Metodologiyasi


Jo‘rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. — Т.: Ma’naviyat, 2008


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Jo‘rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. — Т.: Ma’naviyat, 2008. 
12—21-bb.


XIX 
asr oxiri — XX asr boshida tarix falsafasining ko‘pgina yan­
gi yo‘nalishlari vujudga kelgan. Ularning har biri o‘z tadqiqot pred- 
metiga ega bo‘lgan. Masalan, tarixning aylanma harakati nazariya­
si namoyandalari (Nikolay Danilevskiy, Osvald Shpengler, Arnold 
Toynbi), o‘z o‘tmishdoshlari kabi, o‘z oldiga tarixiy jarayon qo- 
nuniyatlarini aniqlash vazifasini qo‘ygan. Xristian tarix falsafasi­
ning ko‘p sonli yo‘nalishlari: neotomizm (Jak Mariten, Etyen Anri 
Jilson va boshq.), neoavgustizm (Moris Blondel, Gabriyel Mar­
sel, Jan Lakrua), teyyardizm (Pyer Teyyar de Sharden) va qisman 
ekzistensializm (Karl Yaspers) namoyandalari tarixning mazmu- 
ni muammosini bosh muammo deb hisoblaganlar. Tarixiy bilish­
ning gnoseologik nazariyasi va tanqidi namoyandalari (Vilgelm 
Diltey, Benedetto Kroche) esa tarixshunoslik (istoriografiya) doira- 
si bilangina cheklanib qolmaganlar, balki so‘zning keng ma’nosida- 
gi tarixiy ongni ham tahlil qilganlar. Neokantchilik tarix falsafasi 
(Vilgelm Vindelband, Genrix Rikkert) va «analitik» tarix falsafasi 
(Ernest Nagel, Karl Gempel va b.) ham o‘zining alohida predmeti- 
ga ega. XX asr tarix falsafasi aksariyat hozirgi yo‘nalishlarining mu­
him xususiyati shundan iboratki, ularning predmeti sifatida jahon 
tarixi, hozirgi sivilizatsiyaning global muammolari amal qiladi1.
Tarix fani metodologiyasi mustaqil fan sifatida XIX asr oxir- 
gi choragi — XX asr boshlari davomida shakllandi. Bu davrda 
tarix fanining metodologik muammolari boshqa joylarga nisba­
tan Germaniyada jadallik bilan o‘rganila boshlandi va bu bora- 
da ikkita o‘ziga xos «maktab»lar shakllandi. Baden maktabining 
yetakchi vakillari nemis tarixchi va faylasuflari W in delband 
(1848—1915) va G.Rikkert (1863—1936)lar edi. U lar o‘zlarining 
fanning metodologiyasi borasidagi qarashlarini shakllantirib, uni 
quyidagicha ifoda qildilar: «tabiiy fanlarning vazifasi — umumiy 
qonunlarni shakllantirsa, tarix fanining vazifasi — alohida dalil­
larni tavsiflashdir»2.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling