Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet125/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Keywords: PISA, reading literacy, mathematical literacy, science, testing, 
research, roadmap. 
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va 
jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy 
talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi 
marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda 
bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar
mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bunday raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson, uning 


198 
salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish 
kabi ulug‘vor vazifalar turadi. 1961-yilda ish boshlagan Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development – 
OECD) o‘tgan davr mobaynida moliyaviy sohada yuzaga kelgan turli 
muammolarning yechimini topish ustida izlanishlar olib bormoqda. Ayniqsa, yangi 
asr ostonasida ushbu tashkilot negizida dunyo ta’limining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan 
umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish maqsadida PISA (The Programme for 
International Student Assessment) – O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha 
xalqaro dastur ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning ta’lim sohasiga murojaat 
etishining boisi, har qanday soha uchun kadrlar maktablarda, oddiy sinfxonalarda 
ulg‘ayishidir. Shu ma’noda OECD dek ulkan tuzilma ham davlatlarning ta’lim 
tizimiga qancha mablag‘ sarflayotgani va ular nechog‘li samara berayotgani 
reytingini tuzishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bu tadqiqotga boshqa davlatlarning 
ham qiziqishi ortib, unda qatnasha boshladi. “Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining 
yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017–
2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi 
reytingida jahonning 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda 
xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni 
tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi 
fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini 
baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Konsepsiya doirasida, 
o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari 
va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, 
zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim 
dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim 
darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro PISA, TIMSS, 
PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.О‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish 
chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 997-sonli qarori bilan Xalqaro baholash dasturlari 
bо‘yicha xalqaro tadqiqotlarda О‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga 
tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha “Yо‘l xaritasi” tasdiqlangan. 
Unda eng ustivor vazifa qilib quyidagilar olindi: xalqaro tadqiqotlar 
natijalariga asoslangan holda о‘qish, matematika va tabiiy yо‘nalishdagi fanlardan 
davlat ta’lim standartlari, о‘quv dasturlari hamda о‘quv adabiyotlari mazmuniga 
о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish; PISA tadqiqotiga batafsilroq nazar 
tashlaylik: PISA (Programme for International Student Assessment) 
о‘quvchilarning savodxonligini baholash bо‘yicha xalqaro tadqiqot dasturi bо‘lib, 
dasturning asosiy maqsadi о‘n besh yoshli о‘quvchi yoshlarning о‘qish, (matnni 
tushunish), matematika va tabiiy fanlar bо‘yicha savodxonlik darajalarini hamda 
ijodiy fikrlash kо‘nikmalarini turli xil testlar kо‘rinishida baholashdan iboratdir. 
Ushbu loyihalar о‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan 


199 
bilimlarini hayotda qо‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu 
kо‘nikmalarni rivojlantirishga undaydi. Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA 
dasturi mamlakatlarga ta’lim tizimi yutuq va kamchiliklari haqida о‘z vaqtida 
axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib
ta’lim siyosati sohasidagi qarorlar qabul qilishni qо‘llab-quvvatlaydi. 
PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar 
bilan ta’minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qо‘llab-quvvatlashdan iborat. 
Tadqiqotning har uch yilda о‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va 
tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni о‘z 
ichiga olgan holda о‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi. Agar 
tadqiqotni о‘tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, о‘zgarishlar va 
yangilanishlar uchun yetarli vaqt va kerakli ma’lumotlarni tо‘play olmaslik 
muammosini vujudga keltiradi. 
PISA barcha fanlarga umumiy ball bermaydi, aksincha, u har bir fan sohasi 
uchun baho beradi va har bir hudud uchun o‘rtacha ball darajasini belgilaydi. 
Biroq, har bir mamlakatga har bir fan bo‘yicha aniq bir daraja berish mumkin 
emas. PISA muayyan maktab о‘quv dasturlarining ustunligini о‘rganish о‘rniga, 
о‘quvchilarning asosiy mavzularda bilim va kо‘nikmalarini qо‘llay olish 
qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash va 
muloqot qilish imkoniyatlarini kо‘rib chiqadi. PISA dasturida o‘quvchilar 
maktabda о‘rganishi lozim bо‘lgan hamma narsani tо‘liq о‘zlashtira olmaydilar. 
Samarali о‘rganuvchi bо‘lish uchun nafaqat bilim va kо‘nikmalarni, balki ular 
qanday va nima uchun о‘rganilishi haqida xabardor bо‘lishi lozim. PISA 
о‘quvchilarning о‘qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan 
savodxonligini oshirish bilan bir qatorda о‘quvchilardan ta’lim olishga qiziqish, 
о‘zlari haqida ma’lumotlar va ta’lim strategiyasi haqida fikrlarini sо‘raydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling