Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – YO‘NALISH. IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR QADIMGI YUNON FAYLASUFI GIPPOKRAT Mirzayev Jamshid Turdalievich
Адабиётлар:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Презиленти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишлаб Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисида сўзланган нутқ. – Тошкент, Ўзбекистон, 2016. – 56 б. 2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шах- сий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Вазирлар Маҳкамасининг кегшайтирилган мажлисидаги маъруза. 2017 йил, 14-январ - Тошкент, Ўзбекистон, 2017. – 104 б. 3. Аннамуратова С.К. Возможности внеклассной работы в художественно-эстетическом и когнитивно-творческом воспитании старшеклассников. – 82-89 б 4. Бутенко В.Г. Школьникам о художественных ценностях памятников истории и культуры.– М., 1999.–113 5. Лолуа В., Джикия Л.Л. Школьникам о памятниках культуры своей страны. – М., 1999. – 99 б. 6. Немов Р.С. Психология. Учебник для студентов высш. учеб. Заведе- ний. В 2-х кн. Кн.1 – «Общие основы психологии». – М.: Владос, 1994. – 217 б., Кн.2 – Становление личности в ранней юности». – М.: Владос 45 1 – YO‘NALISH. IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR QADIMGI YUNON FAYLASUFI GIPPOKRAT Mirzayev Jamshid Turdalievich, GulDU, Psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi (tayanch doktarant) Sheraliyev Sarvar Jumali oʻli, GulDU, Pedagogika fakulteti Psixologya yoʻnalishi 1-bosqich talabasi. Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan olgan. G. asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻʼtabar qullanma boʻlib keldi. G. ga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. “Majmuayi Buqrotiya” (“Buqrot toʻplami”) nomi bilan mashhur boʻlgan bu asarlarning aksarisini G. vafotidan keyin oʻgʻillari va shogirdlari yozgan. G. asarlarini va ularga Galen bergan sharhlarni Hunayn ibn Ishoq (809877) suryoniy va arab tillariga tarjima qilgan. Ular Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. G.ning “Kitob al-Fusul” (“Aforizmlar”) kitobi juda mashhur. Unga koʻp olimlar sharq berishgan, shu sharhlardan biri Oʻzbekistan FA Sharqshunoslik institutida 3139-raqami bilan saqlanmoqda. [1][3] G.tibbiyotni kohinlar taʼsiridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish yoʻllarini taʼrifladi, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak, deb taʼlim berdi. Tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yoʻsini, mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismoniy va ruhiy xususiyatlarning shakllanishiga taʼsiri jihatdan ajratdi. G. tibbiyot geografiyasiga asos soldi. Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini, davolash tizimini ishlab chiqdi. Shifokor xulq-atvorining qisqacha taʼrifi boʻlgan qasamyod (“Gippokrat qasamyodi”) matnini ham G. yozgan deyishadi. G.ni “tibbiyotning otasi”, deb ataydilar. Asklepiychilar uyushmasi, uni shuningdek Kos maktabi ham deb atashadi, oʻsha zamonlarning barcha uyushma va tashkilotlari singari oʻz faoliyatida asosan diniy tushuncha va qariyatlarga tayanib ish olib brogan. Masalan ularda, oʻrganuvchi shogird – talabalarning ustoz va uning boshqa hamkasblari, hamda oʻzi bilan birgalikda ta’lim olayotgan birodarlariga sodiqlikka qasam ichish, har qanday vaziyatda ham rost gapirish, haqiqatni izlash uchun hech narsadan chegaralanmaslik va jiddiy ilmiy faoliyat bilan sidqildan shig‘ullanish kabi axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishni talab etgan. Gippokrat dastlabki tibbiy bilimlarni oʻz otasidan, hakim – Gerakliddan olgan. Otasining oroldagi hamkasblari ham Gippokratga koʻp narsani oʻrgatishgan. Keyinchalik esa, oʻz bilimlarini yanada oshirish va mukammallashtirish uchun turli mamlakatlarga safarlar qilgan va mahalliy hakimlarning amaliyoti bilan tanishib chiqqan. Gippokratning shahsiy hayoti haqida tarixiy ma’lumotlar juda kam. Uning tarjimai holiga oid hikoya va rivoyatlar mavjud boʻlib, lekin ular asosan afsona xususiyatida namoyon boʻladi. [1][4] Huddi Gomer kabi Gippokrat ismi ham buyuk hakimning asl ismi boʻlmay balki, turli ism va tahalluslardan yig‘ma nom ekan. yaqin yillardagi ilmiy faktlarga asoslanadigan boʻlsak, Gippokrat qalamiga mansub deb qaraladigan yetmishga yaqin asarlarning aksariyati, uning o‘g‘illari Fessal va Drakon yoki, kuyovi – 46 Polibga tegishli ekan. Galen Gippokratning oʻzi yozgan asarlarini 11 ta, Galler 18 ta deb e’tirof etsa, Kovner esa Gippokrat kodeksidagi faqat 8 ta asar Gippokratning ilmiy ishi, qolganlari esa unga bog‘lab chop etilgan boshqa mualliflarga tegishli deb ta’kidlaydi. Bular: risolalar – “Shamollar haqida”, “Havo, suvlar va joylar haqida”, “Egilish”, “Oʻg‘ir hastaliklarda parxez haqida”, kitoblar – “Epidemiya”, “Aforizmlar”, (dastlabki toʻrt bobi), hamda, jarrohlikka oid manbalar – “Boʻg‘imlar haqida” va “Sinishlar haqida” asarlaridir. Mazkur asarlar Gippokrat kodeksning shedevrlari hisoblanadi. Gippokratning asosiy ilmiy ishlar qatoriga yana falsafiy, axloqiy – tarbiyaviy va etnik yoʻnalishlardagi quyidagi asarlarni qoʻshish zarur: “Qasamyod”, “Qonun”, “Hakim haqida”, “Yaxshi xulq atvor haqida”, “Tarbiya”. Bu asarlar orqali Gippokrat ilmiy tibbiyottni ilmiy insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orib, tibbiyot etiketining asosiy atmoyillarini belgilab bergan. Gippokratgacha boʻlgan davrlarda odamlar kasalliklarni “yovuz ruhlar” yoki, sehr – jodular orqali keladi deb tasavvur qilishardi. Shu tufayli Gippokratning kasallik sabablarini aniqlashga nisbatan yondoshuvi oʻz davri uchun mutlaqo yangilik boʻlgan. Ya’ni u, kasalliklarni odamlarga ma’budlar yoki boshqa g‘ayritabiiy kuchlar yuborishmasligini balki, ular butunlay tabiiy sabablarga yuzaga kelishini ilmiy asoslashga birinchilardan boʻlib urinish boshladi. Gippokratning eng buyuk hizmatlari ham aynan shunda boʻlib, u tibbiyotni mavhum tushunchalarga asoslangan empirizmdan ajratib koʻrsatib, tib ilmini haqiqatga zid boʻlgan uydirma falsafiy nazariyalardan tozaladi. Tibbiyot va falsafa fanlariga ikki bir-biriga uzviy bog‘liq sohalar sifatida yondoshuvchi Gippokrat, ularning ikkalasini ham ma’lum chegaralar belgilagan holatda, ammo mohirona uyg‘unlik bilan tadqiq va tahlil eta olgan. Barcha ilmiy va adabiy asarlarida Gippokratning xulosalar chiqarish va kuzatuvchanlikning dohiyona namunalarini koʻrish mumkin. Uning mantiqiy fikrlari shu darajada mukammal xulosalanadiki, barcha keltirilgan mulohazalar uchun qat’iy tekshirilgan dalillar va isbotlar ilova qilib boriladi. Gippokratning tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holatdagi, kasallikni kechishi, bosqichlari va davo usullarining samaradorligi boʻyicha erishgan yutuqlari uning oʻz zamonasidayoq katta obroʻ va shuhratga erishishiga sabab boʻlgan. Gippokratning davomchilari, uning ishlarini va ilmiy faoliyatini davom ettiruvchi Kos maktabini tashkil qilishgan va bu tib ilmi maktabi uzoq yillar davomida yirik tibbiyot dorilfununi sifatida faoliyat yuritgan. Aynan oʻsha Kos tibbiyot maktabining ilmiyi faoliyati, hozirgi zamon tibbiyotining yoʻnalishini belgilab bergan degan fikrlar ham mavjud. Gippokrat asarlari kasalliklarning tashqi ta’sirlar – atmosfera, fasl, shamol, suv, va ularning natijasi – koʻrsatilgan ta’sirlar oqibatida odam tanasidagi fiziologik oʻzgarishlarni kuzatishlarning mufassal bayonlarini keltiradi. Bu asarlarda turli mamlakatlarning iqlimiy sharoitlari haqida ham ma’lumotlar keltirilib, mazkur mamlakat, orol yoki muayyan joyning meteorolgik shart – sharoitlaridan kelib chiqib, kasalliklarning qanday rivojlanishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Umuman olganda Gippokrat kasalliklarni sabablariga koʻra ikki toifaga tasniflaydi: Iqlim, tuproq, va irsiy omillar tufayli paydo boʻladigan “Umumiy” kasalliklar hamda, odamning yoshi, ovqatlanishi, yashash va mehnat sharoitlaridan kelib chiquvchi “Shahsiy” sabablar. Mazkur omillarning odam tanasiga me’yoriy ta’siri, undagi suyuqliklarning toʻg‘ri 47 taqsimlanishi va harakati jarayonlarini belgilaydi va bu uning uchun sog‘lomlik hisoblanadi. Gippokrat asarlarida voqe’likning mohiyatini anglashga boʻlgan chanqoq intilish diqqatga sazovor. Hakim eng avvalo bemor ahvoliga teran nigoh bilan nazar tashlaydi. Tashxis va davolashning barcha natijalarini muttasiq qayd qilib boradi. Yetti jilddan iborat “Epidemiyalar” asarida hakim, shundoqqina bemor huzuridan yozib borilgan qaydlarni mufassal shrhlari va ilovalari bilan bayon qilgan. Mazkur asarda, bemorni davolash jarayonida kuzatilgan oʻzgarishlar, davo vositalarining ta’sirlari haqidagi tajribalar tizimlashmagan ma’lumotlar shaklida keltiriladi. Shuningdek bu asarda, matn mazmuniga muofiq kelmaydigan, butunlay boshqa mulohazalar ham uchraydiki, huddi muallif aqliga kelib qolgan fikr va mulohazalarni yoʻl – yoʻlakay va darhol yozib olgandek taasurot uyg‘otadi. Masalan, shunday sinkov mulohazalardan biri, bemorni qanday koʻrikdan oʻtkazish haqida borib, unda hakim bunday yozadi: “Bemor tanasini koʻrikdan oʻtkazish – yaxlit jarayon: u bilim, tinglay olish, hid bilish, sezgirlik, til bilish va mulohaza qila olish qobiliyatlarini talab qiladi.” Ushbu matn davomida esa: “tashxis qoʻyilishi lozim boʻlgan kasalliklarga taaluqli omillardan, odamlarning umumiy tabiati va har qanday odamning oʻz tabiati, bemorning kasalligi, unga nima tegishli boʻlsa tegishlilardan, shunga binoanki, ulardan qaysi biridan bemorga yengillik yoki qiyinchilik yetishidan; bundan tashqari osmon hodisaarining umumiy va xususiy holatlaridan, har xil mamlakatlardan, odatlaridan, oqatlanish tarzidan, hayot turidan, har bir bemorning yoshidan, va nutqidan, xulqi, sukuti, fikrlari, tushlari, uyqusi, uyqusizligi, tushlarining qanaqaligi va qachon koʻrishi, qichishishi, koʻz yoshlari, kasallikning tutilib – tutilib kechish, siydik, safro, qayt qilishi kabilardan qaraladi. Shuningdek, kasalliklardagi oʻzgarishlarga ham qarash kerak: qandaylaridan qaysilari yuz beryapti, oʻlimga olib boruvchlari, yoki, majruhlikka olib boruvchilari, keyin esa – terlashni, qaltirashni, sovuqotish, yoʻtalish, chuchkurish, hiqichoq, nafas olish, esnash, kekirish, tovushli yoki sassiz yel, qon chiqishi, gemorroylarni ham tekshirish. Ushbu barcha belgilardan kelib chiqib, hamda, ular nima orqali paydo boʻlayotganini aniqlab, – koʻrik va tekshiruv olibborish kerak.” Shunisi e’tiborga molikki, hakim, tashxis qoʻyish va davolashning katta koʻlamiga, bemorning nafaqat joriy kasalligini, balki, undan avvalgi yuz bergan betobliklarini va ulardan qolga asortalarni ham hisobga olgan holatda yondoshadi. U bemor ham boshqa barcha odamlardek oddiy odam ekanligini, uni anglash uchun boshqalarni ham anglash lozimligini unutmaslik kerak deb ta’kidlaydi. Uning uchun haattoki bemorning sukuti ham koʻrsatma boʻlib hizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. U kasalliklarni doimiy kuzatib borib, uni aniq bosqichlarga ajratish kerakligini ham ta’kidlaydi. Ayniqsa, tutqanoq kelishi davri, istimali, oʻtkirlashish (yoki keskinlashish) davrlarini hamda bemorning tushkunlikka tushish holatini ajratadi, shuningdek, uning ta’limotiga koʻra, organizm birikmagan, hazm boʻlmagan suyuqliklardan qutulib, kasallikning “sinishi” paytini mavjudligini ta’kidlaydi. “Boʻg‘imlar haqida” va “Sinishlar haqida” asarlarida, jarrohlik amaliyotlari va operatsiyalar haqida tafsilotlar bilan, mukamal bayon qilinadi. Gippokrat qoʻlyozmalaridan shu narsa ma’lum boʻladiki, jarrohlik qadim davrlardayoq yuqori sifat va darajada bajarilgan; bizning davrimiz tibbiyotida ham qoʻllaniladigan turli jarrohlik asboblari hamda bog‘lov 48 vositalaridan foydalanilgan. “Oʻg‘ir hastaliklarda parxez haqida” asarida Gippokrat kasallik shakli – oʻtkir, mavsumiy, jarrohlikka oidligiga qarab turlicha parxez usullarida ovqatlanish zarurligini uqtiradi va bu bilan hakim, ratsional dietologiyaga asos soladi. Gippokrat hayotligidayoq shon sharafga burkandi.[1][3][5] Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling