Metodikalari kafedrasi
OILADA O‘SMIR TARBIYASINING AYRIM PSIXOLOGIK
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oila psixologiyasi” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
OILADA O‘SMIR TARBIYASINING AYRIM PSIXOLOGIK TOMONLARI Zulfiyeva Sarvinoz Doston qizi, O‘ZMU Jizzax filiali “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” yo‘nalishi 2-kurs magistri Sanaqulova Nargiza Keldiyorovna, “Oila psixologiyasi” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi. Annotatsiya: Ushbu maqolada oilada o‘smirlar tarbiyasidagi ayrim psixologik muammolarning kelib chiqishi tahliliy yoritilgan. Bunda ota-onalarning asosiy vazifalari va o‘smirlarni hayot tarzini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: fiziologik, psixologik, anatomik, tushkunlik yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik. Аннотация: В данной статье анализируется происхождение некоторых психологических проблем в воспитании подростков в семье. Разработаны рекомендации по основным задачам родителей и организации образа жизни подростков. Ключевые слова: физиологический, психологический, анатомический, депрессия, одиночество, пассивность или иначе упрямство, упрямство, агрессивность. Abstract: This article analyzes the origin of some psychological problems in the upbringing of teenagers in the family. Recommendations on the main tasks of parents and the organization of teenagers' lifestyles have been developed. Key words: physiological, psychological, anatomical, depression, loneliness, passivity or otherwise stubbornness, stubbornness, aggressiveness. Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi oldida turgan muhim bir muommolardan biri bu o‘smir bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish va kasbga yo‘naltirish, qiziqishlarini to‘g‘ri baholash, ota-onasi bilan munosabatlarni o‘rganish, bolani jamiyatda o‘z o‘rnini topishi asosiy psixologii masalalardandir. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev “Biz uchun bolalarimizning ma’naviyati, bilimi, sog‘ligi eng muhim masala” - deb ta’kidlaydilar. Yosh avlod tarbiyasi ularning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun eng avvalo maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va keying ta’lim turlarida mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida bolada ham fiziologik, psixologik, anatomik o‘zgarishlar kechayotgan davr bo‘lganligi uchun o‘smir tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Bunday davrda oilada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar jumladan, e’tiborsizlik, ularni tinglamaslik, fikrlarini hurmat qilmaslik, taklif ohangida emas topshiriqlarni buyruq asosida berilishi, o‘smir ongida zo‘riqish-streesga olib keladi. Buning oqibatida o‘smirlarda uchraydigan nevroziga va bundanda og‘ir kuchli psixik kasalliklarga 187 sabab bo‘ladi. O‘smir yigit va qizlarda shu davrgacha namoyon qilmagan yangi sifat va xususiyatlar namoyon bo‘la boshlaydi. Buning natijasida ular kattalar bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotlari va munosabatlarida qo‘pollik, serzardalik, shoshqoloqlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarini namoyon qila boshlaydilar. Bu ularda shaxs ontogenizida yuzaga keladigan katta inqirozlardan biri bo‘lgan o‘smirlik inqirozini ularda kechayotganini bildiradi. Kirizis boladagi mavjud tushkunlik yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik hayotiga salbiy munosabatlarning kechishida namayyon bo‘ladi. Bunday paytda u o‘zi singari katta fiziologik, psixalogik o‘zgarishlar kechayotgan tengdoshlari bilan muloqot qilishga ehtiyoji yuqori bo‘ladi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi, bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq. O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirish mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa bunday hollarda uning ba’zi bir harakati yoki qiliqlariga nisbattan bo‘lgan tasoddifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqqa undan keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin[1]. O‘smirlarda qiziqqonlik, xulq-atvorda beqarorlik ustunlik qilganligi uchun ularni bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish lozim. Agar o‘smirda kun tartibida bo‘sh vaqt bo‘ladigan bo‘lsa ularda zararli odatlar va ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ota-onasi bilan o‘rtoqlari bilan bo‘ladigan muammolarning ko‘payishi natijasida o‘smir onggidagi zo‘riqishlarning kuchayishi stressga sabab bo‘ladi. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, “Xohlayman”larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyalangan odamda “xohlayman” faqat “kerak”ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va “kerak” bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa u o‘z boshimchaligini namayyon qilish orqali kattalarning talablariga qarshi chiqa boshlaydi[2]. Bu davirda ko‘plab o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, fiziologik, biologik, psixologik o‘zgarishlardir. Bu davirda o‘smir tengdoshlari sinifdoshlari guruhda o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati yoki salbiy janjalkashlik xususiyati bilan e’tibor qozonishni xoxlaydi unga bu qanchalik tasir qilishi va bunga javob tariqasida qanday harakat qilishi javobdan qanchalar qoniqishi mumkin qoniqmagan xollarda unda qanday psixik jarayon sodir bo‘ladi. Ayrim bolalarda bunday jarayonlar og‘ir kechadi va turli xildagi streesga sabab bo‘ladi. Bu vaziyatdan ularni ota-onasi, o‘rtoqlari olib chiqishi yoki kuchaytirishi mumkin. Har doim ota-ona bolada bo‘ladigan psixik holatlardan xabardor bo‘lishi kerak etibordan qolish o‘smir uchun keraksizlik xisini paydo qiladi va ota-onasiga o‘zi haqida eslatishni xoxlaydi. Bunday holatlarda o‘smir ongida turli xil yomon fikrlar paydo bo‘ladi va asta-sekin shu fikrlarni bajara boshlaydi. Otasi yoki onasi bunday holatlarda ham farzandiga e’tibor bermasa o‘smir yomon yo‘lga kirib qolishi va 188 turli xildagi kichik jinoyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, uning fikricha “Uni tinglaydigan inson yo‘q. “Men yolg‘izman meni hech kim tushunmaydi”, “Menga ham hech kim kerak emas” deb o‘ylaydi. O‘zini ham shu fikrlarga mos tuta boshladi. O‘smir ongidagi ko‘p fikrlar chalkash bitta qarorga kelishi qiyin bo‘ladi. U o‘zini kattalar kabi tutishga harakat qiladi va ular kabi bo‘lishni istaydi. Bu esa o‘smir ongini yana zo‘riqishga olib keladi. O‘smir ongi zo‘riqish va buni natijalarida o‘smirda turli ong buzilishlari qisqa muddatli ongni yo‘qotish yani ba’zi hollarda hushdan ketish, sodir bo‘ladi. Hushdan ketish qachon sodir bo‘ladi somatik, patologiya, miyaning organik kasaliklarida. O‘smirlar psixikasi ularning tashqi olamga javob reyaksiyasi. O‘smirlar muamosiga e’tibor qaratish zarurligini asosiy sabablari: 1) Fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat sanat va adabiyot ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoyitlarning o‘zgarganligi bilan bog‘liqdir; 2) Omaviy axborot tizimining kengashi tufayli o‘smirlar onglilik darajasi kutarilgan; 3) O‘g‘il va qizlarning dunyo voqiyalaridan tabiat va jamiyat qonunlaridan,tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 4) Ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashganligi; 5) O‘smirlar bilan ishlashda g‘oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik, tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) Oshkoralik, ijtimoiy adolat, demakiratiya muamolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) O‘quvchillar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish o‘zini-o‘zi boshqarish anglash baxolash ba nazorat qilishga keng imkoniyat yaratadi[3]. O‘smir har doim e’tiborda bo‘lishni va unga hamma ijobiy fikrda bo‘lishni xohlaydi. O‘smirlar va ularning tengdoshlari o‘rtasidagi munosabat. O‘smirlarning hammasi g‘ayratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoqqa yo‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Gohida esa to‘g‘ri yo‘l topa olmasdan ayrim o‘smirlar ko‘p adashadi, va o‘zini hamma sohada sinab ko‘rishdan qo‘riqmaydi lekin ko‘p asabiyliklar ko‘p taraflama qarshiliklar ularda o‘z shaxsiga nisbatan nafrat, o‘zini yomon ko‘rishga olib keladi. Bu uni ongida turli asab buzilishiga sabab bo‘ladi, bunning natijasida ongida zo‘riqish charchash streesga sabab bo‘ladi. Hozirgi davir axborot davri bo‘lib bormoqda, bu davirdan o‘smirlar to‘g‘ri foydalanishlari kerak. So‘ngi o‘n yillar mobaynida chet ellarda hatto bizning yurtimizda ham o‘smirlar o‘rtasida kuchli ongning buzilishi yani ongning zo‘riqishi natijasida yuzaga keladigan streesga sabab bo‘lmoqda bu strees ostida ba’zi o‘smirlar o‘z joniga qasd qilish holatlari kuzatilmoqda. Yuqoridagi omillarni hisobga olib biz quyidagilarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb bildik: - O‘smir yoshdagi bolalar to‘g‘risida OAVlarida ko‘rsatuvlar sonini ko‘paytirish; - Mahalla va maktablarda amaliyotchi psixologlar faoliyatini kuchaytirish; - Mahallada o‘smir yigit qizlarni bo‘sh vaqtini samarali tashkil etuvchi to‘garak, sport klublari faoliyatini kuchaytirish; 189 - Ota-onalarning o‘smirning ta’lim- tarbiyasiga e’tiborini yanada oshirish; - Ular bilan to‘g‘ri munosabatni yo‘lga qo‘yish asosida bo‘sh vaqtini rejalashtirib, qo‘shimcha ta’lim olishi uchun oilaviy budjetdan mablag‘ ajratishlari va boshqalar. Har tamonlama barkamol rivojlangan o‘smir yigit, qizlardan nafaqat oila qolaversa, jamiyat ham manfaatdordir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling