Metodologiyasi


tarixshunoslik masalalari


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

tarixshunoslik masalalari
0 ‘zbekistonning bir necha ming yillarga borib taqaladigan 
qadimiy tarixi, uning davlatchilik masalalari, ajdodlarimizning 
moddiy va ma’naviy merosi, o‘zbek xalqining shakllanishi va et-
______________
/'

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 29-b.
2 Jo‘rayev N. Tarix faslafasining nazariy asoslari. — Т.: Ma’naviyat. 2008. 39-b.


nik jarayonlar va boshqa ko‘plab tariximizga taalluqli jihatlariga 
oid minglab nodir qo‘lyozmalar va boshqa manbalar yaratilgan.
Keyingi ikki asr mobaynida o‘tmish tarixni tadqiq etish borasi- 
da ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Garchi bu tadqiqotlar­
ning natijalari, ilmiy xulosalari turlicha mazmunga ega bo‘lsada, 
ulardagi mavjud holatlarni tadqiq qilish va tanqidiy tahlil qilish 
orqali tarixiy tadqiqotlardagi to‘g‘ri va noto‘g‘ri yondashuvlarni 
aniqlagan holda tarixiy jarayonlar va ularning asl mohiyati haqi­
da haqqoniy xulosalarga kelish mumkin. Bu borada tarixshunos- 
likning ahamiyati beqiyosdir.
0 ‘zbekiston tarixining XVII—XIX asrlar — o'zbek xonliklari 
davri haqida 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Ka- 
rimov quyidagilarni alohida ta’kidlaydi:
«Nega jahonga Ahmad Farg‘oniy, M uhammad Xorazmiy
Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Am ir Temur
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu 
millat XVII—XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuk- 
salish darajalaridan tushib ketdi? Nega so‘nggi uch asr mobayni­
da boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qat- 
tiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o‘lkamizni nisbatan 
oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o‘rni bo‘lmaganmi- 
kan? Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shun­
day savollarga duch keladi va, aminmanki, to‘g‘ri xulosalar chiqa- 
radi. Tarixiy xotirasi bor inson — irodali inson. Takror aytaman, 
irodali insondir.
Kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z 
o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil 
aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni 
hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»1.
Shu o‘rinda o‘zbek xonliklari tarixining o‘rganilishi orqali 
tarixshunoslikning ayrim jihatlariga e’tibor qaratishimiz m um ­
kin.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling