«Modomiki, o‘z
tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan
xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz,
xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz
zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur.
Agar olimlarimizning ilmiy tadqiqot
ishlari zamirida ana shu
fikr, ana shu maqsad bo‘lmasa, ularning sariq chaqalik ahamiya-
ti yo‘q», — degan so‘zlari bilan Birinchi Prezidentimiz tarixchi
lar oldiga ilmiy jihatdan asoslangan va haqqoniy tarixni yaratish
vazifasini qo‘ygan edi1. Bu bilan tarixni o‘rganishning mazmun
jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga yo‘l ochib berildi. Shu
nuqtayi nazardan 1998-yildan boshlab bugungi kungacha yaratil
gan
ilmiy asarlar, risolalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarida tarix
ni o‘rganishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jihatlariga katta e’ti
bor berilmoqda.
Shu o ‘rinda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pezidenti
I.A. Karimovning quyidagi so‘zlari g‘oyat o‘rinlidir: «Maqsad
shuki, fanda bizning tarixiy tom irlarim izni aniqlaydigan, milliy
g‘ururim izni yuksaltiradigan yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishi
kerak.
Bir so‘z
bilan aytganda, davlatimiz, millatimizning haqqoniy
ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat mu
him va dolzarb masalaga aylanishi lozim»2.
Tayanch tushunchalar:
«Annallar maktabi», metod,
metodologiya, modellashtirish,
tarix, empirizm,
tarixiy tadqiqotlar, «klassik» (mumtoz) metodo
logiya, «klassik bo'lmagan» (noklassik) metodologiya, «post-
noklassik» metodologiya,
narrativ matn, manbaning matni,
tizimli-tahliliy yondashuv, dalil.
1 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 24—25-bb.
2 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 30—31 -bb.
/