Metodologiyasi
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: Sharq, 1998. 6-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: Sharq, 1998. 6-b.
9 da tarixni yaratishga bo‘lgan munosabat boshqa geografik hudud- lar mamlakatlari tarixini yaratish uslublaridan ma’lum darajada farqlangan. Bundan Sharqda yaratilgan tarixiy asarlarning o‘zi- ga xos xususiyatlari, tarixiy asarlar mualliflarining tarix asarlarini yaratish yoki tarixiy jarayonlar tavsifmi yoritishdagi asosiy falsafiy qarashlari va yondashuvlari, Sharq tarixchilarining tarixnavislik ja rayonida rioya etgan tamoyillari, ilmiy yondashuvlari va uslublari ni o‘rganishni ham mazkur fanning asosiy vazifalaridan biri sifa tida e’tirof etish lozim. Shundan kelib chiqqan holda qo‘llanmada Sharq tarix falsafasining ayrim xususiyatlari haqida ham so‘z yu- ritiladi. Zamonaviy ijtimoiy fanlar sohasida tarixiy xotira tushuncha si va tamoyiliga e’tibor kuchayib bormoqda. Zamonaviy tarix fa nida tarixiy xotira alohida mavjud tamoyil emas, balki fanlar aro yondashuv asosida shakllanib borayotgan alohida maxsus fan sohasiga aylanib bormoqda. Tarixiy xotira nazariyasi faol tarzda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, tarix darslarining o‘qitilishi jara yonida tarixiy xotira tushunchasining amalda qo‘llanilishiga kat ta urg‘u berilmoqda. M azkur qo‘llanmada tarixiy xotira va tari xiy ong tushunchalari haqida ham so‘z yuritiladi. Qo‘llanmada manbalar va ulardan foydalanish tamoyillari xu- susida ham so‘z yuritiladi. Tarix fani tadqiqotlarining bu sohasi da tarixchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar va nazariyalarni tahlil qilgan holda tarixiy manbalar va dalil interpretatsiyasi masalalarida manitiqiylik va mantiqiy izchillik masalasi haqida bir qator fikrlar va farazlar berib o‘tiladi. Shuningdek, qo‘llan- mada talabalarning o‘tilayotgan mavzularni teranroq o‘zlashti- rishlarini osonlashtirish maqsadida fan terminologiyasiga oid bir qator so£zlar va ularning tarix fani hamda tarix fani tadqiqot- lari bilan bog‘liq vazifalari va izohli tushunchalari berib o‘tilgan. «Tarix fani metodologiyasi» fanini o‘qish davomida tarixiy bilim- lar nazariyasi haqidagi turli fikrlar o‘rganiladi, ularning tarixiy bilimlarga xos bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qa- ratiladi. Q ollanm a mazkur fan yuzasidan dastlabki tajribalardan sana- ladi va uni tayyorlashda bugungi kungacha tarix fani hamda fan ning metodologiyasi sohasida turli yillarda yurtimizda va xorijda nashr etilgan adabiyotlar, fan sohasida tadqiqotlar olib borgan bir qator mualliflarning ilmiy maqolalari materiallaridan foydalanil- di va o‘z o‘rnida mazkur kitobning tuzuvchilari ularga o‘z min- natdorchiligini bildirib qoladilar. Qo‘llanma va unda keltirilgan materiallar yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan fan xususi- yatidan kelib chiqqan holda ayrim e’tirozlar va bahs-munozara- li fikrlar bildirilishi tabiiy. Bu esa albatta, tarix fani va uning tadqiqotlari borasida, qolaversa «Tarix fani metodologiyasi» fani o'quv adabiyotlarining yanada mukammallikka erishishiga xiz mat qilishi shubhasiz. «TARIX FANI METODOLOGIYASI» FANINING PREDM ETI, M A ZM UNI YA VAZIFALARI Tarix fani metodologiyasi haqida tushuncha. Tarix fa n i metodo- logiyasi shakllanishining bosqichlari. Tarixchilarning tarixiy tad qiqotlar haqidagi fikrlari. 0 ‘zbekistonda tarix fani rivojlanishining tarixiy yo ‘li haqida. 0 ‘zbekiston tarixini o‘rganishning tarixshunoslik masalalari. «Tarix fani metodologiyasi» fanida eng asosiy ko‘riladigan masalalar «nazariya», «metodologiya», «tarix falsafasi», «metod» (uslub) kabi bir qator tushunchalar va ilmiy qarashlar bilan bog‘liq holda ochib beriladi. Tarix nazariyasi — tarix haqidagi va ayni vaqtda u yoki bu tari xiy voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi umumiy tasavvur- lar majmuyidir. Tarix nazariyasi har qanday holatda ham faqat gina tarixiy hodisalar haqidagi konkret — tarixiy tasavvur sifatida cheklanib qolmasdan, balki tarixiy bilishning eng yuqori dara jasi sanaladi. Tarix nazariyasida asosiy e’tibor tarixni real voqe- lik sifatida o‘rganuvchi umumiy muammolar (ontologiya) hamda tarixni bilish sifatida o‘rganishga (gneseologiya) qaratiladi1. Tarix fani metodologiyasi ilmiy bilish faoliyati bo‘lib, tarixiy tadqiqotlarning amalga oshirilishi, tahlili va o‘rganilishiga qa- ratilgan faoliyatdir. Metodologiya ilmiy muammolarning qo‘yi- lishi xarakterini aniqlaydi, ularning yechilishidagi eng maqbul prinsiplar va yo‘nalishlarni aniqlaydi, tadqiqot metodlarini tan- qidiy baholaydi va tahlil qiladi. Tarix fani metodologiyasi (yunon. metodos — usul, bilish yo‘li, logos — so‘z) — mustaqil fan sohasi bo‘lib, tarixni bilish, anglash uslublari haqidagi tarix fani tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bun da uslub (metod) tarixiy tadqiqot vositasi sanaladi. Uslub (metod)lar yordamida tarixchi yoki tadqiqotchi yangi bilim larni o‘zlashtirishi yoki tarixiy jarayonlar haqida amaldagi ---------------------- / Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling