‘quvchilarni kasblar olami bilan tanishtirish; 
2. O‘z kasbi orqali katta yutuqlarga erishgan insonlar bilan uchrashuvlar 
tashkil qilish; 
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish; 


271 
4. Ishlab chiqarish korxonalariga, fan, maorif, madaniyat san’at 
muassasalariga sayohatlar tashkil etish; 
6. Darslarda kasbga yo‘naltiruvchi –
multimedia
lardan namoyish etib borish; 
7. O‘quvchilarni turli xil kasbga yo‘naltiruvchi tugaraklarga jalb etish; 
8. O‘quvchilarini kasbga yo‘naltiruvchi interfaol o‘yinlarni muntazam tashkil 
etish; 
9. Darslarni samarali tashkil etishda elektron tizimlardan unumli foydalanish; 
10. O‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quvchi va ota- onalar 
uchun “Kasblar olamiga sayohat” nomli elektron platformani yaratish lozim va 
boshqalar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning 
uzviyligi mamlakatimizdagi yangi ta’lim tizimini isloh etishda o‘z samarasini 
beradi. Shu bilan birga biz kelajak avlodni hayotda o‘z o‘rnini topishga, 
vatanimizning ravnaqini yanada oshirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling