Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Ключевые 
слова: 
образовательная 
технология, 
личностно-
ориентированные технологии, авторитарная технология, гуманитарная 
технология, технология сотрудничества, технология свободного обучения, 
эзотерическая технология, традиционное обучение. 
Abstract: the content of student-centered learning technologies, the 
development of the student's mental abilities when using student-centered 
educational technologies, accustoming a person to healthy communication, 
achieving educational goals in the learning process, achieving learning efficiency, 
achievement highlights the effectiveness of learning through the use of student-
centered educational technologies in the organization of the educational process. 
Keywords: 
educational 
technology, 
student-centered 
technologies, 
authoritarian technology, humanitarian technology, cooperation technology, free 
learning technology, esoteric technology, traditional education. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini 
isloh qilish hamda uni rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarishga davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida katta e’tibor berib kelinmoqda. Uzluksiz 
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi sifati har qanday davlatning zamon talablariga 
hamohang ravishda innovatsion rivojlanishida hal qiluvchi va muhim omil 
sanaladi. Fan, texnika va texnologiyaning tobora taraqqiy etib borayotgani ta’lim 
sohasidagi tegishli o‘zgarishlarni taqozo etadi [1]. 
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib 
taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib
bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda 
tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, 
ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida 
ham so‘nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi. 
Ta’lim texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida o‘quvchi va o‘qituvchilar 
faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo‘ladi. Bunga juda 
ko‘plab ilmiy asos bilan yaratilgan va bugungi kunga qadar amaliyotda samarali 
qo‘llanib kelinayotgan mualliflik texnologiyalarini misol qilish mumkin. Mualliflik 
texnologiyalarining har birining asosida yuzlab pedagog – psixolog - olimlarning 
yillar davomidagi katta mehnati, izlanishlari va tajribasi yotadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar ta’lim tizimining markazida ta’lim 
oluvchi shaxsi turadi. O‘quvchining rivojlanishida sog‘lom psixologik muhitni 
tashkil qilish, nizo va kelishmovchiliklardan asrash, sog‘lom muloqotga o‘rgatish, 
tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini o‘stirishga qaratilgan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling