Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Key words and phrases
Tayanch so‘z va iboralar: pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedagogik
vazifalar, o‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik faoliyat samaradorligi, pedagogik qobiliyatlar. Аннотация: В данной статье рассматривается вопрос о роли педагогического мастерства педагогов в повышении, эффективности обучения в образовании, а также о типе решения педагогических задач. Ключевые слова: педагогическое мастерство, педагогическая деятельность, педагогические задачи, отличительные черты педагога, эффективность педагогической деятельности, педагогические способности. Annotation: This article is about the pedagogical skills of teachers in improving the effectiveness of teaching in education, as well as the solution of pedagogical tasks. Key words and phrases: pedagogical skills, pedagogical activity, pedagogical tasks, teacher's characteristics, effectiveness of pedagogical activity, pedagogical skills. Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog`liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e‘tiqodli, mehnatsevar, ma’naviy barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. 2017–2021-yillarga mо‘ljallangan “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’aviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kо‘tarish chora- tadbirlari”ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, о‘quv adabiyotlarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etiladi [2]. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida innovatsion yondashuvlar, izlanishlar, tadqiqot muammolariga oid yechimlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar yaratildi. Oliy ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimiga - maktabgacha ta’lim va tarbiya, professional ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim tizimi uchun 201 mutaxassislar tayyorlab berar ekan, ularning kasbiy tayyorgarligi, ma’naviy- axloqiy qiyofqasiga, о‘qituvchilarning tarbiyachilik darajasiga alohida talablar qо‘yilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida ishlaydigan har bir mutaxassis kasbiy pedagogik ma’lumotga ega bо‘lish bilan cheklanmasdan, aynan shu yoshdagi о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik kо‘rgan bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bо‘lajak mutaxassislar о‘zini о‘qituvchi sifatida emas, ixtisoslik sohasida kasbiy kamol topishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Natijada bunday kadrlar pedagogik faoliyat yuritganda ixtisoslik fanidan chuqur bilim berishga harakat qiladi, lekin tarbiya jarayonining о‘ziga xos qonuniyatlari, tamoyillari, mazmun-mohiyati, metodlari, vositalari va shakllarini professional darajada tatbiq etishga qiynaladi. Ular uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarga ustoz-murabbiy bо‘la olishi, har tomonlama ibrat-namuna kо‘rsatishi davr talabiga aylandi. Shuning uchun ham uzluksiz ta’lim tizimi uchun mutaxassis tayyorlashda bir qancha jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi: − о‘z fanini mukammal darajada bilish va amaliy faoliyatda tatbiq etishi; − psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollangan bо‘lishi, milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlardan habardor bо‘lishi; − о‘zidagi shaxsiy-kasbiy bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘quvchilarga yetkaza olishi; о‘qituvchi faqat bilim beruvchi emas, tarbiyachi hamdir. О‘zgalarga tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun о‘zi mukammal tarbiya kо‘rgan, ma’naviy dunyosi boy, axloqiy qiyofasi pok, estetik didi yuqori, о‘qituvchi- tarbiyachi о‘quvchi-tarbiyalanuvchilarga xos namuna bо‘la olishi zarur. Buning uchun quyidagi pedagogik vazifalarni hal etish lozim bо‘ladi: − о‘qituvchi - tarbiyachiga kasb faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan shart - sharoitlar yaratish; − shaxsga yо‘naltirilgan ta’lim mohiyatini belgilovchi о‘quv seminarlar, seminar - treninglar tashkil etish; − pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasidagi nazariy bilimlarni amaliy kо‘nikma va malakalarga aylantirish; − uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimida о‘qituvchining tarbiyachilik faoliyati samaradorligini aniqlash. O‘zbekiston respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida: “Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega”, - deb ta’kidlanadi. Haqiqatdan ham tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan, kasb tayyorgarligi bor, yuksak axloqiy fazilat sohibi bo‘lgan sabr-toqatli, mehnatsevar, tinib-tinchimas kishi pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi [1]. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida javob beradigan, o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. O‘qituvchi faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O‘qituvchilikni o‘rganayotgan yoshlar avvalo o‘qituvchining o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi kerak. U quyidagilardan tashkil topadi: 1. O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; 202 2. O‘qituvchining ruhiy pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; 3. Maxsus tayyorgarlikning mazmuni va hajmi (amaliy); 4. Ixtisosiga doir metodik tayyorgarlik. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarflab, katta natijaga erishadi. Pedagogik qobiliyat faoliyat natijasida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste‘dod, layoqat, zehn va inson asab tizimida anatomik-fiziologik jihat- dan uni tashkil qiladigan bosh miya bo‘lmog‘i zarur. Albatta bu har bir insonda mavjud. Ana shu tabiiy borliqda, zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi [3]. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalanmog‘i darkor: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling