Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
bo‘lmaydi!” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish;
- dinning asl mazmun-mohiyatini teran ochib berish orqali harbiy xizmatchilarga ezgulik va rahmdillik an’analarini singdirish, insonparvarlik va mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirish hamda ularni milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom, fidoyilik va sadoqat, halollik va poklik, mustaqil fikr va sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash; - harbiy xizmatchilarning estetik tarbiyasini kuchaytirish, ularning madaniyat va san’atning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ushbu maqsadda adabiyot, kino, teatr, tasviriy san’at imkoniyatlaridan keng foydalanishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish. Madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkillashtirish tartibi quyidagilarni o/z ichiga oladi: - madaniy-ma’rifiy ishlar harbiy okrug va brigadalarda oylik rejasiga alohida bo‘lim sifatida kiritilib, mazkur bo‘lim asosida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning reja ssenariylari va ssenariylari hisobot uchun tikib borishni yo‘lga ko‘yish; 4 “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining Ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori . https://lex.uz/docs/-3854496 58 - mazkur bo‘limda turli mavzudagi “Zakovat”, “Zinama-zina”, “Intellektual ring”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Eng yaxshi kitobxon” kabi tanlovlar o‘tkazish, garnizon ofitserlar uylari badiiy havaskorlik jamoasining harbiy qismlardagi konsert dasturini tashkillashtirish, davlat bayramlari, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlarimiz va allomalar faoliyatiga oid madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, harbiy jamoalarni jipslashtirishga mo‘ljallangan “Team building” jamoaviy o‘yinlarini o‘tkazish tadbirlarini rejalashtirish; - madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda garnizon madaniyat-marifat markazlari, harbiy qism klubi, kutubxonasi imkoniyatlaridan keng foydalaniladi, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi; - madaniy-ma’rifiy tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida maxalliy madaniyat va san’at muassasalari hamda badiiy uyushmalar bilan uzviy hamkorlik o‘rnatiladi; - har bir guruhda shtatdan tashqari madaniy tadbirlar tashkilotchisi tayinlanishi lozim. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy sohalarida mavjud bо‘lgan muammolarni ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin. Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki qayerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak darajada bо‘lsa, о‘sha joyda, о‘sha mamlakatda johillik, hasadgо‘ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tyekinxо‘rlik, g‘iybat qilishlik, kо‘rolmaslik, yovuzlik, qо‘paruvchilik, о‘z vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik kо‘rinishlariga о‘rin qolmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling