Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Pedagogik texnologiya - o‘qishni oldindan rejalashtirilgan va to‘laligicha 
loyihalashtirilgan, 
vaqtga 
mo‘ljallangan, 
ta’lim 
tizimi 
ko‘proq 
ta’lim 
oluvchilarning malakasini oshirishni faol usullar va o‘qitish vositalari asosida 
o‘rganish maqsadlariga erishishning kafolatlangan ta'lim berish jarayonidir. 
Pedagogning jonli nutqi, harakat mashqlari tarbiya vositasi sanaladi. 
Texnologiyalarni qo‘llaganda o‘quvchi bilimlarini kuzatish, bilimlarini aniqlash, 
aytilgan g`oyalar bilan taqqoslash, yo‘l usullarini aniqlash, turli vositalar, 
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan usullarga ahamiyat berishimiz kerak. 
O‘quvchilar o‘z imkoniyatlariga qarab, malakali bo‘lish uchun fikrni aniq 
ifoda etish, zarur bo‘lganda so‘z va gap shakllari, ibora va tasviriy so‘zlarni 
tanlaydilar va ovoz chiqarib aytadilar. Buning uchun o‘qituvchi o‘z fanini puxta 
bilishi, ilg‘or pedagogik texnologiya hamda o‘quv-texnik vositalardan yaxshi 
xabardor bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina ta'lim samarasi ham, o‘qitish 
darajasi ham yuqori bo‘ladi. O‘quv mashg‘ulotlarini yangi zamonaviy shakl va 
usullarda tayyorlash, o‘quvchilarni darsga yo‘naltirish, boshqalarning fikrlarini 
qabul qilish, shu kunning o‘zida o‘qitish faoliyatning bosh mezoni deb 
qaralmoqda. 
Ilg‘or pedagogik texnologiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va 
shakllarini qo‘llash, o‘quvchini o‘qitish jarayonidagi o‘qishini belgilash, yangicha 
yondoshuvi va munosabatni ta’minlash, dars jarayonini mohirlik bilan boshqarish 
demakdir.
Pedagoglar axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish 
bilan birga quyidagilarni amaliyotda qo‘llay olishi lozim: 
– yangi o‘quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish 
imkoniyatlaridan foydalanish; 
– internet, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahsulotlar asosida 
darslarni tashkil etishi; 
– darsga metodik tayyorlanish, qo‘shimcha axborotlarni izlash va 
tizimlashtirish, didaktik materiallarni tayyorlash; 
– kompyuter texnologiyalari asosida darsni tashkil etish va boshqarishda 
foydalanish malakalari. Elektron taqdimot – darsda slaydlardan ko‘rgazmali 
material sifatida foydalanish o‘qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi. O‘quv 
materialining elektron taqdimotida animatsiyalar asosida o‘tilayotgan materialning 
berilishi mavzuni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini yengillashtiradi va 
ko‘rgazmalilikni oshiradi.
Axborot – kommunikatsion texnologiyalar (AKT) ma’lumotlarni o‘zida 
to‘plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha 
sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyadir. 
Dars jarayonida AKTdan foydalanish quyidagi natijalarga olib keladi: 
– o‘qituvchining fikri yoki darsning mohiyati bir zumda monitorda paydo 
bo‘lishiga; 
– bir vaqtning o‘zida hamma jarayonni ko‘rish, o‘qish va eshitishga; 
– o‘z-o‘zini o‘qitish, baho berish, kuzatish, kichik tadqiqot o‘tkazib ko‘rishga; 


191 
– eshitib ko‘rib, his qilib olingan bilimning uzoq muddatli va samarali 
bo‘lishiga; 
– o‘qituvchining mustaqil ishlashi, yangiliklar yaratishiga, kasbiy mahoratini 
rivojlantirishga va vaqtni tejashga. 
Pedagogik texnologiyaning predmeti ta’lim-tarbiya jarayonini optimal 
loyihalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi ya’ni pedagogik qonuniyatlarga 
asoslangan ta’lim-tarbiya tizimini samarali, ommabop mexanizmidir. Pedagogik 
texnologiya ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan individual mahoratdan farq 
qiladi. 
Yangi 
pedagogik 
texnologiya 
fanini 
o‘qitish maqsadi: bo‘lajak 
mutaxassisliklarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan 
ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalari tanlangan. Albatta 
yangi pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga 
mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot 
tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va 
umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya printsiplariga 
ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling