Metodologiyasi


Смоленский Н.И. Теория и методология истории. — М.: Академия


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. — М.: Академия, 
2007. С. 3.


qarashlarni aniqlashi va ayni vaqtda ularga aniqlik kiritishi mum­
kin. Bu qarashlar tarix fani metodologiyasi tushunchasi haqidagi 
dastlabki qarashlar bolsa, zamonaviy tarix fani sohasida fanning 
metodologiyasi tushunchasini tarixiy bilishning nazariy asoslarini 
to‘lig‘icha, uning nazariy xususiyatga ega bolgan muammoviy ji­
hatlarini ko‘rsatib berish sifatida qollaniladi.
Boshqa ilmiy adabiyotlarda ko‘rsatib o‘tilishicha, tarix (ta­
rix fani) metodologiyasi — maxsus tarixiy fan sohasi bolib, ta­
rix fanining predmeti va obyektini hamda ilmiy tarixiy bilish­
ning nazariyasini aniqlab beradi. Tarix fanining ilmiy va ijtimoiy 
mavqeyini, tarixning fan sifatidagi tuzilishini o'rganadi. Tari­
xiy bilishning nazariyasini (umumfalsafiy, gneseologik va epis- 
temologik asoslarini, tamoyillari, darajalari, turlari, bosqichlari, 
tarixiy bilish uslublari, tarixiy bilish natijalarining namoyon 
qilinishi, shuningdek tarixiy bilimlar shakllarini o‘z tarkibiga ol- 
gan holda) yaratadi. Shuningdek, tarix fani metodologiyasi ta ­
rix fanidagi asosiy nazariy-metodologik yo‘nalishlar, turli ilmiy 
maktablar va ularning xususiyatlarini o‘rganadi. Umumiy hol­
da tarix fani metodologiyasi konkret-tarixiy tadqiqotlarni amalga 
oshirishning ilmiy bilish asoslarini shakllantiradi1.
Bir so‘z bilan aytganda tarix fani metodologiyasi uslublar, ta ­
moyillar, ilmiy tarixiy tushunchalar kabilar ko‘rinishidagi konk- 
ret-tarixiy tadqiqotning nazariy aks ettirilishi deb hisoblash 
mumkin.
Metodologiyaga oid tushunchalarning shakllantirilishi va yu­
zaga kelishida hamda bugungi kunda ma’lum bolgan ayrim 
muammolarining ishlab chiqilishida Suqrot (Sokrat), Aflotun 
(Platon), Arastu (Aristotel)larning qarashlarini alohida ta’kidlab 
o lish lozim.
Suqrot tarixiy mushohadaning dialektik tabiatini turli tasav- 
vurlarning, tushunchalarning, ularning qiyosiy holatlarining

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling