Metodologiyasi


Ibrohimov A. Bizkim o ‘zbeklar....: Miliiy davlatchiligimiz asoslari haqida


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

2 Ibrohimov A. Bizkim o ‘zbeklar....: Miliiy davlatchiligimiz asoslari haqida 
mulohazalar. — Т.: «Sharq», 1999. 278—279-bb.
3 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar. - Т.: Fan. 1968. 50-b.


Bunda Beruniyning har bir xalqning alohida tarixi borligi va 
bu tarix ularni boshqalardan ajratib turishi, biroq ayni vaqtda 
aynan ana shu ajratib turuvchi farqlarning yoki tafovutlarning 
o‘sha xalqlarda qanday talqin qilinishini taqqoslash orqali tah ­
lil qilmoqchi bo‘lganligi zamonaviy tarix fani metodologiyasidagi 
sinxron uslub va tarixiy taqqoslash uslublarini bir vaqtning o‘zi- 
da qo‘llash orqali o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga, ya’ni yozayotgan 
kitobining ilmiyligini ta’minlashga harakat qilganligini ko‘rish 
mumkin. Zamonaviy tarix fani tadqiqotlarida muhim ahamiyat 
kasb etuvchi tarixiy taqqoslash uslubining Abu Rayhon Beruniy 
ilmiy ijodida tahlil qilib berilishi va ayni vaqtda alloma tom o­
nidan ilgari surilayotgan bunday nazariy qarashlarning ilmiy 
ahamiyati X asrda ham yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi.
Tarixda, tarixiy manbalarda va asarlarda, ayniqsa sharq tarix­
navisligida «ta’rix» talqini alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur fanning izohi keltirilgan boshqa manbada qayd etili- 
shicha, tarix bu tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish ja- 
rayoni va boshqa talqinda insoniyat va uning mahsuli bolgan 
tam addunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti ja- 
rayonini o‘rganuvchi fan. Tarix fani insoniyatning butun o‘tmishi 
davomida jamiyat hayotida sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, jara­
yonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda 
0‘rganadi1.
Tarixiy manbalar va mumtoz adabiyotda tarix va ta’rix iborala- 
rining turlicha mazmunda qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.
Ta’rix (arab tilida — yuz bergan, sodir bo'lgan) — mashhur 
kishilarning tug‘ilishi va vafoti, turli bino-inshootlarning quri- 
lishi, kitoblar ta’lifl va boshqa muhim voqea-hodisalar vaqtini 
anglatuvchi ishora, she’riy uslub yoki ma’nosi yashiringan so‘z. 
Ta’rix ko‘pincha u yoki bu mashhur shaxsning vafoti munosabati 
bilan, biror-bir tarixiy voqeaning sodir bo‘lgan sanasini anglatish 
yoki unga ishora tarzida she’riy tilda yozilgan. Ta’rixda qo‘llangan

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling