Metodologiyasi
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 3—4-bb
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 3—4-bb.
2 « 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2004, 8-jild. 274-b. XX asrning boshida milliy davriy matbuot «Sadoi Farg‘ona», «Sadoi Turkiston», «Оупа», «Najot», «Hurriyat» sahifalarida 0 ‘zbekiston tarixi muammolariga oid ilk maqolalar e’lon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyan dalari bo‘lib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, o‘zlik- ni anglashda tarix fanining o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatida tarix muammolari- ni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson bo‘lib yetishishda va jamiyatni boshqarishda tarix fanining o‘rni beqiyosligini ta’kidlaydi. U «Tarix va jug‘rofiya», «Turkiston tari xi», «Sart so‘zi majhuldir» kabi asarlarida faqatgina Vatan tarixini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi ha qida so‘z yuritadi. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir», degan xitobi tarix tajribasida o‘zining to‘g‘riligini isbotladi1. Tarix fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmoqli hissa qo‘shdi, uning — «Tarix millatimizning, o‘tmishimizning taraqqiyoti- ni hamda tanazzulining sabablarini o‘rganadigan fandir», degan so‘zlari tarix fani sohasida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Sobiq sovetlar hokimiyati davrida tarixni o‘rganishda bir yoq- lamalikka yo‘l qo‘yildi. Bu davrda ayniqsa Rossiyaning 0 ‘rta Osiyodagi mustamlakachiligi tarixini o‘rganishda Sovet mafkura- si rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yo‘l berilmadi, tarix fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiy-tarixiy tafakkur hukmron maf- kura nazorati ostida bo‘lganligi tufayli juda ko‘p masalalarning asl mohiyatini ko‘rsatib berish imkoni bo‘lmadi, natijada tarixni soxtalashtirish kuchayib ketdi2. Shu o‘rinda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlari muhim ahamiyat kasb etadi: «... dunyo xalqlari va xususan yurtimiz tarixiy taraqqiyot yo‘li- ning asosiy qonuniyatlarini mantiqiy tahlil qilsak, shu narsa ayon Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling