Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Ключевые слова: духовность, просвещение, воспитание, военное, 
содержание, сущность, досуг, культура, музей, руководство. 
Annotation. The article is devoted to methodological issues of spiritual and 
educational growth of youth. The concept of increasing the effectiveness of 
spiritual and educational work in the system of the Armed Forces of the Republic 
of Uzbekistan highlights the priority areas and basic principles of spiritual and 
educational work. 
Keywords: spirituality, enlightenment, education, military, content, essence, 
leisure, culture, museum, leadership. 
Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy 
g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga 
chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda 
muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy 
yaxlitligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biri yuqori professional, 
harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard harbiy xizmatchilarni 
tarbiyalash hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy bosh Qo‘mondoni 


56 
Mirziyoev Shavkat Miromonovich boshchiligida milliy armiyamizni tubdan isloh 
qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, 
harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lami ishlar amalga oshirib 
borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash konsepsiyasining qabul qilingani, armiya va xalk birligini ta’minlash 
borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikdagi ishlarning 
kuchaytirilgani milliy armiyamiz saflarini mustahkam iroda, faol fuqarolik 
pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini bermoqda. 
Qo‘shinlarning ma’naviy-axloqiy asoslari harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston 
xalkiga, Prezidentiga va Harbiy qasamyodiga cheksiz sodiqligi, yuksak vatanparvarligi, 
ma’naviy va axloqiy fazilatlari, kim uchun va nima uchun harbiy burchini ado 
etayotganini chuqur anglashi, Vatan uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lishini tashkil 
etadi. 
Harbiy 
xizmatchilarda 
bu 
kabi 
hislatlarni 
shakllantirish 
va 
takomillashtirishda bir qancha mehnat hamda barcha toifadagi kichik va katta 
komandirlardan, mansabdor shaxslardan doimiy e’tibor talab etiladi. 
Qo‘shinlarda madaniy-ma’rifiy ishlar shaxsiy tarkibning ruhiy-emotsional va 
ahloqiy-ruhiy holatini yukori darajaga ko‘tarish, harbiy xizmatchilarni yuklatilgan 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga safarbar etish maqsadida tashkil etiladi. 
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sifatli madaniy xordik 
chiqarishlari va maroqli dam olishlarini ta’minlash - madaniy-ma’rifiy ishlarining 
asosiy vazifasi etib belgilangan. 
U harbiy xizmatchilar ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga 
nisbatan extirom hislarini oshirish, shaxsiy tarkibni madaniyat va san’at orqali 
tarbiyalash hamda madaniy xordik chiqarishi bo‘yicha tashkil etiladigan faoliyati 
hisoblanadi. 
Madaniy-ma’rifiy 
ishlar harbiy madaniyat muassasalari (Mudofaa 
vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, garnizon ofitserlar uyi, Qurolli Kuchlar 
davlat muzeyi, klublar, harbiy orkestrlar, kutubxonalar) faoliyatiga raxbarlik 
qilishni, estetik tarbiyani tashkil etishni, ommaviy madaniy tadbirlar o‘tkazishni, 
harbiy xizmatchilarni muzey, teatr va konsertlarga tashriflarini uyushtirishni o‘z 
ichiga oladi. 
Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni jismoniy va manaviy sog‘lom, Ona 
Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, shonli tariximizdan ibrat 
olib, undan faxrlanib yashashlari uchun barcha kuch va imkoniyatimizni to‘liq 
safarbar etamiz.
Jahonda mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan, axborot makonida turli 
xavf-xatar va tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi sharoitda barchamiz doimiy 
ogoh va sezgir, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishimiz kerak.
Ayniqsa, adashib, yot g‘oyalar tasiriga tushgan shaxslar va ularning 
farzandlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni sog‘lom turmush 
tarziga, to‘g‘ri yo‘lga qaytarishda harbiy xizmatchilarimiz davlat va jamoat 
tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
samaradorligini oshirish konsepsiyasi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor 


57 
yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, harbiy 
xizmatchilarning bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, 
ularning qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, 
sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy 
immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni davlat va nodavlat 
notijorat tashkilotlari, ta’lim-tarbiya institutlarining o‘zaro hamkorlikdagi roli va 
ahamiyatini milliy va xalqaro huquqiy normalarini hisobga olgan holda belgilab 
beradi
4

Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish 
bo‘yicha konsepsiya bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Vazifalar qatoridan quyidagilar o‘z o‘rnini olgan: 
- harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini 
yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an’analarimizga 
asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan yagona tizimini yaratish;
- harbiy xizmatchilarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va 
muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini 
himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish;
- harbiy xizmatchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining 
mazmun va mohiyatini tizimli va izchil ravishda yetkazish hamda dunyoda va yon-
atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli 
munosabat va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, 
mas’uliyat, fidoyilikni oshirish; 
- milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda tahlil etish, Vatan 
ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur 
zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida harbiy 
xizmatchilarda “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling