Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi katta oʻqituvchisi
- Kalit soʻzi
282 6 – YO‘NALISH. AMALIY FANLAR OʻQUVCHILARNI KASIBGA YOʻNALTIRISHDA BUYUK AJDODLARIMIZNING ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH T.Baltabayev – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim” kafedrasi katta oʻqituvchisi Annotatsiya. Oʻzbek halqining milliy qadriyatlari asosida tarbiyalash, Yosh avlod qalbiga milliy, oʻzbek va boshqa xalqlarning madaniy va ma’naviy merosini oʻrgatish. madaniy va ma’naviy tushunchalarni axloqiy, shakllantirish. Kalit soʻzi: Xalqlar, madaniy, Milliy ananalarni, urf – odat, udumlarni, hayotga tadbiq etish, ma’naviy merosini, buyuk, milliy, tarixiy. Respublikamizdа аmаlgа оshirilgаn istiqlоl tufаyli yo‘qolib borayotgаn milliy hunarmаndchilikni qayta tiklash, uni o‘sib kelayotgаn yosh avlodgi o‘rgаtish uchunb keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidenti tоmоnidаn 1997-yil 31-martda e’lon qilingаn “Xalq badiiy hunarmаndchiligi va amaliy san’atini yanada rivоjlаntirishni davlat yo‘li bilаn qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmondа milliy madаniyatni rivоjlаntirishda xalq badiiy hunarmаndchiligi va amaliy sa’natining ahamiyatini oshirish, qo‘lda yuksak badiiy buyumlar yasashning asriyаn ’аnalarini qayta tiklash hamda xalq hunarmаndchiligini tаraqqiy ettirishgа davlat tomonidаn аniq yordam ko‘rsatish belgilab berildi . Yog‘оch o‘ymakorligi, sаndiqchilik, chilаngarlik, pishоqchilik, navvoylik, naqqoshlik, turli milliy buyumlar (do‘ppi, so‘zаna, kirpesh, joynamozvаh.), kashtalar, choklarni (yo‘rma, xamdo‘zi, tugin, suv, kabi usullarda) tikish uchun kerakli dastur va o‘quv qo‘llаnmalari tuzib amaliyotga tadbiq etish hozirgi kun talabidir. O‘quvchilarga bilim berishda avvalambor “Hunarmаndchilik” so‘zining asl ma’nosini izohlab berish lozim. Hunarmаndchilik degаni har xil mehnat qurollari yordamida xom ashyodаn chiroyli buyumlar ishlab chiqaradigаn kasblarning umumiy nomini аnglatadi. O‘quvchilarning kasbga yo‘naltirishda, ayniqsa, milliy hunarmandchilik va zamonaviy industrial kasblarga o‘ziga xos mehnat mazmuniga e’tibor qaratish talab etiladi. Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunarli kishilarni hunarmand deb atashgan hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy holatini hunarmandchilik bilan bog‘lagan. Chunki Markaziy Osiyoning qo‘li gul ustalari yaratgan san’at durdonalari kishiga zavq beradi. Zero, har bir davr hunarmandchilik namunalarida insonlarni go‘zallik tuyg‘ularini tarbiyalaydigan o‘sh davrning g‘oyalari, maqsadlari va orzulari ifodalangan. Har bir hunarmand o‘z hunarini faqat o‘ziga xos mehnat mazmunlari bilan boyitib, hunarini rivojlantirib kelgan. Shunda har bir ustoz o‘z davrida hunarning mehnat mazmunlari bilan boyitib, hunarini rivojlantirib kelgan. Shunda har bir ustoz o‘z davrida hunarning mehnat mazmunida yangi qirralarini ijod qilib boyitgan. Shuning uchun buyuk ajdodlarimiz o‘z asarlarida har bir hunarga xos 283 fikrlarini ifodalaganlar. Ulardan biri bunday degan edi: “Ey farzand, agar oqil, don obo‘lay desang, hunarmand bo‘lishni o‘yla, hunarmandchilik sababidan izzat – hurmatga erishasan, agar hunardan bebahra bo‘lsang, quruq soyasiz daraxtda o‘xshab qolasan. Ey farzand, aqlu farosatli va ilmu hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l, hunarsiz kishida xosiyat bo‘lmaydi. Bugun Sharq mutafakkirlarining kasbiy ta’lim – tarbiya usullariga qayta- qayta murojaat qilishimiz zaruratga aylanmoqda. Sharq qomusiy olimlari pedagogika va kasbiy pedagogika muammolariga kasb ta’limi tarbiyasining maqsadlari, mazmuni, shakl va usullariga doimo eti’bor bilan qaragan. Ular aqliy va jismoniy mehnat jarayonida shaxsning shakllanishiga qat’iy ishonganlar Al-Kindiyning fanlar klassifikasiyasida kasbiy ta’limda muntazamlik va davriylik yetakchi bo‘lishihga ta’kidlanadi. Sharq mutafakkirlari xalqimiz ma’naviyati, oilada yoshlar tarbiyasining yaratuvchilik rolini chuqur his qilgan holda, ularning dono fikrlarini asarlari orqali ifodalaganlar. Ahmad Donish bilim va hunar egallamay o‘zining nasl-nasabi bilan maqtanib yuradigan yoshlarni qattiq tanqid qiladi. Uning fikricha, bunday yoshlar, biror ijobiy fazilatga ega emas, ular hosil bermaydigan mevali daraxtga o‘xshaydi, undaylarning jamiyatga foydasi tegmaydi, aksincha zararli ta’sir ko‘rsatadilar. Boshqa buyuk Sharq mutafakkirlari texnologiya va kasb to‘g‘risidagi fikrlarini quyidagicha ifodalaydilar: Alisher Navoiy: “umqni zoye etmay mehnat qil, mehnatni saodat kaliti deb bil”. Xusrav Dehlaviy: “Ba’zi kun yoshlar safida bo‘zla, ammo ish tadbirini keksadan izla”. Xusrav Dehlaviy: “Ishni ko‘rib ko‘plar shirmanadi, ko‘proq bajarganni eng yazshi deng”. Shunga o‘xshash misralarni Sharq mutafaskkirlari asarlarida juda ko‘plab topishimiz mumkin. Katta avlod vakillari o‘zlarida kasb – hunar yuzasidan to‘plagan bilimlarini yoshlarga o‘rgatib borgan taqdirdagina shu jamiyatda rivojlanish bo‘lishi mumkin. Axloqshunos olim Majid Havofiy hunarmandchilik to‘g‘risida bunday degan edi: “Kasb va hunarmandlarni e’zozla, hunarmandchilikka ruju qo‘ygan xalqning xurmat va e’tibori oshadi.” Payg‘ambar Dovut alayhissalom temirchilik, al – Farobiy mahsido‘zlik bilan tirikchilik o‘tkazgan. Bobomiz xoja Bahouddin naqshband ham hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, Turkistonda birinchilardan bo‘lib odamlarni hunar o‘rganishga va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga chorlaganlar. Mustaqil respublikamizda tarkib topayotgan demokratik asosdagi jamiyatni rivojlantirish, yangi avlodga kasb – hunar yuzasidan tajribalarni egallab olishlari uchun barcha shart – sharoitlar yaratilgan. Tajribalardan ma’lumki, yaxshi kasb – hunar tarbiyasini olmagan o‘quvchi bilan ishlash ancha muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Buning asosiy ildizi oiladagi “Ota – kasb” va “Ustoz - shogird” kabi ijobiy muhit yaratilishi, ota bilan ona hamkorligining mavjudligidan kelib chiqadi. Shu o‘rinda Rudakiyning: “Har kimki hayotdan olmasa ta’lim, unga o‘rgata olmas har bir muallim”, degan misralarni keltirish mumkin Kasb – hunarga yo‘naltirishbunda eng avvalo hamkorlik zarur Shunday ekan, biz har birimiz hayotdan ta’lim olib, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni mustaqil 284 davlatimizning ishonchli a’zolari qilib tarbiyalashda Sharq mutafakkirlarining pedagogik merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga xalq hunarmandchiligi kasblarini oʻrgatish orqali xalqning milliy ruhini saqlab qolish, an’analarini tiklash va rivojlantirish, milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklarni avaylab asrash, xalq ustalarining boy kasbiy mahoratini avloddan-avlodga yetkazish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlashga muvaffaq boʻlinadi. Buyk kelajakni yaratuvchi yangi avlodni tarbiyalash, bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri. Kasb har-bir shaxsning muntazam faoliyat sohasi, anashu faoliyat orqali oʻzining moddiy ta’minoti va ma’naviy oxloqi oshishini ta`minlaydi. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. Hunar - qoʻl koʻz, miyya, oyoq orqali sinxron harakat natijasida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Dunyoda kasblar koʻp, hunarlar bisyor, hayotimizda har- bir kasb-hunarning oʻziga yarasha oʻrni ahamiyati bor. Bola asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila oʻz muhiti orqali bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo oʻz ta`sirini oʻtkazib turadi. Ibn Sino bobomiz tabricha, ota-ona bola, tarbiyasini unga ism qoʻyishdek oliyjanob vaziyatdan boshlagan. A.Avloniy bobomiz bu sohada birinchi navbatda bolaning sogʻligi haqida qaygʻurib lozimligini takidlaganlar. Ta’lim faqat soʻz va oʻrgatish bilan boʻlsa, tarbiya amaliy ish va tajriba vositasida amalga oshiriladi. Agar biz adobni boylik desak, unga amal qilish esa komillikdir. Bolani mexnat orqali tarbiyalash, hunar oʻrgatish ham olohida ahamiyat kasb etadi, chunki qadimdan mehnat-tarbiyaning asosi boʻlib hisoblanadi inson tarbiyasi mehnatga, hunarga, boʻlgan musosabatlarga qarab belgilanadi. Hunarli mehnatsevar bolaning ota-onasi, ustozi nomiga hamisha rahmatlar aytiladi. Mehnat-bu hayot, desak ham mubolagʻa boʻlmaydi, negaki hayotni mehnatsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Azaldan xalqimizda bolani yoshligidan hunarga, malum bir kasbga va albatta mehnat sevarlikka, oʻrgatilib keliladi. Bu juda quvanarli hol, chunki bolaning qanday kasb tanlashi juda muhum hayotiy masala boʻlib, uni hal qilishda oylada kattalar maslahatlashish kerak Axir “Hunaraning boʻlsa qoʻlingda, non topilar yoʻlingda” deb bejizga aytishmagan dono xalqimiz. Har bir pedogog “Tarbiya san’atkori”, boʻlmogʻi darkor. Yoshlarga “Tarbiyali boʻling” degan quruq gap bilan tarbiyalab boʻlmaydi. Buning uchun uning ruhiyatiga ta’sir etuvchi vositalardan unumli foydalanish kerak. Jumladan qiziqarli kitoblarga jalb etish. Yaxshilikni targʻib etuvchi ta’sirli kino-filmlar va oʻz xulq atvori, hunari kasbi bilan barchaning hurmatiga sazovor boʻlgan insonlar hayot yoʻli hamda oʻrnak boʻluvchi jihatlarini yoshlar ongiga singdirish orqali bu maqsadga erishadi hunarning yomoni boʻlmaydi. Masalan Navvoy dasturxonimizni xushboʻy va mazali nonlar bilan toʻldirsa, shifokor bemorlarni davolaydi. Haydovchilar uzogʻimizni yaqin qilsa. Dehqonlar shirindan-shakar qovun-tarvuzlarni, don maxsulotlarini va sabzavotlarni yetishtirib beradi. Chevarlar xushbichim kiyim-kechaklar tikadi. Memorlar esa yurt koʻrkiga koʻrk qoʻshuvchi muhtasham binolar quradi. Kasb hunarning esa birini 285 ikkinchisidan ustun qoʻyish mumkinmi? Ota-ona farzandlarining rasm chizishga boʻlgan qiziqishini payqadi deylik. Rassomlik san’ati oldindan rivojlanib qadrlanib kamol topib kelayotgan kasblardan biridir. Shu sabab ota-ona farzandiga sharoit yaratib berishga imkon qadar harakat qiladi va akvarel boʻyoq, moʻy qalam, qora qalam, rasm daftar va hokozolarni olib beradi. Shu bilan sharoit yaratib berdi deb hisoblaydi Bolaning qiziqishi qaynar ekan u oʻzi qilayotgan ishidan vaqt oʻtgan sari qoniqish hosil qilmaydi. Ishdan charchab kelgan ota-ona farzandiga bir-ikki kun e’tibor berishi mumkun lekin Ota-ona “sendan rasom chiqmaydi” deb “Bu ishiningni yigʻishtir”deb tanbeh beradi. Shu vaziyat tufayli bolaning qiziqishini yoqqa chiqarib qoʻyamiz. Ota-ona katta xotalika yol qoyishi mumkin. Xato qilgan joyimiz,biz farzandimizni yaxshi bir ustoz qoʻliga, toʻgaraklarga olib borib topshirmadik. Farzandimizning xohlagan bilim, hunarini bera olmadik. Qachonki biz oʻzimizni yoki bolamizni layoqatli deb hisoblasak, choʻqqiga ya’ni qobiliyatiga erishdik deya aytishimiz mumkin. Bolani jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, mehnatsevar, hunarli, madaniyatli intelektual salohiyatli boʻlib oʻsishida jamiyatimiz ham manfaatdor. Hunarli kishi xor boʻlmas.hunar organish barcha fan oʻqituvchilarning vazifasidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling