Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
Ключевые слова: начальная образования, интеграционное обучение,
эффективность, учитель, ученик. Annotatsion. This article discusses interdisciplinary communication, it’s importance and the role of interdisciplinary communication in improving the 277 effectiveness of primary education. Interdisciplinary communication develops learning activites in pupils. It increses the puiple’s interest in learning and the effectiveness of the learning process, expands the opportunites for educating puiples and has a comprehensive impact on the personality of the link. The main content of this article is that the systematic acquisition of knowledge of interdisciplinary communication is one of the didactic opportunites for the integrated organization of the educational process. Keywords: primary education, interdisciplinary connection, integrated education, efficiency, teacher, puiple. Ma’lumki, so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya, tizimida, yangi avlod tarbiyasida jahon fani va madaniyatinig ilg‘or yutuqlarini jamlagan, o‘tmish ajdodlarimiz aql- zakovoti mahsuli sifatida yaratilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga tayangan holda zamonaviy ta’lim-tarbiya bеrish uslublarini shakllartirish muammosi vujudga kеldi. Barkamol avlod jamiyat taraqqiyotining asosidir. Shu bois mamlakatimizda ham jismonan, ham ma’nan barkamol avlodga ta’lim-tarbiya berish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: “Biz o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak“,-deb ta’kidlagan edi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida va boshqa me’yoriy hujjatlarda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari belgilangan bo‘lib, bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakillantirish davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo‘lmoqda. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” degan fikri muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayoni o‘qitishda foydalanilayotgan usul, uslub va shakllarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Ta’lim amaliyoti ko‘rsatishicha, maktab ta’limida fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo‘layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy, ilmiy- metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda, ya’ni ta’lim-tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o‘qituvchining ishlash tizimi tubdan o‘zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalar, innovatsiyalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. O‘quv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o‘quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok qilish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O‘quv fanlararo aloqadorlikni turli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim. 278 “Intergratsiya” so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, “integer” - butun so‘zidan kelib chiqqan. Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling