Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Адабиётлар: 
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини 
биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Презиленти лавозимига 
киришиш тантанали маросимига бағишлаб Олий Мажлис палаталарининг 
қўшма мажлисида сўзланган нутқ. – Тошкент, Ўзбекистон, 2016. – 56 б. 
2. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шах- сий 
жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши 
керак. Вазирлар Маҳкамасининг кегшайтирилган мажлисидаги маъруза. 2017 
йил, 14-январ - Тошкент, Ўзбекистон, 2017. – 104 б. 
3. Аннамуратова 
С.К. 
Возможности 
внеклассной 
работы 
в 
художественно-эстетическом 
и 
когнитивно-творческом 
воспитании 
старшеклассников. – 82-89 б 
4. Бутенко В.Г. Школьникам о художественных ценностях памятников 
истории и культуры.– М., 1999.–113 
5. Лолуа В., Джикия Л.Л. Школьникам о памятниках культуры своей 
страны. – М., 1999. – 99 б. 
6. Немов Р.С. Психология. Учебник для студентов высш. учеб. Заведе- 
ний. В 2-х кн. Кн.1 – «Общие основы психологии». – М.: Владос, 1994. – 217 
б., Кн.2 – Становление личности в ранней юности». – М.: Владос 


45 
1 – YO‘NALISH. IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR 
 
QADIMGI YUNON FAYLASUFI GIPPOKRAT 
Mirzayev Jamshid Turdalievich, 
GulDU, Psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi (tayanch doktarant) 
Sheraliyev Sarvar Jumali oʻli, GulDU, Pedagogika fakulteti 
Psixologya yoʻnalishi 1-bosqich talabasi.
Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn 
sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan olgan. G. asarlari 
Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻʼtabar qullanma boʻlib keldi. G. ga 75 ga 
yaqin asar nisbat beriladi. “Majmuayi Buqrotiya” (“Buqrot toʻplami”) nomi bilan 
mashhur boʻlgan bu asarlarning aksarisini G. vafotidan keyin oʻgʻillari va 
shogirdlari yozgan. G. asarlarini va ularga Galen bergan sharhlarni Hunayn ibn 
Ishoq (809877) suryoniy va arab tillariga tarjima qilgan. Ular Oʻrta va Yaqin Sharq 
mamlakatlarida keng tarqalgan. G.ning “Kitob al-Fusul” (“Aforizmlar”) kitobi juda 
mashhur. Unga koʻp olimlar sharq berishgan, shu sharhlardan biri Oʻzbekistan FA 
Sharqshunoslik institutida 3139-raqami bilan saqlanmoqda. [1][3] 
G.tibbiyotni kohinlar taʼsiridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish 
yoʻllarini taʼrifladi, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak, deb 
taʼlim berdi. Tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yoʻsini, 
mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismoniy va ruhiy xususiyatlarning 
shakllanishiga taʼsiri jihatdan ajratdi. G. tibbiyot geografiyasiga asos soldi. 
Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini
davolash tizimini ishlab chiqdi. Shifokor xulq-atvorining qisqacha taʼrifi boʻlgan 
qasamyod (“Gippokrat qasamyodi”) matnini ham G. yozgan deyishadi. G.ni 
“tibbiyotning otasi”, deb ataydilar. Asklepiychilar uyushmasi, uni shuningdek Kos 
maktabi ham deb atashadi, oʻsha zamonlarning barcha uyushma va tashkilotlari 
singari oʻz faoliyatida asosan diniy tushuncha va qariyatlarga tayanib ish olib 
brogan. Masalan ularda, oʻrganuvchi shogird – talabalarning ustoz va uning boshqa 
hamkasblari, hamda oʻzi bilan birgalikda ta’lim olayotgan birodarlariga sodiqlikka 
qasam ichish, har qanday vaziyatda ham rost gapirish, haqiqatni izlash uchun hech 
narsadan chegaralanmaslik va jiddiy ilmiy faoliyat bilan sidqildan shig‘ullanish 
kabi axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishni talab etgan. Gippokrat dastlabki 
tibbiy bilimlarni oʻz otasidan, hakim – Gerakliddan olgan. Otasining oroldagi 
hamkasblari ham Gippokratga koʻp narsani oʻrgatishgan. Keyinchalik esa, oʻz 
bilimlarini yanada oshirish va mukammallashtirish uchun turli mamlakatlarga 
safarlar qilgan va mahalliy hakimlarning amaliyoti bilan tanishib chiqqan. 
Gippokratning shahsiy hayoti haqida tarixiy ma’lumotlar juda kam. Uning tarjimai 
holiga oid hikoya va rivoyatlar mavjud boʻlib, lekin ular asosan afsona 
xususiyatida namoyon boʻladi. [1][4] 
Huddi Gomer kabi Gippokrat ismi ham buyuk hakimning asl ismi boʻlmay 
balki, turli ism va tahalluslardan yig‘ma nom ekan. yaqin yillardagi ilmiy faktlarga 
asoslanadigan boʻlsak, Gippokrat qalamiga mansub deb qaraladigan yetmishga 
yaqin asarlarning aksariyati, uning o‘g‘illari Fessal va Drakon yoki, kuyovi – 


46 
Polibga tegishli ekan. Galen Gippokratning oʻzi yozgan asarlarini 11 ta, Galler 18 
ta deb e’tirof etsa, Kovner esa Gippokrat kodeksidagi faqat 8 ta asar Gippokratning 
ilmiy ishi, qolganlari esa unga bog‘lab chop etilgan boshqa mualliflarga tegishli 
deb ta’kidlaydi. Bular: risolalar – “Shamollar haqida”, “Havo, suvlar va joylar 
haqida”, “Egilish”, “Oʻg‘ir hastaliklarda parxez haqida”, kitoblar – “Epidemiya”, 
“Aforizmlar”, (dastlabki toʻrt bobi), hamda, jarrohlikka oid manbalar – 
“Boʻg‘imlar haqida” va “Sinishlar haqida” asarlaridir. Mazkur asarlar Gippokrat 
kodeksning shedevrlari hisoblanadi. Gippokratning asosiy ilmiy ishlar qatoriga 
yana falsafiy, axloqiy – tarbiyaviy va etnik yoʻnalishlardagi quyidagi asarlarni 
qoʻshish zarur: “Qasamyod”, “Qonun”, “Hakim haqida”, “Yaxshi xulq atvor 
haqida”, “Tarbiya”. Bu asarlar orqali Gippokrat ilmiy tibbiyottni ilmiy 
insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orib, tibbiyot etiketining asosiy atmoyillarini 
belgilab bergan. Gippokratgacha boʻlgan davrlarda odamlar kasalliklarni “yovuz 
ruhlar” yoki, sehr – jodular orqali keladi deb tasavvur qilishardi. Shu tufayli 
Gippokratning kasallik sabablarini aniqlashga nisbatan yondoshuvi oʻz davri uchun 
mutlaqo yangilik boʻlgan. Ya’ni u, kasalliklarni odamlarga ma’budlar yoki boshqa 
g‘ayritabiiy kuchlar yuborishmasligini balki, ular butunlay tabiiy sabablarga 
yuzaga kelishini ilmiy asoslashga birinchilardan boʻlib urinish boshladi. 
Gippokratning eng buyuk hizmatlari ham aynan shunda boʻlib, u tibbiyotni 
mavhum tushunchalarga asoslangan empirizmdan ajratib koʻrsatib, tib ilmini 
haqiqatga zid boʻlgan uydirma falsafiy nazariyalardan tozaladi. Tibbiyot va falsafa 
fanlariga ikki bir-biriga uzviy bog‘liq sohalar sifatida yondoshuvchi Gippokrat, 
ularning ikkalasini ham ma’lum chegaralar belgilagan holatda, ammo mohirona 
uyg‘unlik bilan tadqiq va tahlil eta olgan. Barcha ilmiy va adabiy asarlarida 
Gippokratning xulosalar chiqarish va kuzatuvchanlikning dohiyona namunalarini 
koʻrish mumkin. Uning mantiqiy fikrlari shu darajada mukammal xulosalanadiki, 
barcha keltirilgan mulohazalar uchun qat’iy tekshirilgan dalillar va isbotlar ilova 
qilib boriladi. Gippokratning tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holatdagi, 
kasallikni kechishi, bosqichlari va davo usullarining samaradorligi boʻyicha 
erishgan yutuqlari uning oʻz zamonasidayoq katta obroʻ va shuhratga erishishiga 
sabab boʻlgan. Gippokratning davomchilari, uning ishlarini va ilmiy faoliyatini 
davom ettiruvchi Kos maktabini tashkil qilishgan va bu tib ilmi maktabi uzoq yillar 
davomida yirik tibbiyot dorilfununi sifatida faoliyat yuritgan. Aynan oʻsha Kos 
tibbiyot maktabining ilmiyi faoliyati, hozirgi zamon tibbiyotining yoʻnalishini 
belgilab bergan degan fikrlar ham mavjud. Gippokrat asarlari kasalliklarning tashqi 
ta’sirlar – atmosfera, fasl, shamol, suv, va ularning natijasi – koʻrsatilgan ta’sirlar 
oqibatida odam tanasidagi fiziologik oʻzgarishlarni kuzatishlarning mufassal 
bayonlarini keltiradi. Bu asarlarda turli mamlakatlarning iqlimiy sharoitlari haqida 
ham ma’lumotlar keltirilib, mazkur mamlakat, orol yoki muayyan joyning 
meteorolgik shart – sharoitlaridan kelib chiqib, kasalliklarning qanday rivojlanishi 
mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Umuman olganda Gippokrat kasalliklarni 
sabablariga koʻra ikki toifaga tasniflaydi: Iqlim, tuproq, va irsiy omillar tufayli 
paydo boʻladigan “Umumiy” kasalliklar hamda, odamning yoshi, ovqatlanishi, 
yashash va mehnat sharoitlaridan kelib chiquvchi “Shahsiy” sabablar. Mazkur 
omillarning odam tanasiga me’yoriy ta’siri, undagi suyuqliklarning toʻg‘ri 


47 
taqsimlanishi va harakati jarayonlarini belgilaydi va bu uning uchun sog‘lomlik 
hisoblanadi. Gippokrat asarlarida voqe’likning mohiyatini anglashga boʻlgan 
chanqoq intilish diqqatga sazovor. Hakim eng avvalo bemor ahvoliga teran nigoh 
bilan nazar tashlaydi. Tashxis va davolashning barcha natijalarini muttasiq qayd 
qilib boradi. Yetti jilddan iborat “Epidemiyalar” asarida hakim, shundoqqina 
bemor huzuridan yozib borilgan qaydlarni mufassal shrhlari va ilovalari bilan 
bayon qilgan. Mazkur asarda, bemorni davolash jarayonida kuzatilgan oʻzgarishlar, 
davo vositalarining ta’sirlari haqidagi tajribalar tizimlashmagan ma’lumotlar 
shaklida keltiriladi. Shuningdek bu asarda, matn mazmuniga muofiq kelmaydigan, 
butunlay boshqa mulohazalar ham uchraydiki, huddi muallif aqliga kelib qolgan 
fikr va mulohazalarni yoʻl – yoʻlakay va darhol yozib olgandek taasurot uyg‘otadi. 
Masalan, shunday sinkov mulohazalardan biri, bemorni qanday koʻrikdan 
oʻtkazish haqida borib, unda hakim bunday yozadi: “Bemor tanasini koʻrikdan 
oʻtkazish – yaxlit jarayon: u bilim, tinglay olish, hid bilish, sezgirlik, til bilish va 
mulohaza qila olish qobiliyatlarini talab qiladi.” Ushbu matn davomida esa: 
“tashxis qoʻyilishi lozim boʻlgan kasalliklarga taaluqli omillardan, odamlarning 
umumiy tabiati va har qanday odamning oʻz tabiati, bemorning kasalligi, unga 
nima tegishli boʻlsa tegishlilardan, shunga binoanki, ulardan qaysi biridan bemorga 
yengillik yoki qiyinchilik yetishidan; bundan tashqari osmon hodisaarining 
umumiy va xususiy holatlaridan, har xil mamlakatlardan, odatlaridan, oqatlanish 
tarzidan, hayot turidan, har bir bemorning yoshidan, va nutqidan, xulqi, sukuti, 
fikrlari, tushlari, uyqusi, uyqusizligi, tushlarining qanaqaligi va qachon koʻrishi, 
qichishishi, koʻz yoshlari, kasallikning tutilib – tutilib kechish, siydik, safro, qayt 
qilishi kabilardan qaraladi. Shuningdek, kasalliklardagi oʻzgarishlarga ham qarash 
kerak: qandaylaridan qaysilari yuz beryapti, oʻlimga olib boruvchlari, yoki, 
majruhlikka olib boruvchilari, keyin esa – terlashni, qaltirashni, sovuqotish, 
yoʻtalish, chuchkurish, hiqichoq, nafas olish, esnash, kekirish, tovushli yoki sassiz 
yel, qon chiqishi, gemorroylarni ham tekshirish. Ushbu barcha belgilardan kelib 
chiqib, hamda, ular nima orqali paydo boʻlayotganini aniqlab, – koʻrik va tekshiruv 
olibborish kerak.” Shunisi e’tiborga molikki, hakim, tashxis qoʻyish va 
davolashning katta koʻlamiga, bemorning nafaqat joriy kasalligini, balki, undan 
avvalgi yuz bergan betobliklarini va ulardan qolga asortalarni ham hisobga olgan 
holatda yondoshadi. U bemor ham boshqa barcha odamlardek oddiy odam 
ekanligini, uni anglash uchun boshqalarni ham anglash lozimligini unutmaslik 
kerak deb ta’kidlaydi. Uning uchun haattoki bemorning sukuti ham koʻrsatma 
boʻlib hizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. U kasalliklarni doimiy kuzatib borib, 
uni aniq bosqichlarga ajratish kerakligini ham ta’kidlaydi. Ayniqsa, tutqanoq 
kelishi davri, istimali, oʻtkirlashish (yoki keskinlashish) davrlarini hamda 
bemorning tushkunlikka tushish holatini ajratadi, shuningdek, uning ta’limotiga 
koʻra, organizm birikmagan, hazm boʻlmagan suyuqliklardan qutulib, kasallikning 
“sinishi” paytini mavjudligini ta’kidlaydi. “Boʻg‘imlar haqida” va “Sinishlar 
haqida” asarlarida, jarrohlik amaliyotlari va operatsiyalar haqida tafsilotlar bilan, 
mukamal bayon qilinadi. Gippokrat qoʻlyozmalaridan shu narsa ma’lum boʻladiki, 
jarrohlik qadim davrlardayoq yuqori sifat va darajada bajarilgan; bizning davrimiz 
tibbiyotida ham qoʻllaniladigan turli jarrohlik asboblari hamda bog‘lov 


48 
vositalaridan foydalanilgan. “Oʻg‘ir hastaliklarda parxez haqida” asarida Gippokrat 
kasallik shakli – oʻtkir, mavsumiy, jarrohlikka oidligiga qarab turlicha parxez 
usullarida ovqatlanish zarurligini uqtiradi va bu bilan hakim, ratsional 
dietologiyaga 
asos 
soladi. 
Gippokrat 
hayotligidayoq 
shon 
sharafga 
burkandi.[1][3][5] 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling