Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet122/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Аdаbiyotlаr ro‘yxаti: 
1. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda yangilik 
texnologiyalar (ta’lim tavsiyalari pedagog o‘quvchilar uchun amaliy tavsiyalar). – 
T.: Iste’dod, 2008. 
2. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada yangilik 
texnologiyalar (ta’lim mutaxassisliklari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruhlari) 
rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2010. 
3. Tolipov O‘, Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va 
amaliyot. – T.: Fan, 2005. 
4. Pedagogik atamalar lug‘ati. – T.: Fan, 2008 y 
 
DARSLARNI DIDAKTIK O‘YINLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHDA 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
T.Avazov,
Jizzax viloyati PYMO‘MM katta o‘qituvchisi 
Annotatsiya. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni va unda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish muammosi juda dolzarb mavzulardan biri bo‘lib 
qolmoqda. 
Kalit so‘zlar: innovatsiya, intellektual salohiyat, tezkorlik, texnologiya
yondashuv, matematik to‘garaklar, mantiqiy tafakkur, ijodiy qobiliyatlar. 
Annotation: The content of education and the use of innovative technologies 
in it remains one of the most pressing issues today. 
Key words: innovation, intellectual potential, dexterity, technology, 
approach, mathematical circles, logical thinking, creativity. 
Аннотация: Содержание образования и использование в нем 
инновационных технологий остается одной из самых актуальных проблем 
сегодня. 
Ключевые слова: инновация, интеллектуальный потенциал, ловкость, 


192 
технология, подход, математические кружки, логическое мышление, 
творческие способности. 
Ayniqsa, bugungi intellektual salohiyati tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan 
yoshlarga hamda zamon taraqqiyotiga munosib tarzda innovatsion texnologiyalarni 
qo‘llamasdan 
turib 
ko‘zlangan 
maqsadga 
erishib 
bo‘lmaydi. 
Bizning 
mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi keng jamoatchi 
pedagoglar harakati, maktabning tez rivojlanishiga bo‘lgan talab va uni pedagoglar 
amalga oshira bilmasliklari o‘rtasida yuzaga kelayotgan qarama-qarshiliklar bilan 
bog‘liq. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy matematik 
tafakkurini shakllantirishda innovatsiyaga bo‘lgan ehtiyoj kattadir. 
O‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishda tadqiqotchilik faoliyati 
muhim o‘rinni egallaydi, bunda o‘quvchilar qandaydir darajada o‘qituvchi 
tomonidan u yoki bu ko‘rinishda yo‘naltiriladigan bilish jarayonidagi 
muammolarni yechishda yondashuv va tushunchalarni mustaqil ravishda 
egallaydilar, natijasi oldindan noma’lum bo‘lgan ijodiy masalalarni yechadilar. 
Aynan tadqiqotchilik yondashuvi bolalarga ijodiy jarayonning ishtirokchilariga 
aylanishlariga imkon beradi, o‘quvchi shaxsining bilishga bo‘lgan faolligini va 
intellektual potensialini oshiradi, tasavvurini hamda mantiqiy tafakkurini 
rivojlantiradi. 
O‘quvchilar ijodiy-mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ilm olish 
ko‘nikmasi, ularni noma’lum yoki nostandart holatlarda qo‘llay olish - predmet 
bo‘yicha sinfdan tashqaridagi ishlarda ham bo‘ysundirilgan. 
Matematik to‘garaklar, fakultativlar, maxsus kurslar o‘quvchilarda predmetga 
nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, o‘quvchilarning matematik dunyoqarashini 
rivojlantirishga ko‘maklashadi, mustaqil ishlashga ko‘nikma hosil qiladi. Ularni 
fan haftaligi doirasidagi tadbirlar to‘ldiradi. Bu matematik kechalar, viktorinalar, 
turli didaktik o‘yinlar: “Nima? Qachon? Qayerda”, “Baxtli hodisa”, “Quvnoqlar va 
zukkolar” va boshqalar. Bu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘zlashtirishi yaxshi 
o‘quvchilar ham o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar ham birdek ishtirok 
etishadi. 
Chunki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yin faoliyatidan ta’lim faoliyatiga 
o‘tishda bir qancha muammolarga duch keladilar. Darslarni didaktik o‘yinlar 
asosida tashkil etish esa bu muammoga dastlabki yechim bo‘ladi. 
Matematika darslarida ijodiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur 
faoliyatini faollashtirish imkoniyatini beradi, o‘zlashtirilgan material o‘quvchilar 
tomonidan amaliyotga tatbiq qilinadi, ko‘nikma va malakalar imkoniyat darajasida 
anglangan holatda rivojlantiriladi, yechiladigan masalalarning hajmini oshirishga 
imkon beradi, matematikani o‘rganishga qiziqishni oshiradi. Pedagogik kuzatuvlar 
axborot kommunikatsion texnologiyalaridan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning 
mustaqilligini 
va 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga 
ko‘maklashadi, 
o‘quvchilarning matematikadan bilimlarini tizimlashtirish darajalarini ko‘tarishga 
imkon beradi, ta’limda individuallashtirish darajasini sezilarli oshiradi. 
Kompyuterdan ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: 
yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlashda, takrorlashda, nazorat qilishda, 


193 
bunda u o‘quvchi uchun: o‘qituvchi, ish quroli, ta’lim obyekti, jamoa bilan 
hamkorlikda ish yuritish kabi turli funksiyalarni bajaradi. 
Kompyuter o‘quvchini kompyuter bilan faol muloqoti orqali ma’lumotlarning 
rang-barangligi (matn+tovush+video+rangli tasvir) bilan o‘qishni motivatsiyasini 
kuchaytirishga, ta’lim olishni muvaffaqiyatga yo‘naltirish yo‘li (zaruriy yordamga 
tayangan holda har qanday masalani yechimini oxirigacha yetkaza olish) orqali 
imkon beradi. 
Demak, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligi o‘quvchining o‘quv mazmunini 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug‘ullanishi, 
mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog‘liq. Interfaol metodlarda dars 
jarayonini olib borishda o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini 
ko‘rsatish mumkin. 
O‘quvchi o‘qitilmaydi, uni mustaqil o‘qish, o‘rganish, ishlashga o‘rgatiladi. 
Bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o‘zlashtirishga, ijodiy 
mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o‘rgatiladi. 
O‘quvchilarda yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o‘z pozitsiyasini himoya qila 
olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. 
O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, 
internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning 
bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada 
yuritish imkoniyati yaratiladi. O‘quvchini darsliklar bilan ishlash, o‘qish, 
o‘rganish, aniq yozish, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil 
o‘zlashtirish ko‘nikmalarini egallashga o‘rgatiladi. 
Bundan maqsad kelajakda mustaqil fikrlovchi, o‘z fikrini benuqson bayon 
etuvchi, mantiqiy tafakkuri shakllangan kadrlarni yetishtirish. Buning uchun esa 
ta’lim sohasida ko‘plab innovatsiyalar kiritilishi va amalda qo‘llanilishi lozim. 
Ma’lumki, innovatsiya tarixiylik nuqtayi nazaridan nisbiy tushuncha. Chunki, har 
bir innovatsiya boshqasi yaratilgunga qadar o‘z yangilik xususiyatini saqlaydi. 
Xulosa qilib aytganda, interfaol usullar va innovatsion texnologiyalar 
o‘quvchilarning kommunikativ bilimi, tushunchasini, ko‘nikma va malakalarini 
oshiradi. Ularni hamkorlik, hamjihatlik, do‘stona munosabatlarda ishlashni 
ta’minlaydi. Ayniqsa, bir-birlarini eshitish, fikrini bayon etish va o‘zaro hurmatga 
undaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling