Metodikalari kafedrasi


O‘QITISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARIDAN FOYDALANISH VA


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet164/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

O‘QITISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARIDAN FOYDALANISH VA 
IJODIY MUHITINI YARATISH ORQALI TA‘LIM SAMARADORLIGINI 
OSHIRISH 
Ergasheva N.E. -Jizzax viloyati PYMO‘MM “Maktabgacha, 
boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta‘lim tizimida zamonaviy usul-shakllardan 
unumli foydalanish, dars davomida ijodiy muhitni yaratish, dars samaradorligini 
oshirish uchun pedagogik texnologiyalardan foydalish bo‘yicha ko‘nikmalar 
berilgan.
Kalit so‘zlar: ishontirish, pedagogik ta‘sir usullari, talab, istiqbol, 
rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri. 
Аннотации. 
В данной статье даны навыки эффективного 
использования современных методов в системе образования, создания 
творческой среды во время урока, использования педагогических технологий 
для повышения эффективности урока. 
Ключевые слова: убеждение, методы педагогического воздействия, 
требование, перспектива, поощрение и наказание, общественное мнение. 
Annotations. This article gives the skills to effectively use modern methods in 
the education system, create a creative environment during the lesson, use 
pedagogical technologies to increase the effectiveness of the lesson. 
Key words: persuasion, methods of pedagogical influence, requirement, 


265 
perspective, reward and punishment, public opinion. 
Bugungi kun o‘qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek 
mas‘uliyatli vazifa yuklangan bo‘lib, ta‘lim mazmunini takomillashtirishga 
qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ta‘limning 
zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish 
uyg‘otishlari, hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib borishlari talab etiladi. 
Ta‘limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim 
asoslarini puxta o‘rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini 
kengaytirish, ma‘naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta‘limiy-
tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta‘lim-tarbiya 
jarayoniga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondashuvlar tatbiq 
etilmoqda. Shulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib 
dars o‘tishda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga erishish hisoblanadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va 
taqdimotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. ona tili va o‘qish 
savodxonligi, matematika va tabiiy fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalari 
yordamida turli xil ko‘rgazmali slaydlardan dars jarayonlarida foydalanish 
mumkin. Masalan: ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida katta ekranda 
harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va hikoyalarni 
o‘qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; matematika fanida oddiy amallardan 
foydalanib, slaydlar yordamida masalalar yechish, turli xil hisob-kitobli o‘yinlar 
tashkil qilish; tabiiy fanlardan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda slaydlar 
yordamida tushunchalar berish mumkin. Ushbu usullardan foydalanish yosh va 
bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash 
malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini rivojlanishiga 
turtki bo‘ladi. Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material 
sifatida foydalanish o‘qituvchiga katta yordam beradi. O‘quv materialining 
elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni 
tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini 
o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Bunga misol qilib, 4-
sinf ona tili darslarida foydalanish uchun yaratilgan “Kelishiklar” mavzusidagi 
elektron taqdimotni aytish mumkin. Elektron darslikdan mustaqil ta‘lim olishda va 
o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. 
Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, 
psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va 
video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Kitob. uz saytida 1-4 
sinf o‘quvchilari uchun deyarli barcha fanlarning elektron darsliklari mavjud. 
Elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida, slayd-shou ko‘rinishda berish 
maqsadga muvofiq. Audio va video axborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi 
o‘qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi. Mazkur elektron dars ishlanma orqali 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 4 amalni bajarish ko‘nikmasini hosil qilish bilan 
birgalikda kompyuterning “sichqoncha” qurilmasidan foydalanish ko‘nikmasi 
shakllantiriladi. Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars jarayonida 
axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quvchilarni komyuterdan erkin 


266 
foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma‘nan yetuk shaxs bo‘lib 
yetishiga o‘rgatishdan iborat. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda 
o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish 
maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, 
ulardan foydalanish muhim sanaladi. Boshlang‘ich ta’lim darslarini tashkil etishda 
pedagogik texnologiyalarning ko‘pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida 
maktabgacha ta’lim tashkilotidan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim 
o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng 
mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning 
dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning 
zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va 
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim 
jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni 
rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin 
faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan 
xarakterlanadi. Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli ta’limiy o‘yinlardan 
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar ta’limiy o‘yinlar orqali o‘z 
bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan 
qaraganda, ta‘lim jarayonida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlaming roli beqiyosdir.
Didaktik o‘yinlar ta‘lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta‘lim jarayonida 
o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim 
jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin 
tutadi. Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga 
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta 
yordam beradi, ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, 
o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Didaktik o‘yinlar nafaqat 
boshlang‘ich sinflarda, balki ta’limning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarning 
bilimga bo‘lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo‘lishi mumkin. Ayniqsa qiyin 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o‘yinlar 
samarali ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida 
ta’limni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini 
hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga 
erishishda eng qulay yo‘l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u 
haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil 
fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni 
oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish 
ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Shuning uchun ham ta’lim ishiga 
texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Ta’lim ishiga texnologik yondashuv:
- ta’lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
- o‘qish-o‘qitish jarayonini uzviy bog‘liq bosqichlar, fazalar, amallarga 
ajratish, bo‘lishni; 
- ta’lim jarayonida mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan 
harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; 


267 
- loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barchasini bir xil bajarishni nazarda 
tutadi.
Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim 
bo‘lib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham 
o‘qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir 
o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmeti va har bir o‘tiladigan darsi 
maqsadini aniq belgilashi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, belgilangan maqsad 
asosida o‘tkaziladigan didaktik jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni 
amalga oshirish osonlashadi. Didaktik jarayonning samarali o‘tishida motivlar 
muhim o‘rin tutadi. Chunki qiziqib, aniq maqsad asosida egallangan bilimlargina 
samarali bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining har bir darsni tashkil etish 
uchun turli didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 
yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida 
jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi 
jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga 
moslashishga majbur bo‘ladi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning maktabda 
o‘qish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o‘rganish kabi zarur 
yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli 
mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir. Ayniqsa, sinfda 40-45 daqiqalik 
darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez 
toliqtiradi. Bola maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham 
o‘qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, 
motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z- 
o‘zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos 
didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin. Ayniqsa 
boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda 
darslarni qiziqarli olib borish natijasida o‘quvchilarni darsga jalb etish samarali 
bo‘ladi. Shunday darslarda bolalar diqqati to‘liq jalb etiladi, xotirasi yaxshi 
ishlaydi. Motivlar o‘quvchilaring bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. 
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim jarayonini qiziqarli 
motivlar asosida tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur.
Pedagogik ta‘sir ko‘rsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini 
pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishga xizmat qiladigan 
vositalar tizimidan iboratdir. Bu vazifalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan 
bo‘lib, bolalarning xulq-atvorini rag‘batlantiradi, qiyin va murakkab vazifalarni 
quvonch, ijodiy zavq-shavq manbaiga, har bir o‘quvchining shaxsiy muddaosiga 
aylantiradi. Pedagogik ta‘sir ko‘rsatishning asosiy usullari Pedagogik ta‘sir 
ko‘rsatishning asosiy usullari - ishontirish, talab, istiqbol, rag‘batlantirish va 
jazolash, jamoatchilik fikridir. O‘zaro hamkorlikda ta‘sir ko‘rsatishning natijasi 
ishontirishdir. U haqiqiy va soxta turlarga bo‘linadi.
Ishonch 3 tarkibiy qismdan iborat:
1. Bilim. 
2. Hissiyot. 3. Xulq-atvor. 
U tushunish - kechinma - qabul qilish orqali amalga oshadi. Ishontirish 
shakllari quyidagilar: ma‘ruza, bahs, munozara, suhbat, hikoya qilish, dalillash, 


268 
ko‘rsatish (namoyish qilish), shaxsiy namuna. Pedagogik talab - ta‘lim-tarbiya 
jarayonida ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, u tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi orasidagi shaxsiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Pedagogik 
ta‘sir ko‘rsatish usuli bo‘lgan talab bilan jamoani tashkil etish metodi sifatidagi 
yagona pedagogik talablarni farqlay bilish lozim. Agar yagona pedagogik talablar 
bolalarning ijtimoiy foydali faoliyatini rag‘batlantirish mazmunini, jamoani 
jipslashtirishda pedagoglar bilan bolalarning harakatlari birligiga erishish yo‘llarini 
ta‘minlasa, talab esa xulq-atvor va faoliyat normalarini, bolalarning xatti-
harakatlari hamda ishlarida amalga oshirish usullaridan iboratdir. Istiqbol - ta‘sir 
ko‘rsatishning juda ta‘sirchan usuli bo‘lib, u bolalarning xattiharakatlarini ular 
oldiga maroqli, qiziqarli maqsadlar qoyish yo‘li bilan ta‘minlaydi, bu maqsadlar 
ularning shaxsiy intilishlari, qiziqish va muddaolariga aylanadi. Bu usul maktab 
o‘quvchilarida shaxsning eng muhum fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga 
intiluvchanlikni shakllantirishga yordam beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling