Metodologiyasi


М.Блок. «Апология истории или ремесло историка». — М., 1973


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 М.Блок. «Апология истории или ремесло историка». — М., 1973
2 Carr Е.Н. What is History?


subyektiv aqliy mahsuli sifatida qarash maqsadga muvofiq emas. 
Garchi ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yilsada, obyektiv interpretatsi- 
ya muhimdir. E.Karr tarixda sababiylik nazariyasi hamda o‘sha 
vaqtlarda turli e’tirozlarga sabab bo‘lgan rivojlanish g‘oyasini il­
gari surgan edi.
E.Karrning rivojlanish g‘oyasi borasidagi fikrlarini keyincha- 
lik D.Plam va S.Polard ham qo‘llab-quvvatladilar. Biroq neo­
kantchilik tarafdori bo‘lgan I.Berlin E.Karr fikrlari bilan bahsga 
kirishib, uning tarixdagi sababiylik nazariyasini tanqid qildi. U 
Karrni «tarixni o‘z xususiyatiga ega bo‘lmagan tushunchaga ham­
da insonni qo‘g‘irchoqqa aylantirayotganligi» haqida fikr bildirdi.
I.Berlinning fikrlari noto‘g‘ri bo‘lsada, keyinchalik «tarixning 
ilmiy asosga ega emasligi» borasidagi g‘oyani quvvatlantirdi. I960 
yilda I. Berlin o‘zi tashkil qilgan «Tarix va nazariya» («История 
и теория») nomli jurnalida tarixning san’atga yaqinligi borasida­
gi asossiz qarashlarini ilgari sura boshladi. I.Berlinning fikri­
cha tarixchining vazifasi tarixiy jarayon bo‘yicha betakror por- 
tret yaratish, tushunchaga oid nazariya yaratish esa shart emas, 
ilmiy tarix esa amalga oshmaydigan xomxayoldir. Harchand keng 
targ'ib qilinsada, uning bu mulohazalari tarixchilar tomonidan 
qabul qilinmadi.
Bu davrda muhokama va munozaralarga sabab bo‘lgan tu- 
shunchalardan biri - fanlararo yondashuv edi. Tarix fanining 
yangilanishi tarafdorlaridan biri sifatida London universiteti pro- 
fessori J.Barraklou tanildi. U neokantchilarning tarixning ilmiy- 
ligiga qarshi bildirgan fikrlariga qat’iy ravishda e’tirozlar bildirdi. 
U tarixchilar tomonidan boshqa ijtimoiy va gumanitar fanlarning 
ilmiy tadqiqot metodlaridan kam foydalanilayotganligini alohida 
ko‘rsatib o‘tdi. Bu tarixiy tadqiqot ishlari va ularning ilmiy-na- 
zariy darajasini pasaytirib yuboradi, hamma narsani dalil (fakt) 
lar bilan bog‘lash kerak emas, nazariya ham har qanday ilmiy 
metodning asosi hisoblanadi.
1978-yilda uning «Новые тенденции истории» («Tarixning 
yangi qarashlari») kitobi nashr etildi. Bu kitobda u sodda siyosiy


tarixchilikdan voz kechib, tarix fanining kolam ini kengaytirish 
fikrini ilgari surib chiqdi. Bunda u tarixchilar va tarixiy tadqiqot­
larning individuallashgan (alohida yakka jarayonni yoki holatni 
tadqiqot jarayonida ustun qo‘yish) tarixdan generallashgan tarix- 
ga, ya’ni jarayonlarni o‘rganishdan boshlab tizimlarni o‘rganish- 
gacha, tavsiflashdan tahlilga o lish i kerakligi to‘g‘risidagi fikrini 
ilgari surdi. Ijtimoiy tarixni o‘rganish birinchi o‘ringa ko‘tarilishi 
va alohida e’tibor qaratilishi va bu jarayonda tarix milliy afsona- 
lardan xoli bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi.
Bu davrda traditsionalistlar («an’anaviychilar») ham bir qa­
tor fikrlarni o‘rtaga tashlaganlar. 1967-yilda taniqli mediyevist
D.Eltonning matematik metodlar, fanlararo yondashuv hamda 
sotsiologik kategoriyalardan foydalanishga qarshi yo‘naltirilgan 
«Практика истории» («Tarix amaliyoti») nomli kitobi chiqdi. U 
«avtonom» tarixiy yondashuv tarafdori bolib, zamonaviy davrni 
chiqarib tashlab, o‘tmish tarixini o‘tmishning o‘zi uchun o‘rga- 
nish zarur, tarix qonuniyatlarni kashf etmasligi kerak, bu unga 
mumkin ham emas, degan g‘oyani ilgari suradi. 1970-yilda shu 
muallifning «Политическая история» («Siyosiy tarix») nomli 
kitobi nashr qilindi. Bunda u modellashtirishga qat’iy ravishda 
qarshi ekanligini bildirib, empirizm — nazariyadan ko‘ra ko‘proq 
amaliy yondashuvni (tajribani) mutlaq (absolut) darajaga ko‘tar- 
di, tarixchi jarayonlarning mohiyatini aniqlashi va sabablarini 
o‘rganishi m um kin emas, degan fikrni bildirib o‘tdi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, XX asrning 60-70-yillari- 
da tarix fani metodologiyasi borasida turli-tum an fikrlar ilgari 
surilgan b olib, ularning barchasida pozitivistlik, neokantchi- 
lik, strukturalizm va boshqalar o‘z aksini topgan. Bu faqatgi­
na metodologiya borasidagi bahslar avj olgan Buyuk Britaniya
Fransiya yoki Germaniyadagina emas, balki boshqa davlatlarda 
ham keng yoyildi.
Fransiyada «Annallar maktabi» («yilnomachilik maktabi» — 
qadimgi Misr, Yunoniston, Rimda mavjud bolgan7 yilnomachi­
lik) qarashlari ta’sirida «yangi» tarix fani paydo boldi.


«Annallar» harakatining yuzaga kelishi 1929-yilda Strasburg 
shahrida Lyusen Fevr (1878—1956) va Mark Bloklarning «Iqti­
sodiy va ijtimoiy tarix annallari» («Анналы экономической 
и социально истории») nomli jurnalining nashr etilishi bilan 
boshlandi.
Fransuz tarixchisi F.Brodel mintaqaviy va global (umumja- 
hon) tarixi bo‘yicha bir qator samarali fikrlar va metodlarni il­
gari surdi. Bular orasida fanlararo yondashuv, tizimli tarix, tari­
xiy vaqtning turli «tezliklari» va boshqalarni ko‘rish mumkin.
XX asrning 70-yillariga kelib, «lingvistik (tilshunoslik) buri­
lish» hamda semiotik «chaqiruvlar» yuzaga keldi. Tarixchining 
diqqat markaziga manbaning matni va narrativ matnni qo‘ygan 
postsrukturalizm yondashuvi shakllandi. Bu talqin tarafdorlari 
obyektiv tarixiy voqelik mavjudligini inkor qiladilar. Mantiqiy bi- 
lishga asoslangan matn mavjudligi bilan kifoyalanadilar. Ular­
ning fikricha, subyekt obyekt bilan qo‘shiladi, vaqt esa uydirma 
bilan uyg‘unlashadi. Tarixchilarni bilish nazariyalaridan voz ke- 
chib, badiiy mehnat va izlanish bilan shug‘ullanishga undaydilar. 
1973-yilda amerikalik tadqiqotchi X.Vaytning «Метаистория» 
nomli kitobi nashrdan chiqib, bunda muallif tomonidan asosiy 
metodlar sifatida ritorika (notiqlik), metafora (kinoya) va boshqa- 
lar ko‘rsatilgan.
X.Vaytning kitobiga javoban D. Elton qarshi fikr bildirib, 
bunday m etodlarning qabul qilinishi tarix uchun «fojiali» bo‘li- 
shi mumkin deb hisobladi. XX asrda tarixni o‘rganishda bir 
yoqlamalik yetakchi mavqeda bo‘lgan sobiq ittifoqda ham bir 
qator qarashlar shakllanib bordi va tarix fani metodologiyasi 
borasida ilmiy adabiyotlar nashr qilindi. Jum ladan, N.A.Yero- 
feyevning «Что такое история?» («Tarix nima?»), M.A.Barg- 
ning «Категории и методы исторической науки» («Tarix 
fanining kategoriyalari va metodlari») kitoblari nashr etilgan 
bo‘lsa, I.Kovalchenko dastlabkilardan bo‘lib matematik metod­
larni tarix tadqiqotlarida qo‘lladi. 1997-yilda amerikalik tarix­
chi A.Menslouning «Декорация истории» («Tarixning buzili-


shi») nomli kitobi chop etildi. Bunda an’anaviy tarixshunoslik 
tanqid ostiga olingan. Ayni vaqtda tarixiy tadqiqotlarda yuqori- 
da ko‘rsatib o‘tilgan bir qator metodlar tarixiy tadqiqotlarning 
asosiy metodlariga aylanib bordi.
Sobiq ittifoq tuzum i davrida tarixni o‘rganishga asosan ma- 
terialistik oqim asosida yondashib kelindi. XX asrning 60-yil- 
larigacha tarix fanining metodologiyasi mavjud emas, tarixni 
«tarixiy materializm» asosida o‘rganish lozim, degan tushuncha 
rasmiy ravishda tarixiy tadqiqotlarda hukmronlik qildi. XX asr­
ning so‘nggi o‘n yilligi — XXI asrga kelib 0 ‘zbekistonda ham 
tarix fani va fanning metodologiyasiga boigan munosabat tub- 
dan o‘zgardi, tarix va tarixiy tadqiqotlarda jahon tarix fani ta­
moyillari, tarixiylik, ilmiylik, obyektivlik va haqqoniylik ustuvor 
bo‘lgan tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi va bugungi kunda 
u jadal rivojlanmoqda.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling