Metodikalari kafedrasi
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- MILLIY O‘QUV DASTURI TALABLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRISH USULLARI Xolmo‘minova Bahora Abdujalolovna
- Kalit sо‘zlar
- Ключевые слова
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolipov O‘.K., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari. - T., Fan, 2012 2. Yo‘ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T: Fan va texnologiya, 2008 3. www.referat.uz MILLIY O‘QUV DASTURI TALABLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNI ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRISH USULLARI Xolmo‘minova Bahora Abdujalolovna, Jizzax viloyat PYMO‘MM “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Anotatsiya.Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirish tizimi tahlil etilgan bо‘lib, milliy o‘quv dasturi talablari asosida o‘quvchilarni zamonaviy kasbga yo‘naltirish usullari haqida ma’lumot berilgan. Kalit sо‘zlar: О‘qituvchi, о‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, kasb, kasbga yо‘naltiris, talab,dastur. Резюме.: В данной статье анализируется система ориентации учащихся начальных классов на профессию, а также приводится информация о методах ориентации учащихся на современную профессию на основе требований государственного учебного плана. Ключевые слова: учитель, ученик, начальное образование, профессия, профессиональная направленность, востребованность, программа. Abstract.. This article analyzes the system of guiding primary school students to a profession, and provides information on methods of guiding students to a modern profession based on the requirements of the national curriculum. Key words: Teacher, student, primary education, profession, vocational orientation, demand, program. 269 Respublikamizda keyingi yillarda ta’limni isloh qilish bo‘yicha ko‘pgina qaror va qonunlar qabul qilindi, ularda o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish vazifalari ham yetarlicha o‘z ifodasini topmoqda. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ta’lim sohasida bo‘layotgan islohatlar va yangiliklar o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarni jadallashtirish maqsadida dastlab Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” (PF–6108-son06.11.2020 y.) farmoni qabul qilindi hamda qaror ijrosini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6- noyabrdagi “Ta’lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 4884 qarori qarori qabul qilindi. Qarorda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus professional va oliy ta’lim o‘quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini va uzviyligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, qarorda Milliy o‘quv dasturlarini tajriba- sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish masalasida Xalq ta’limi vazirligiga topshiriqlar berildi. Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 9- dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturining daslabki loyihasini tasdiqlash va tajriba-sinovdan o‘tkazish” to‘g‘risidagi 298- sonli buyrug‘i asosida tajriba- sinov ishlari olib borilmoqda. Milliy o‘quv dasturi xorijiy davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi hamda unda ta’limning zamonaviy tendensiyalari o‘z aksini topgan. Milliy o‘quv dasturlarida XXI asr ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quvchilarda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilangan. Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Shu jumladan “Texnologiya” fani bo‘yicha yaratilgan Milliy o‘quv dasturida ham o‘quvchilarning XXI asrda egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va kompetensiyalarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may PQ- 241 sonli “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirilmoqda. 2022- 2023 o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar doirasida mehnat bozorida mavjud bo‘lgan turli kasblar to‘g‘risida tushunchalar berish nazarda tutilgan.[1] Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kasbga oid tushunchasini shakllantirish, yosh avlodning kelgusida egallaydigan kasbiga e’tiborli bo‘lish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir. Kasbga yo‘naltirish bu – bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, ilk bosqichda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning odob-axloqi va mehnatga layoqatliligiga ko‘ra minimal talablar qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda Boshlang‘ich sinf I-IV sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishdan maqsad va vazifalarni ko‘zda tutiladi. Ayni shu bosqichda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasi katta mas’uliyat yuklanadi. Bu borada o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishining shakllanishi,aynan qaysi kasb tanlayotganligi,ulardagi iqtidorni yuzaga chiqaruvchi qanday dasturiyi shlarni 270 amalda qo‘llash kerakligi va bu boradagi qator masalalarning qay darajda dolzarbligi muammo va yechimlarga to‘xtalib o‘tsak. Texnologiya fani bo‘yicha milliy o‘quv dasturida hozirgi kunda bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan maktab ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur bo‘lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rol o‘ynaydi. Texnologiya fanini rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar, kasblar dunyosi bilan tanishish, o‘quvchi-yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil ravishda mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Kasbga yo‘naltirish zamon bilan ham nafas olib borilishi zarur. Shu sababdan o‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish bilimlarni chuqurroq berish, nazariya bilan amaliyot uzviyligini ta’minlash ularni ilm hunarga ishtiyoqmandligini, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashimiz zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirishda interfaol usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol usullardan foydalanib o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda o‘quvchilarni qiziqtiradigan usullarni tanlay bilish muhim hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda va texnologiya fanidan dars beradigan o‘qituvchilar yuqori natijalarga erishishi uchun qo‘yidagilarga e’tiborni qaratish kerak; - zamonaviy ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviyat-moddiy qadriyatlarning mohiyati chuqur tushutira bilish; - pedagogik texnologiyani va innovatsion usullarni tushungan holda qo‘llay bilishi; - o‘quvchilarni mustaqil va erkin kasb tanlashiga sharoit yaratish; - o‘qituvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o‘zi ham yangi uslublarni o‘ylab topishi va amalda qo‘llashi; - zamonaviy kasblar haqida o‘quvchilarga keng qamrovli bilim bera olishi; - an’anaviy darslar orqali o‘qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga erishish; -turli topshiriqlarni o‘quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart. Muammoning muhimligi, o‘quvchilarnirni kasbga yo‘naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko‘plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, shiforkorlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g‘oyat xilma– xil sohalarda ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bu borada ko‘plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi muammoni to‘g‘ri va kompleks tarzda hal etish uchun zamin yaratib beradi. Texnologiya fanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning quyidagi usullarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 1. O‘quvchilarni kasblar olami bilan tanishtirish; 2. O‘z kasbi orqali katta yutuqlarga erishgan insonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish; 3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish; 271 4. Ishlab chiqarish korxonalariga, fan, maorif, madaniyat san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish; 6. Darslarda kasbga yo‘naltiruvchi – multimedia lardan namoyish etib borish; 7. O‘quvchilarni turli xil kasbga yo‘naltiruvchi tugaraklarga jalb etish; 8. O‘quvchilarini kasbga yo‘naltiruvchi interfaol o‘yinlarni muntazam tashkil etish; 9. Darslarni samarali tashkil etishda elektron tizimlardan unumli foydalanish; 10. O‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quvchi va ota- onalar uchun “Kasblar olamiga sayohat” nomli elektron platformani yaratish lozim va boshqalar. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning uzviyligi mamlakatimizdagi yangi ta’lim tizimini isloh etishda o‘z samarasini beradi. Shu bilan birga biz kelajak avlodni hayotda o‘z o‘rnini topishga, vatanimizning ravnaqini yanada oshirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling