Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat
52 YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI Sattorova Mahliyo Abdumalik qizi, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda yoshlarning o‘rni, shuningdek, yoshlarimizni tarbiyalashda ta’lim, kitobxonlikning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kalit so‘zlar: Mustaqillik, ma’naviyat, xalqchil, adolatparvar, yoshlar, tarbiya, kitob, mafkura, Renessans, Yangi O‘zbekiston. Абстрактный: В данной статье были высказаны мнения о роли молодежи в построении основ третьего возрождения нового Узбекистана, а также роли образования и чтения в воспитании нашей молодежи. Ключевые слова: Независимост, духовность, популярный, справедливый, молодые, люди, образование, книга, идеология, эпоха Возрождения, Новый Узбекистан. Abstract: In this article, opinions were expressed about the role of young people in building the foundations of the Third Renaissance in the New Uzbekistan, as well as the role of education and reading in educating our youth. Oʻzbekiston haqiqiy maʼnoda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulgʻayotgan yigʻit-qizlarning orzulari va oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining tashabbusi va qoʻllab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda koʻmak beradi. Prezident Shavkat Mirziyovning: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, soʻzlari yoshlar uchun katta marralar sari yoʻl ochdi. Vaqt o‘tib borar ekan dunyo ham, undagi davlatlar ham o‘zgarib, yangilanib boradi. Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan bizning O‘zbekistonimiz ham yildan yilga o‘zgarib bormoqda. Agar O‘zbekistonning uzoq o‘tmishiga nazar solsak ham, yurtimiz uzoq qadimdanoq obod o‘lkalardan bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi buyuk mustaqil O‘zbekistonning yaqin o‘tmishi, ya’ni mustaqillikka erishish davridagi tarixi haqida esa muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev quyidagi so‘zlarni ta’kidlab o‘tgan. “Zamonaviy O‘zbekistonning tarixi - bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir” [1] Darhaqiqat, O‘zbekiston yurti podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng, mustaqillik uchun doimo intilib yashagan. Nihoyat muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov davrida O‘zbekiston mustaqil 53 davlatga aylandi va chorak asr davomida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Mana hozirgi davrga kelib ham yurtimiz yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida tubdan o‘zgarishlar sari sobit qadam bilan odimlab bormoqda. Albatta, bu sobit qadamlar ila olg‘a borishimizda muhtaram prezidentimizning xalqchilligi, adolatparvarligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yangi O‘zbekistonning shakllanishi, unda ma’rifatli jamiyat yaratilishi hamda bu jarayonlarda mamlakatimiz yoshlarining ishtiroki va ularning qo‘shajak hissasi beqiyosligi borasida ham yurtboshimizning o‘zi doimo ta’kidlamoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida quyidagi so‘zlarni aytib o‘tgan. “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimizning qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.” [2] Butun dunyo davlatlari boshliqlari oldida ishonch bilan gapirilgan bu gaplar, nechog‘lik mamlakatimizda yoshlarga ishonch qanday ekanini ko‘rsatib beradi. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash va ularning ma’naviy barkamolligini shakllantirish vazifasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi hech kimga sir emas. Globallashuv jarayoni va uning salbiy oqibatlaridan biri bo‘lmish ommaviy madaniyatning yoshlar onggiga tasiri nuqtai nazaridan olib qaralganda, ma’naviyati yuksak, aqlan barkamol va ma’nan yetuk shaxslarni yetishtirish birmuncha mas’uliyatli va jiddiy vazifadir. Yoshlarning ma`naviyatini yuksaltirish uchun ular ongida ma’naviyat tushunchasini chuqur singdirish, qolaversa, birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’biri bilan aytganda “Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insonni tushunish, anglash kerak” ligini ya’ni insonning o‘zligini,qadr-qimmatini anglamog‘i uchun qo‘ldan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rish lozim. Keling, dastlab so‘zimizni ma’naviyat tushunchasiga berilgan izohlar bilan davom ettirsak, zero, ma’naviyat tushunchasini tushunmay turib ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashlik amrimahol. Istiqlolga erishganimizdan keyin dastlabki yillarda “Oʻzbekiston - kelajagi buyuk davlat” shiori olgʻa surildi. U amalda milliy gʻoya vazifasini oʻtadi va xalqni birlashtirishda, safarbar etishda katta rol oʻynadi. Mazkur jozibali shiorda urgʻu jamiyatga emas, davlatga berilgandi. Keyinchalik milliy gʻoya shaklan takomillashtirilganda “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” iborasi olgʻa surildi. Unda urgʻu siyosiy tashkilotga (davlatga) emas, balki har kishi uchun, siyosiy, mafkuraviy qarashlaridan qatʼi nazar, birdek aziz Vatanga hamda shaxs va jamiyat hech qachon befarq boʻlmaydigan erkinlikka va farovonlikka qoʻyildi. Milliy gʻoyaning bunday tushunchaviy ifodasi ancha mukammallik kasb etdi. Ammo uning mazmunini, uni amalga oshirish vazifalarini ochib berishga yetarlicha masʼuliyat bilan yondashilmadi. Ayniqsa, u islohotlarning yoʻnalishlari, sohalari, turli bosqichlari, amaldagi va ehtimoldagi muammolari bilan bogʻlanmadi. Natijada u mafkuraviy chaqiriq, quruq shior darajasida qolib ketdi. Aniq muammolar va vazifalardan yiroqligi uchun odamlarga taʼsiri asta-sekin susaya boshladi. Katta qiziqish va xayrixohlik bilan kutib olingan “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” bugun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotimizga real 54 taʼsir koʻrsatayotirmi, degan savolga aniq javob berish ancha mushkul. Milliygʻoyanijonlantirishuchun uni Uchinchi Renessans gʻoyasi bilan boyitish zarur. Faqat Uchinchi Renessansni amalga oshirib, biz ozod va obod Vatanda erkin va farovon hayotni barpo eta olamiz. Yoki, yana qulayrogʻi, Uchinchi Renessansga erishishni milliy gʻoyaning yangi ifodasi, deb eʼlon qilish maqsadga muvofiq. Xuddi shunday milliy identligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va sanʼatimizni yetarlicha oʻrgatishning optimal yoʻllarini topmogʻimiz lozim. Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmogʻi darkor. Milliy gʻoya joriy vazifalarni emas, balki strategik oliy maqsadni ifodalaydi. Shu maʼnoda Uchinchi Renessans gʻoyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. Mazkur gʻoyaning safarbarlik kuchi, umuman, mafkuraviy salohiyati juda yuqori. Ayni chogʻda oʻtmish tariximizning shonli sahifalari, buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan bogʻlanadi. Bizga mazkur tushuncha kimlarning vorislari ekanimizni eslatib turadi. Yangi Renessans yoʻlida xalqimiz turli mayda, vaqtinchalik masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik, mafkuraviy mutaassiblikning har xil koʻrinishlariga chalgʻimasligi kerak. Tarixsaboqlariniunutishgahaqqimizyoʻq. Uchinchi Renessans gʻoyasi milliy ruhiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin. Zotan, xalq ilgari oqqan daryosi yana oqishini astoydil istaydi. O‘ylaymanki ta’lim – tarbiya sohasida faolit olib borayotgan barcha jonkuyarlar birlashsak, yurtboshimizga qanot bo‘lsak o‘sib kelayotgan yoshlarimiz Vatanimiz mavqeyini , obrosini bundanda yuksaklarga ko‘taradi. Xulosa qilish o‘rnida bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman, ma’rifatli jamiyatdagi yoshlarni o‘rni deyilganda, o‘n yillab ortga qaytmagan holda, yaqin kunlardagi vaqelikdan xulosa yasaymiz. 2021-yilning 26 – 30- dekabr kunlari Polshaning Varshava shahrida o‘tkazilgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida o‘n yetti yoshlik o‘zbek o‘g‘loni Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tarixga kirdi. Butun jahonda O‘zbekistonning bu yosh o‘g‘loni ko‘rsatgan natijasi Yangi O‘zbekistonimizda ma’rifatli jamiyatni yaratishda yoshlarning salohiyati nechog‘lik yetukligini ko‘rish mumkin. Albatta bu ilmning natijasi, mashaqqatli mehnat natijasi, tinchlikning natijasi, albatta bu ma’rifat yetukligining natijasi. Yangi O‘zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir. Dunyo hamjamiyatida O‘zbekiston ana shunday sobit qadamlar bilan odimlab borar ekan quyida yozilajak shior yurtimizning ertangi kunga ishonch ila yosh avlodlar bilan olg‘a borishini ko‘rsatadi. “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat” Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling