Metodikalari kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini 
mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan 
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. –T.: “O‘zbekiston”, 2016. -
56 b. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori. –T.: O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami, 2017 y, 14-son, 230-modda. 
3. Sharipov Sh.S. va boshqalar. Mehnat ta’limi: Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 5-sinfi uchun darslik. –T.: “Sharq”, 2012. -240 b. 
4. Qo‘ysinov O.A., Tohirov O‘.O., Mamatov D.N., Aripova D.F. Mehnat 
ta’limi. 5-sinf. //O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. –T.: “POYTAXT-
PRINT” MCHJ, 2016. -176 b.
 
 
 
 
 
 
 
 
 


286 
BOLANI XUNARSIZ TARBIYALAB BOʻLMAYDI 
T.Baltabayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi
“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” 
 kafedrasi katta oʻqituvchisi
 
Oltin topmagin-u oʻrgangin hunar,
Hunarning oldida hosdir oltin zar. 
Abdurahmon Jomiy 
Bola endi kurtak ochayotgan niholga oxshaydi. Uning oʻsib voyaga etishi 
uchun quyosh nuri bilan suv qanday kerak boʻlsa, bolaning intelektual inson boʻlib 
etishishi uchun tarbiyaning orni ayriqcha axamiyatga ega. 
Buyk kelajakni yaratuvchi yangi avlodni tarbiyalash, bugungi kundagi eng 
dolzarb masalalardan biri. Kasb har-bir shaxsning muntazam faoliyat sohasi, 
anashu faoliyat orqali oʻzining moddiy ta’minoti va ma’naviy oxloqi oshishini 
ta`minlaydi. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. 
Hunar - qoʻl koʻz, miyya, oyoq orqali sinxron harakat natijasida amalga 
oshiriladigan faoliyatdir. Dunyoda kasblar koʻp, hunarlar bisyor, hayotimizda har-
bir kasb-hunarning oʻziga yarasha oʻrni ahamiyati bor. Bola asosan, oilada 
tarbiyalanadi. Oila oʻz muhiti orqali bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo 
oʻz ta’sirini oʻtkazib turadi. 
Ibn Sino bobomiz tabricha, ota-ona bola, tarbiyasini unga ism qoʻyishdek 
oliyjanob vaziyatdan boshlagan. A.Avloniy bobomiz bu sohada birinchi navbatda 
bolaning sogʻligi haqida qaygʻurib lozimligini takidlaganlar. Ta’lim faqat soʻz va 
oʻrgatish bilan boʻlsa, tarbiya amaliy ish va tajriba vositasida amalga oshiriladi. 
Agar biz adobni boylik desak, unga amal qilish esa komillikdir.
Bolani mexnat orqali tarbiyalash, hunar oʻrgatish ham olohida ahamiyat kasb 
etadi, chunki qadimdan mehnat-tarbiyaning asosi boʻlib hisoblanadi inson tarbiyasi 
mehnatga, hunarga, boʻlgan musosabatlarga qarab belgilanadi. Hunarli 
mehnatsevar bolaning ota-onasi, ustozi nomiga hamisha rahmatlar aytiladi. 
Mehnat-bu hayot,desak ham mubolagʻa boʻlmaydi, negaki hayotni mehnatsiz 
tasavvur etib boʻlmaydi. 
Azaldan xalqimizda bolani yoshligidan hunarga,malum bir kasbga va albatta 
mehnat sevarlikka, oʻrgatilib keliladi. Bu juda quvanarli hol, chunki bolaning 
qanday kasb tanlashi juda muhum hayotiy masala boʻlib, uni hal qilishda oylada 
kattalar maslahatlashish kerak
Axir “Hunaraning boʻlsa qoʻlingda, non topilar yoʻlingda” deb bejizga 
aytishmagan dono xalqimiz. Har bir pedogog “Tarbiya san’atkori”, boʻlmogʻi 
darkor. Yoshlarga “Tarbiyali boʻling” degan quruq gap bilan tarbiyalab boʻlmaydi. 
Buning uchun uning ruhiyatiga ta’sir etuvchi vositalardan unumli foydalanish 
kerak.Jumladan qiziqarli kitoblarga jalb etish. 
Yaxshilikni targʻib etuvchi ta’sirli kino-filmlar va oʻz xulq atvori ,hunari 
kasbi bilan barchaning hurmatiga sazovor boʻlgan insonlar hayot yoʻli hamda 
oʻrnak boʻluvchi jihatlarini yoshlar ongiga singdirish orqali bu maqsadga erishadi 
hunarning yomoni boʻlmaydi. 
Masalan Navvoy dasturxonimizni xushboʻy va mazali nonlar bilan toʻldirsa, 


287 
shifokor bemorlarni davolaydi. Haydovchilar uzogʻimizni yaqin qilsa. Dehqonlar 
shirindan-shakar qovun-tarvuzlarni, don maxsulotlarini va sabzavotlarni yetishtirib 
beradi. Chevarlar xushbichim kiyim-kechaklar tikadi. Memor lar esa yurt koʻrkiga 
koʻrk qoʻshuvchi muhtasham binolar quradi. Kasb hunarning esa birini 
ikkinchisidan ustun qoʻyish mumkinmi? 
Ota-ona farzandlarining rasm chizishga boʻlgan qiziqishini payqadi deylik. 
Rassomlik san’ati oldindan rivojlanib qadrlanib kamol topib kelayotgan kasblardan 
biridir. Shu sabab ota-ona farzandiga sharoit yaratib berishga imkon qadar harakat 
qiladi va akvarel boʻyoq, moʻy qalam, qora qalam, rasm daftar va hokozolarni olib 
beradi. Shu bilan sharoit yaratib berdi deb hisoblaydi 
Bolaning qiziqishi qaynar ekan u oʻzi qilayotgan ishidan vaqt oʻtgan sari 
qoniqish hosil qilmaydi. Ishdan charchab kelgan ota-ona farzandiga bir-ikki kun 
e’tibor berishi mumkun lekin Ota-ona “sendan rasom chiqmaydi” deb “Bu 
ishiningni yigʻishtir” deb tanbeh beradi. Shu vaziyat tufayli bolaning qiziqishini 
yoqqa chiqarib qoʻyamiz.
Ota-ona katta xotalika yol qoyishi mumkin. Xato qilgan joyimiz,biz 
farzandimizni yaxshi bir ustoz qoʻliga, toʻgaraklarga olib borib topshirmadik.
Farzandimizning xohlagan bilim, hunarini bera olmadik. Qachonki biz 
oʻzimizni yoki bolamizni layoqatli deb hisoblasak, choʻqqiga ya’ni qobiliyatiga 
erishdik deya aytishimiz mumkin. 
Bolani jismonan sogʻlom, aqlan yetuk, mehnatsevar,hunarli, madaniyatli 
intelektual salohiyatli boʻlib oʻsishida jamiyatimiz ham manfaatdor.Hunarli kishi 
xor boʻlmas.hunar organish barcha fan oʻqituvchilarning vazifasidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling