Metodologiyasi
Qarang: Коллинтвуд Р.Дж. Идея истории; Автобиография. — М., 1980
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Qarang: Коллинтвуд Р.Дж. Идея истории; Автобиография. — М., 1980.
rixchining hunari») kitobidir. M uallif o‘z asarida pozitivistlar va neokantchilar qarashlariga qarshi chiqib, o‘zining yangi qarash- iarini bayon qiladi. U «voqeaviy» va tavsifiy xususiyatga asos- lanilgan tarixni tanqid qilib, ikkinchi jahon urushidan keyin keng tarqalgan tizimli-tahliliy yondashuvni taklif qildi1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda tarix fani meto- dologiyasi borasidagi bahs va munozaralar yana avj oldi. Yangi nazariy-falsafiy qarashlar shakllanib, ijtimoiy va gumanitar fan- larda fanlararo yondashuv qaror topdi. Avvaldan mavjud bo‘lib kelgan bahs — tarixning fan ekanligi (stiyensistlar) yoki san’at va adabiyotning bir ko‘rinishi ekanligi (antistiyensistlar) borasida gi eng yirik olimlar ishtirokidagi bahslar yana avj oldi. 1962-yil- da Londonda E.Karrning «What is History?»2 («Tarix nima?») nomli asari nashr etildi. Bu kitobda R.Kollingvuddan so£ng bi- rinchi marotaba tarixiy bilish va tarixiy jarayonning bir tizimga solingan tahlili berildi. Asar faqatgina Buyuk Britaniyada emas, boshqa mamlakatlarda ham keng tarqaldi. Muallif pozitivistlar qarashlariga xos bolgan manbalarga «topinish» (dalillarning ilo- hiylashtirilishi) g‘oyasiga mutlaqo qarshi chiqdi. Har bir dalil (fakt) subyektiv holat — interpretatsiya bilan bog'liq. Bunda ta rixchining shaxsiy qarashlari va ijtimoiy mansubligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim, deb ko‘rsatadi. U L.Rankening ta rixni «qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha» ko‘rsatish ke rak degan fikrini nostalgik romantizm (his-tuyg‘ularga berilgan holda ideal qahramonlarni qo‘msash) deb hisobladi. Ayni vaqt da u «dalil (fakt)lar hech nima, interpretatsiya — hamma narsa» deb hisoblagan prezentistlarning fikriga ham qat’iy qarshi chiq di. Bu fikrning bir tomondan to‘g‘riligi shundaki, dalillar (fakt lar) tarixchisiz hech nima, biroq tarixchi ham dalillar (faktlar)siz hech kim. E.Karrning ta’kidlashicha, tarixga qurama (aralash) dalillar (faktlar)ning yig‘indisi sifatida qarash yoki tarixchining Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling