Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet118/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Liberal uslub. Kasbiy layoqati yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarga xos bo‘lgan 
uslubdir. Bunday o‘qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday
darslarda har bir o‘quvchi o‘z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o‘zini tutadi. Bola 
o‘z majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub 
psixologiya va pedagogika fanlariga mutlaqo 
zid uslub hisoblanib
, bolalar shaxsini 
shakllantirish va tarbiyalash jarayonida bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi. Bu turdagi 
o‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud: 
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; 
- sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; 
- ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qaraydi
- o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi; 
- o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; 
- o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, loqayd qaraydi; 
- o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi. [3] 
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy 
talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq-atvori, pedagogi va psixologik 
bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati, pedagogik va 
axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham 
o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan 
kelib chiqib, tarbiyasi qiyin 
o‘
quvchilar sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va 
metodlarini amalda qo‘llamoqdalar.
Adabiyotlar
 ro‘yxati

1. Ibragimov X.I., Yo‘ldoshev U.A., Bobomirzayev X. Pedagogik 
psixologiya. Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamoasi” nashriyoti, 2009 
2. Сергеев И.С. Основы педагогической деятельности: Учебное пособие. 


186 
– СПб.: Питер. Серия “Учебное пособие”, 2004. 
3. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Toshkent: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 
2011.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling