Metodologiyasi


Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 3—4-bb


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 3—4-bb.
2 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 10—11-bb.
/


Rossiya imperiyasi tomonidan 0 ‘rta Osiyo xonliklarining bosib 
olinishi va mustamlakaga aylantirishi jarayonlarini manbalar va 
arxiv hujjatlari asosida haqqoniy va obyektiv yoritishga intilish 
muhim o‘rin egallaydi.
U chinchi davr 0 ‘zbekiston Respublikasi m ustaqillik yil- 
lari tarixshunosligi (1991-yil 31-avgust — bugungi kunlargacha) 
tashkil etadi. Bu davrda amalga oshirilgan va bugungi kun­
da olib borilayotgan tadqiqotlar o‘zining xolisligi, tarixiyligi, 
ilmiyligi va masalaga obyektiv yondashuvi jihatlari bilan xu- 
susiyatlanadi.
Mustaqillik davri tarixshunosligini yuqoridagilarni inobatga 
olgan holda ikki qismga ajratish mumkin:
Birinchi qismi - 1991-yil 31-avgust — 1998-yil 28-iyun. 
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kirit- 
gach, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, tarix fani sohasida ham 
yangilanishlar amalga oshirila boshlandi. Tarixiy tadqiqotlarda 
nafaqat o‘zbek xonliklari tarixini, balki 0 ‘zbekiston tarixining 
barcha sohalarini ilmiy jihatdan obyektiv ravishda o‘rganish, tari- 
xiylikka va xolislikka rioya etish shakllanib bordi. Bunda m an­
balarga va tarixiy hujjatlarga asoslangan holda tarixni yoritishga 
bolgan e’tibor birinchi o‘ringa ko‘tarila boshlandi. Biroq, tarixni 
har tomonlama mukammal ravishda tadqiq etish borasida kam- 
chiliklar ko'zga tashlana boshlandi.
Mustaqillik davri tarixshunosligining ikkinchi qismi — ya’ni 
1998-yil 28-iyundan boshlanib, bugungi kunlarda ham davom et- 
moqda. Bu yillar mobaynida tarixni o‘rganishga bo‘lgan munosa- 
bat mazmun va mohiyat jihatdan tubdan yangilanish bosqichiga 
ko‘tarildi. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Preziden­
ti I.A. Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuvi ham ­
da 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti 
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmoni katta ahamiyat 
kasb etdi1.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling