Metodikalari kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram
Ключевые слова: духовность, просвещение, воспитание, военное,
содержание, сущность, досуг, культура, музей, руководство. Annotation. The article is devoted to methodological issues of spiritual and educational growth of youth. The concept of increasing the effectiveness of spiritual and educational work in the system of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan highlights the priority areas and basic principles of spiritual and educational work. Keywords: spirituality, enlightenment, education, military, content, essence, leisure, culture, museum, leadership. Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biri yuqori professional, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatli, fidoyi va mard harbiy xizmatchilarni tarbiyalash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy bosh Qo‘mondoni 56 Mirziyoev Shavkat Miromonovich boshchiligida milliy armiyamizni tubdan isloh qilish va rivojlantirish, davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lami ishlar amalga oshirib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasining qabul qilingani, armiya va xalk birligini ta’minlash borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikdagi ishlarning kuchaytirilgani milliy armiyamiz saflarini mustahkam iroda, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini bermoqda. Qo‘shinlarning ma’naviy-axloqiy asoslari harbiy xizmatchilarning O‘zbekiston xalkiga, Prezidentiga va Harbiy qasamyodiga cheksiz sodiqligi, yuksak vatanparvarligi, ma’naviy va axloqiy fazilatlari, kim uchun va nima uchun harbiy burchini ado etayotganini chuqur anglashi, Vatan uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lishini tashkil etadi. Harbiy xizmatchilarda bu kabi hislatlarni shakllantirish va takomillashtirishda bir qancha mehnat hamda barcha toifadagi kichik va katta komandirlardan, mansabdor shaxslardan doimiy e’tibor talab etiladi. Qo‘shinlarda madaniy-ma’rifiy ishlar shaxsiy tarkibning ruhiy-emotsional va ahloqiy-ruhiy holatini yukori darajaga ko‘tarish, harbiy xizmatchilarni yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga safarbar etish maqsadida tashkil etiladi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sifatli madaniy xordik chiqarishlari va maroqli dam olishlarini ta’minlash - madaniy-ma’rifiy ishlarining asosiy vazifasi etib belgilangan. U harbiy xizmatchilar ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga nisbatan extirom hislarini oshirish, shaxsiy tarkibni madaniyat va san’at orqali tarbiyalash hamda madaniy xordik chiqarishi bo‘yicha tashkil etiladigan faoliyati hisoblanadi. Madaniy-ma’rifiy ishlar harbiy madaniyat muassasalari (Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, garnizon ofitserlar uyi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, klublar, harbiy orkestrlar, kutubxonalar) faoliyatiga raxbarlik qilishni, estetik tarbiyani tashkil etishni, ommaviy madaniy tadbirlar o‘tkazishni, harbiy xizmatchilarni muzey, teatr va konsertlarga tashriflarini uyushtirishni o‘z ichiga oladi. Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni jismoniy va manaviy sog‘lom, Ona Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, shonli tariximizdan ibrat olib, undan faxrlanib yashashlari uchun barcha kuch va imkoniyatimizni to‘liq safarbar etamiz. Jahonda mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan, axborot makonida turli xavf-xatar va tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi sharoitda barchamiz doimiy ogoh va sezgir, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishimiz kerak. Ayniqsa, adashib, yot g‘oyalar tasiriga tushgan shaxslar va ularning farzandlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni sog‘lom turmush tarziga, to‘g‘ri yo‘lga qaytarishda harbiy xizmatchilarimiz davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor 57 yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, ta’lim-tarbiya institutlarining o‘zaro hamkorlikdagi roli va ahamiyatini milliy va xalqaro huquqiy normalarini hisobga olgan holda belgilab beradi 4 . Qurolli Kuchlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish bo‘yicha konsepsiya bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Vazifalar qatoridan quyidagilar o‘z o‘rnini olgan: - harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan yagona tizimini yaratish; - harbiy xizmatchilarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish; - harbiy xizmatchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini tizimli va izchil ravishda yetkazish hamda dunyoda va yon- atrofimizda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, mas’uliyat, fidoyilikni oshirish; - milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o‘rganish hamda tahlil etish, Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida harbiy xizmatchilarda “O‘zbekiston xalqi hech qachon, hech kimga qaram Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling